17
- muloqazada odatiy so‘z birikuvlari mavjud bo‘lsa «U» belgisini;
- mulohazada noodatiy birikuvlar bo‘lsa «∩» belgisini.
Bulning mantiqiy hisobi Bul algebrasi deb yurutiladi. J.Bul algebraik
simvolikalar yordami bilan hamma mantiqiy operatsiyalarni ikki qiymatli (1 va 0)
algebra qonunlariga bo‘ysunadigan formal operatsiyalarga keltirishni o‘ylaydi. Bul
funksiyalari va uning argumentlari faqat ikki qiymat – “chin” va “yolg‘on” qiymatlar
qabul qiladi.
Mantiq
algebrasi
qoidalari
orqali
oddiy
mulohazalardan
murakkab
mulohazalarni hosil qilish mumkin.
Matematik mantiq elektr sxemalarni loyihalashda va tekshirishda, avtomatik
hisoblash mashinalarini loyihalash va programmalashda, diskret avtomatlarni
mantiqiy loyihalashda, kompyuter elementlari va qismlarini loyihalashda, har xil
texnik sistemalar, qurilmalar va avtomatik mashinalarni analiz va sintez qilishda keng
miqyosda tatbiq etiladi. Matematik mantiq fani elektron hisoblash mashinalarining
vujudga kelishiga va uni mukammallashtirishga katta hissa qo‘shdi.
Demak, matematik mantiq, bir tomondan, formal mantiq muammolariga
matematik metodlarni qo‘llash natijasida rivojlangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
matematikani asoslashga xizmat qiluvchi fan sifatida rivojlandi. Hozirgi zamon
matematik mantiqi avtomatika, mashina matematikasi, bir tildan ikkinchi tilga
avtomatik tarzda tarjima qilish, matematik lingvistika, axborot nazariyasi va umuman
kibernetika bilan bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: