– 214 –
– 215 –
3. Topishmoq, asosan, she’riy shaklga ega. Chaldir-
moqlar, deyarli, nasriy ko‘rinishda, ba’zan savol-javoblar
she’rda aytilishi mumkin.
4.Topishmoqda ma’no yashirilsa, chaldirmoqda
chalg‘itilib beriladi.
5. Topishmoqda narsa turli qiyos, o‘xshatish, tashbeh-
larda yashirib aytiladi. Masalan:
Suv ichar ko‘ldan,
Ko‘zlari nurdan,
Terisi puldan.
(Baliq)
Chaldirmoqda chalg‘itib berilayotgan fikr, narsa-
hodisalar savol-javobning mantiqiy mushohadasi orqali xuddi
matematik masaladek yechiladi. Chaldirmoqda topishmoqdek
obrazlilik yo‘q.
Masalan: «Yigit-qiz bir-birini yaxshi ko‘rar ekan.
Ba’zida ota-onalaridan yashirincha (bekitikcha) uchrashib
turishar ekan. Bir kun yigit qizning oldiga singlisini jo‘natib,
uchrashuvga chaqirib chiq, debdi. O‘zi avvaldan belgilangan
joyga ketibdi. Nimagadir sevgilisi aytilgan joyga chiqmabdi.
Yigit uyiga qaytib kelib singlisidan, nima bo‘ldi? – deb
so‘rasa, singil:
– Bordim yo‘q ekan,
Aytdim, keladi.
Kelmasa edi,
Kelardi.
Kelibdi,
Kelmabdi-da, – deydi.
Singil nima degan?– yech.
Javob: Qizning uyiga bordim. Uyida o‘zidan boshqa hech
kim yo‘q ekan. Aytdim, «ota-onam kelib qolmasa chiqaman»,
dedi. Ota-onasi kelibdi-da, shunga chiqolmagan. Misoldan
– 215 –
ko‘rinib turibdiki, bu yerda yashirin fikr topishmoqdagi
kabi turli qiyoslar orqali ifodalanmagan, balki chalg‘itib
aytilmoqda.
Chaldirmoq – bolalarning ma’lum badiiy matnga qurilgan
harakatli o‘yini. Chaldirmoq matnida biror bir vaziyat, holat,
voqea tushuntirilib, undagi personajlarning o‘zaro savol-
javoblari beriladi. Savol-javobda qandaydir fikr, narsa, holat,
son chalg‘itib aytiladi va raqibdan uni aniqlab, aytib berish
talab etiladi. Chaldirmoqlar bolalarni mantiqiy fikrlashga,
atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga, hozirjavoblikka
o‘rgatadi. Chaldirmoq atamasi chaldir – chalg‘it, adashtir
fe’liga «-moq» qo‘shimchasi birikuvi orqali yasalgan. Xuddi
«topish +moq» qo‘shilib topishmoq atamasi hosil bo‘lgani
kabi. Chaldirmoqlarning boshqa turkiy xalqlar, jumladan
turk, uyg‘ur va qoraqalpoqlar o‘rtasida ham mavjudligi bu
janrning lokal hodisa bo‘lmay, keng tarqalgani, topishmoqday
qadimdan kelayotganligini isbot etadi.
Qoraqalpoq olimi Najip Dovqarayev qoraqalpoq
topishmoqlari haqida yozar ekan, ikki chaldirmoqni misol
keltiradi, lekin boshqalar qatorida ularni topishmoqning
turi sifatida talqin etadi. E’tiborli jihati shundaki, har ikki
chaldirmoq ham ma’lum o‘zgarishlarni hisobga olmasa,
o‘zbek xalqi orasida ham aynan aytiladi. Chaldirmoqlarning
birini keltiramiz:
«Bir g‘oz uchib kelib, qirda o‘tirgan g‘ozlarga:
– Assalommu alaykum yuz g‘oz, – debdi.
O‘tirgan g‘ozlar:
– Yo‘q, biz yuzta emasmiz, yuzta bo‘lishimiz uchun,
bizlarga tag‘in shuncha, yana shuning yarmicha, yarmimizning
yarmi bo‘lsa, yana sen qo‘shilsang yuzta bo‘lamiz, – debdi.
– Yerda o‘tirgan g‘ozlar qancha?
Javobi: 36 (36+36+18+9+1)
|