Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Loflarning janr xususiyati



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   131
O\'zbek folklori P

2. Loflarning janr xususiyati.
Xalq og‘zaki ijodidagi 
loflar mubolag‘a san’atiga asoslanadi. Lug‘atda «lof» – 
fors tilidan olingan so‘z bo‘lib, quruq (puch) gap, safsata, 
maqtanchoqlik. 1. Folklordagi hajviy-yumoristik janrlardan 
biri: haddan tashqari bo‘rttirilgan, haqiqatga to‘g‘ri 
kelmaydigan yolg‘on gap»
1
deb izohlangan. 
Loflar xalq og‘zaki ijodining latifalar va askiya kabi 
kulgi uyg‘otuvchi ommaviy janri hisoblanadi. Asosan, janrda 
qo‘llanadigan san’at mubolag‘aning ig‘roq va g‘uluvv turi 
hisoblanadi. 
Loflar badiiy adabiyotning epik turi (jinsi)ga mansub 
janr. Uning hajmi cheklangan: ikki-uch, uch-to‘rt jumladan 
iborat. Asosan, dialogda qatnashgan ikki lofchi suhbatidan 
bir lavha tarzida bo‘ladi. Ularda bo‘rttirilgan, yolg‘on voqea 
to‘qishda mohir, tajriba to‘plagan lofchi deb hisoblangan 
shaxslar musobaqalashadi. Har ikki taraf aytayotgan 
1
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildli. Ikkinchi jild. - Toshkent: O‘zbekiston 
milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – B. 509.


– 222 –
– 223 –
voqeasining yolg‘on va to‘qima ekanini juda yaxshi biladi
lekin mutlaqo bu fikrini ochiq aytmaydi. Bu shart buzilsa, 
lof butun mohiyatini, jozibasini yo‘qotadi. Aksincha, bir 
lofchi suhbatdoshining bo‘rttirilgan yolg‘on gapini aksariyat 
hollarda tasdiqlaydi, e’tiroz bildirmaydi. Faqat lofning 
mazmunidan xabar topganidan so‘ng unikidan o‘tkirroq, yana 
ham mubolag‘ali, yolg‘onroq javob topishi lozim. Muhimi, 
ikkinchi lofchi keyin javob bergani uchun lof shu o‘rinda 
tugaydi. Ba’zan dialoglar bir oz davom etishi mumkin, lekin 
bari bir so‘nggi fikr bildirgan lofchi g‘olib chiqaveradi.
Folklorshunos Omonulla Madayev to‘g‘ri ta’kidlaganidek: 
«Latifalarda, lofda, askiyada kulgiga sabab bo‘lgan jumlani 
kashfiyot darajasida baholash mumkin. Ularni o‘ylab topgan 
shaxs katta hayot tajribasiga ega bo‘ladi, ayniqsa, vaziyatni 
to‘g‘ri baholab kulgi hosil qilish mahoratini namoyish etadi. 
Buning uchun u til boyligidan ham yaxshi foydalana olish 
fazilatiga ega bo‘lishi zarur». 

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin