Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə80/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

1-masala: Sodda gaplarning murakkablashuvi.
Darsning maqsadi: talabalarda oddiy va murakkab sodda gaplar, sodda gaplarni murakkablashtiruvchi sintaktik shakllar to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
1.1. Sodda gaplarning tuzilishiga ko’ra necha turga bo’linishini aytib beradi.
1.2. Oddiy va murakkab sodda gaplarni tavsiflaydi.
1.3. Oddiy va murakkab sodda gaplarni ajratib beradi.
1.4. Murakkab sodda gaplarning asosan nimalarga ko’ra murakkablashganini ko’rsatib beradi.
1- masala bayoni
Har qanday sintaktik qurilma singari sodda gaplar ham o’z ichida tuzilishiga ko’ra 2 turga bo’linadi:

  1. Oddiy sodda gaplar.

  2. Murakkab sodda gaplar.

Oddiy sodda gaplar bir bosh bo’lakli yoki ikki bosh bo’lakli, yig’iq yoki yoyiq, to’liq yoki to’liqsiz, yoki so’z-gaplarning o’zidan iborat bo’ladi. Boshqacha aytganda, oddiy sodda gaplar gap bo’laklaridan yoki so’z-gaplardan tashkil topadi .Ularda ana shu aytilgan sintaktik shakllar va hodisalardan boshqa elementlar bo’lmaydi. Ular na sintaktik jihatdan, na semantik jihatdan murakkablashmagan bo’ladi. Oddiy sodda gaplar to’la-to’kis gap bo’laklariga ajralib ketadi yoki bir butun holda gap hisoblanadi (so’z-gaplar). Bu erda gap bo’lagi hisoblanmagan bironta sintaktik shakl qolmaydi yoki mavjud sintaktik shaklning o’zi yaxlit holda oddiy sodda gap hisoblanadi. Oddiy sodda gaplar murakkab sodda gaplarga qiyoslanganda uning belgilari yana ham ravshanroq ko’rina boshlaydi. Shuning uchun endi murakkab sodda gapdarning belgi-xususiyatlariga diqqat qilaylik. Chunki murakkab sodda gaplar oddiy sodda gaplarga u yoki bu xildagi sintaktik shakllarning qo’shilishi yoki mavjud gap bo’laklarining miqdoriy yoki mazmuniy jihatdan o’zgarishi bilan yuzaga keladi. Demak, murakkab sodda gaplar moxiyatan oddiy sodda gaplarning turli sintaktik shakllar va sintaktik hodisalar bilan murakkablashuvi ekan. Tilshunoslar oddiy sodda gaplarni murakkablashtiruvchi asosan beshta holat borligini aniqlaganlar:

  1. Gap bo’laklarining uyushishi.

  2. Gap bo’laklarining ajratilishi.

  3. Undalmalarning qatnashishi.

  4. Kirishlarning qatnashishi.

  5. Kiritmalarning qatnashishi .

Bu hodisalarning voqelanishi natijasida murakkab sodda gaplarning muayyan ko’rinishlari: uyushiq bo’lakli sodda gaplar, ajratilgan bo’lakli sodda gaplar, undalmali sodda gaplar, kirishli va kiritmali sodda gaplar yuzaga keladi .
Ayon bo’ladiki, oddiy sodda gaplar uyushiq bo’laklar ajratilgan bo’laklar, undalmalar, kirish va kiritmalar qatnashmasligi bilan xarakterlanadi, murakkab sodda gaplar esa aksincha, oddiy sodda gaplarga ana shu semantik-sintaktik hodisalar qo’shilishidan yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Bu esa murakkab sodda gaplarni o’rganish amalda uyushiq bo’laklar, ajratilgan bo’laklar, undalmalar, kirish va kiritmalarni o’rganishdan boshqa narsa emasligini ko’rsatadi. Shuning uchun endi asosiy diqqat –e’tiborni ana shu sintaktik hodisalarni o’rganishga qaratamiz.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin