71
ya’ni matndan ma’noga o‘tish jarayoni yotadi. Mashina tarjimasi jarayoni bir necha
blok orqali yuzaga keladi.
1-blok. Leksemalarning morfologik xususiyatlari va lug‘at tavsifi beriladi.
2-blok. Taxminiy tashqi-sintaktik «daraxt» yaratiladi.
3-blok. Ichki-sintaktik daraxt shakllanadi.
4-blok. Avvalgi tasavvurlardagi «nomutanosiblik»larni izlaydi,
natijada analiz
(tahlil) etapining chiqishda sintaktik bazaviy struktura yuzaga keladi.
5-blok. Kiruvchi leksemalarni mos chiquvchi elementlar bilan almashtiradi.
6-blok. Ichki-sintaktik frazalarni shakllantirib taqdim etadi.
7-blok. Chiquvchi tashqi-sintaktik tasavvurni shakllantiradi.
8-blok. Leksemalarning bir chiziqli tartibini amalga kiritadi.
9-blok. Chiqish frazasini shakllantiradi.
Induktiv metod mashina tarjimasining «matn-matn» qoliplanishida yoritiladi.
Bunda matn murakkab. Ko‘pdarajali sistema sifatida qaralib, yuqori yaruslarida
informativ leksik birliklar, quyi yaruslarida kam informativ leksik birliklar
joylashganligi ko‘rib chiqiladi. Bu metod orqali binar tarjima amalga oshirilib, tabiiy
tillarning chiqish va kirish strukturasi bita umumiy superstrukturaga birlashadi.
Tarjima quyidagicha amalga oshiriladi: leksik tarjima avtomatik lug‘at orqali,
semantik tarjima ko‘p ma’nolilikni chetlashtirish algoritmiga asoslanadi. Tarjimaning
ushbu modeli ikki holatda bo‘ladi: generatsion holat; translatsiya holati.
Generatsion holat moldelni ishlashi uchun lug‘atlar, aniq
bir fan sohasini tahlil
va sintez qilish algoritmlarini to‘g‘irlaydi.
Translyatsiya holati tarjima ustida ishlaydi.
Bundan tashqari, tarjima modelida ikki komponent farqlanadi: predmetli
komponent; dinamik komponent.
Predmetli komponent nimani tarjima qilish zarurligini ko‘rsatadi va tilning
leksika, grammatika, semantika sohalarini ishga tushiradi.
Ekvivalent, variant va
transformatsion (tillararo qayta tiklanish, sintez, tahlil qilishning murakkab
algoritmlari) tarjima elementlarini farqlaydi. Dinamik komponent tarjimani amalga
oshiradi va chiqish matnini tashkillashtiradi. Tarjima jarayonida
asosiy birlik gap
hisoblanadi va tarjima sharoitga qarab, gap kengayadi yoki qisqaradi. Bu jarayon
quyidagi sxemada tasvirlangan.
Quyida rasmda tasvirlanganidek, 1-blok lug‘atdan tegishli simvollarni, ularning
lug‘at maqolalarini,
oborotlarni aniqlash, so‘zshakllarining morfologik analizi bilan
shug‘ullanadi.
2-blok. Matndagi leksik-grammatik omonimlarni, gapdagi so‘zlarning sintaktik
vazifasini, grammatik kategoriyalarning qatorini – son, zamon, ko‘plik kabilarni
aniqlaydi.
3-blok. Bir va ko‘p ma’noli so‘zlarni tarjima qiladi.
4-blok. Turli birikmalarning grammatik va morfologik xususiyatini o‘rganadi.
5-blok. Transformatsion qayta shakllanishni amalga oshiradi.
6-blok. Murakkab grammatik shakllarni sintezlaydi.
72
Demak, matnni yuqori darajali
tildan tarjima qilish aslida, asosiy g‘oya alohida
so‘zlar va butun jumlalar o‘rniga avvaldan tayyorlangan buyruq ketma-ketligini
qo‘yish jarayonidan iborat. U yoki bu konstruksiyani kodlarning qanday navbati bilan
almashtirirsh masalasini hal qilish translyatorni loyihalovchiga bog‘liq. Zamonaviy
translyatorlar matnni tahlil qilish hamda o‘rniga qo‘yishdan tashqari mashina
dasturining ham qulay variantini tanlash imkoniga ega bo‘ladi.
Umuman, tarjima jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Sintaktik tahlil, ya’ni to‘g‘ri sintaktik konstruksiyalarni aniqlab olish hamda
xatolar haqida xabar qilish.
2. O‘zgaruvchilarning ismi hamda ularning tavsifiga qarab xotirani taqsimlash.
3. Ob’ekt kodini generatsiyalash, ya’ni o‘rniga qo‘yishni amalga oshirish.
4. Ob’ekt ko‘rinishidagi dasturni optimallashtirish.
Dostları ilə paylaş: