128. “Por-Royal mantig‘i” kitobida fanlarning metodlariga oid nechta qoida keltiriladi. Bu qoidalar nimalarga taalluqli? A. 8 ta qoida. Bulardan 2tasi ta’riflashga, 2 tasi aksiomalarga, 2 tasi isbotlashga, 2 tasi metodga oid.
B. 8 ta qoida. Bulardan 2tasi ta’riflashga, 2 tasi hukmlarga, 2 tasi isbotlashga, 2 tasi metodga oid.
S. 8 ta qoida. Bulardan 2tasi tushunchaga, 2 tasi hukmlarga, 2 tasi isbotlashga, 2 tasi xatolarga oid.
D. 8 ta qoida. Bulardan 2tasi ta’riflashga, 2 tasi aksiomalarga, 2 tasi isbotlashga, 2 tasi xatolarga oid.
Yangi davrda G‘arbiy Yevropada mantiq masalalariga yangicha yondashuvlarning shakllanishi
129. Frensis Bekonning “Fanlarning buyuk tiklanishi” asari necha qismdan iborat va ular qanday nomlanadi? A. Asarning birinchi qismi “Fanlarning afzalliklari”, ikkinchi qismi esa “Yangi Organon” deb nomlangan.
B. Asarning birinchi qismi “Fanlarning afzalliklari”, ikkinchi qismi esa “Yangi Atlantida” deb nomlangan.
S. Asarning birinchi qismi “Yangi Organon”, ikkinchi qismi esa “Uslub haqida” deb nomlangan.
D. Asarning birinchi qismi “Fanlarning afzalliklari”, ikkinchi qismi esa “Aforizmlar” deb nomlangan.
129. Frensis Bekon mantiq fani nimalarni o‘rganishi kerak deb xisoblaydi? A. mantiq tafakkurni tadqiq etuvchi fan sifatida tadqiqot yoki kashfiyot san’atini; fikr yuritish yoki baholash san’atini; saqlab qolish yoki xotira san’atini, ifodalash yoki so‘zlash san’atini o‘rganishi kerak.
B. mantiq tafakkurni tadqiq etuvchi fan sifatida fikr yuritish yoki baholash san’atini; saqlab qolish yoki xotira san’atini, ifodalash yoki so‘zlash san’atini o‘rganishi kerak.
S. mantiq tafakkurni tadqiq etuvchi fan sifatida fikr yuritish yoki baholash san’atini; ifodalash yoki so‘zlash san’atini o‘rganishi kerak.
san’atini; ifodalash yoki so‘zlash san’atini o‘rganishi kerak.
130. Frensis Bekon Aristotel sillogizmini nima uchun rad etadi? A. Olimning fikriga ko‘ra, sillogizm gap (hukm)lardan, ular o‘z navbatida so‘z (tushuncha) lardan tashkil topadi. So‘zlar hamma vaqt ham to‘g‘ri, aniq ma’noga ega emas, shu sababdan sillogizmning xulosasi ham aniq va to‘g‘ri bo‘lolmaydi. Shuning uchun sillogizmni rad etadi.