– 217 –
Chaldirmoqlar ba’zan ertak, afsona, naqllar tarkibida ham
keladi. Bunday holatda chaldirmoq asar syujetiga singishib,
janrga xos ijro o‘rnini yo‘qotadi, sof badiiy-estetik vazifa
bajaradi. Chaldirmoqni quyish,
yechimini topish asardagi
obrazlar zimmasiga tushadi. Misol tariqasida «Podsho bilan
chol» naqlini olib qaraylik:
«Qishning kuni vaziri bilan shikorga chiqqan podsho
baliq ovlayotgan cholga duch kelib, so‘rabdi:
– Ha, ota to‘rtni uchga urolmayapsizmi, qishda
baliq
ovlab qolibsiz?
Chol:
– To‘rtni uchga urishga urdim-u, o‘ttiz ikki qo‘ymadi-da.
Podsho:
– Bir g‘oz yuboraman, patini yula olasizmi?
Chol:
– Aytganingizdan ziyoda qilaman.
Podsho bu savol-javobning mazmunini vaziridan so‘raydi.
Vazir lol qoladi. Podsho vazirga muddat belgilab yo javobni
topasan,
yo jon-u molingni berasan, deydi. Vazir podshoning
g‘azabidan qo‘rqib, katta davlat evaziga choldan sirli savol-
javobning mazmunini so‘raydi.
Chol:
– Hurmatli vazirim, podshoning «to‘rtni uchga
urmadingizmi», degani, yilda to‘rt fasl bor,
shuning uch
fasli – bahor, yoz, kuzda yaxshilab mehnat qilib, qishda
yeb yotsangiz bo‘lmasmidi, degani. Mening «o‘ttiz ikki
qo‘ymadi», deganim, o‘ttiz ikki tish yeb bitirdi, deb aytganim.
Biz gaplashayotganda siz hayron bo‘ldingiz. Podsho buni
darrov
sezdi va sizga ishora qilib, «Bir g‘oz yuboraman patini
yula olasizmi?», dedi. Men «Aytganingizdan ziyoda qilaman»,
deb javob qaytardim. O‘sha g‘oz siz bo‘lasiz. Mana mening
oldimga keldingiz, bu sirni mol-dunyo evaziga bilib oldingiz.