Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


GLOSSARIY  Muloqotni kompyuter yordamida qoliplash –



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/60
tarix23.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#117181
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA

GLOSSARIY 
Muloqotni kompyuter yordamida qoliplash – KL muammolari «Tabiiy tillarga 
qayta ishlov berish» amaliy yo‘nalishi bilan bog‘liq. Bu soha tilni 
kompyuterlashtirish, qayta ishlov berish masalalrini o‘rgangan. 
Syujet strukturasini kompyuter vositasida qoliplash - KLning yo‘nalishlaridan 
biri hisoblanadi. Syujet strukturasining muammolari struktur adabiyotshunoslik, 
semiotika, madaniyatshunoslik muammolari bilan bog‘liq. 
Matnni katta hajmdagi matn (gipertekst) darajasida tasavvur etish – KL yana 
bir asosiy yo‘nalishlardan biri gipermatn sistemasini tashkil etish sanaladi. KLsida 
gipermatn sistemasi grafik sifatida bo‘lib, har bir nuqtada bir matn yoki parcha, 
tasvir, jadval, videorolik va boshqalar joylashtiriladi. 
 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar: matematik lingvistika fani, muloqotni 
qoliplash, syujet strukturasini qoliplash, matnni gipertekst darajasiga yetkazish, 
axborot-izlanish 
sistemasini 
kengaytirish, 
o‘zbekcha avtomatik tahrirlash 
dasturlarini izchillashtirish, statistik tadqiqotlarni jonlantirish, leksikografiya 
sohasini takomillashtirish, til o‘qitish jarayonini kompyuterlashtirish, mashina 
tarjimasi muammolarini hal qilish. 
 
Muhokama uchun savollar. 
1. Kompyuter lingvistikasi fani va uning mohiyati. 
2. Kompyuter lingvistikasining xorijda rivojlanishi. 
3. Kompyuter lingvistikasi sohasida o‘zbek tilshunosligida amalgam oshirilgan ishlar. 
4. O‘zbek lingvistik avtomati va uning mohiyati. 
 
Topshiriqlar. 
1-mashq. Quyidagi gaplarning semantik, morfologik qolipini yarating.


80 
Baliq suv bilan tirik, Odam el bilan. Begona tuproq devona tuproq. Betkay 
ketar bel qolar, Beklar ketar el qolar. Birovning yurtida bek bo‘lguncha, O‘zingning
yurtingda it bo‘l. Bulbul сhamanni sevar, Odam Vatanni. Bulbulga bog‘ yaxshi, 
Kaklikka tog‘. Vatan gadosi kafan gadosi. Vatan uchun o‘lmoq ham sharaf. Vatan 
qadrini bilmagan o‘z qadrini bilmas. Vatanga kelgan imonga kelar. Vatanga falokat 
o‘zingga halokat. Vatangado bo‘lguncha, Kafangado bo‘l. Vatandan yiroqlashgan 
nomusdan o‘lar. Vatani borning baxti bor. Mehnati borning taxti. Vataning tinch sen 
tinch. Vatanni sotgan er bo‘lmas. Vatanning vayronasi, Umrning g‘amxonasi 
(O‘zbek xalq maqollari). 
2-mashq. Jomiy kutubxonasining veb-saytini yaratish uchun ma’lumotlar.

 
3-mashq. Quyidagi gaplarni nazariy to‘plamlik belgilarini aniqlash metodi 
asosida tahlil qiling. Namuna: Soch I MI=1+2+3+4. 1)odamning bosh qismidagi 
tuki; 2)go‘zallik belgisi; 3) so‘z yasalishi, o‘zgarishi uchun asos. SochII
MII=1+2+3. 1)harakat belgisi; 2)gorizontal harakat belgisi; 3)so‘z yasalishi uchun 
asos. 
Tut, tuz, yoz, oy, shox, olma, o‘t, och, ot, dam, dim. 
Jiyranqush ham shunday ot (Rav.8). Otim Larzon, o‘zim dilbar (О.27). Qo‘lingdan 
kelgancha chiqar yaxshi ot! Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatim yod qilib 
ol, yolg‘izim, Yolgiz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot! (Rav.15). maysalarning 
changini chqarib, tuprog‘ini osmonga sovurib borayotir (A.33). Lochinning changida 
ajdar o‘lgandi (Rus.416). Yolg‘iz otda chang bo‘mas, Chang bo‘sa ham dong bo‘mas 
(Rav.81).

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin