Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar


-masala: Gap bo’laklarining odatdagi tartibi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə77/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

1-masala: Gap bo’laklarining odatdagi tartibi.
Darsning maqsadi: talabalarda gap bo’laklari: bosh bo’laklarning va ikkinchi darajali bo’laklarning gapdagi o’rni, odatdagi tartibi haqida aniq tushuncha hosil qilish.
2-masalaning bayoni
Ma’lumki, o’zbek tilida gap bo’laklarining tartibi, asosan, erkin bo’lishiga qaramay, ko’p qo’llanadigan odatdagi tartib bor. Odatdagi tartibda ega avval, kesim gapning oxirida, payt holi egadan avval, to’ldiruvchi egadan keyin, ravish holi kesimdan avval, qaratqich qaralmishdan avval keladi.
O’zbek tilidagi gap bo’laklarining tartibi, asosan, erkin bo’lganligi uchun ularning o’rnini o’zgartirish ko’pincha grammatik holatga ta’sir etmaydi, ya’ni bo’laklarning o’rni o’zgartirilsa ham, ularning sintaktik vazifasi avvalgicha qolaveradi: Sen muzeyga borasanmi? Muzeyga sen borasanmi? Chunki gapning bu bo’laklari o’z sintaktik vazifasini anglatib turuvchi morfologik ko’rsatkichlarga ega. Biroq gap bo’laklarining har bir tartib o’zgarishi gap mazmuniga, uning yo’nalishiga ma’lum darajada ta’sir etadi. Masalan: 1. Kutubxonaga kecha bordim. 2. Kecha kutubxonaga bordim. 3. Kecha kutubxonaga men bordim. Birinchi misolda payt holiga, ikkinchi misolda o’rin holiga, uchinchi misolda egaga alohida ahamiyat berilgan. Demak, birinchi misolda vaqt ma’nosi, ikkinchi misolda o’rin ma’nosi, uchinchi misolda ish-harakatni bajargan shaxsni anglatish kuchli.
So’zlar tartibi ba’zan grammatik holatga ta’sir etishi mumkin. Bu bilan ma’no ham o’zgaradi. Bu hodisa so’zning vazifasi – grammatik funktsiyasi morfologik shakllanishidan bilinmay, tartib bilan tayin etilgan vaqtlarda uchraydi. Bu hodisa tartibning grammatik rolidir. Boshqa o’rinlarda tartib stilistik rol o’ynaydi.» Chunonchi, sifatlovchi va sifatlanmishda tartib qat’iy bo’ladi: sifatlovchi avval, sifatlanmish keyin keladi. Agar bu tartib o’zgartirilsa, grammatik tuzilish ham o’zgaradi.
3-masala: Gap bo’laklari odatdagi tartibining o’zgarishi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin