Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   131
O\'zbek folklori P

Savol va topshiriqlar:
1. Latifaning janr xususiyati haqida nimalar bilasiz?
2. Nasriddin Afandi obrazining o‘ziga xos jihatlari 
nimalarda ko‘rinadi?
3. Latifalarning zohiriy va botiniy mazmunini latifalar 
tahlili orqali tushuntirib bering.
4. Lof janrining o‘ziga xos jihatlarini gapiring, misollar 
keltiring.
Adabiyotlar:
1. Muhammadiyev R. Askiya. – T., 1962.
2. Askiyada ijrochilik mahoratini oshirish yo‘llari 
(metodik tavsiyanoma). Tuzuvchilar: M.Jo‘rayev, T.Sobitova. 
– T, 1985.


– 223 –
3. Said Anvar. Muhiddin Darvesh. – T.: Sharq NMAK, 
2006.
4. Razzoqov H. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida satira va 
yumor. – T.: Fan, 1965.
5. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T., «Musiqa», 
2010
6. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz 
so‘z», 2010
7. Yo‘ldosheva F. O‘zbek latifalarida Nasriddin afandi 
obrazi. – T.: Fan, 1979.
8. Shoh Akbar va dono Birbol. – T., 1994.
9. Afandi latifalari. – T., 1989.
10. Sarimsoqov B. Lof / O‘zbek folklori ocherklari. 
2-tom. – T.: Fan, 1989.
11. Hikmatli sharhlari bilan Nasriddin Afandi latifalari. – 
Toshkent: «Sano-standart», 2020.


– 224 –
– 225 –
14-MAVZU. ASKIYA
Reja:
1. Askiya o‘zbek xalqining milliy merosi sifatida.
2. Askiya san’atining o‘ziga xosligi.
1. Askiya o‘zbek xalqining milliy merosi sifatida. 
«Askiya» so‘zining asosi arab tilidagi «zakiy»dan olingan 
bo‘lib, sof fikrli, o‘tkir zehnli, zakiy – nozik tabiat bilan fikr 
yuritish ma’nolarini anglatadi. «Azkiyo» esa ko‘plik shakldir. 
Fikrimizcha, «k» jarangsiz undosh tovushi ta’sirida «z» 
jaranglisi jarangsizlashib «s»ga aylangan bo‘lishi mumkin. 
Askiya san’atini ilmiy o‘rgangan olim Rasul Muham-
madiyev o‘zbeklarning askiya aytishi qadim zamonlardan 
boshlanganini qayd etgan. Xususan, XV asrda yashagan 
shoir Zayniddin Vosifiy o‘z xotiralarida Hirot shahrida 
Mirsarbarahna, Burhoniy Gung, Hasan Voiz, Said G‘iyosiddin, 
Sharfiy, Halil Sahhob, Muhammad Badaxshiy kabi o‘tkir so‘z 
ustalari borligini aytib o‘tgan. Hunarmandchilik rivojlangani 
sari askiya ham keng ommalashdi. Ayniqsa, bo‘z, atlas 
to‘qiydigan kosiblar qo‘l va oyoqlari muttasil harakatda 
bo‘lgani bois yo qo‘shiq, ashula aytishgan, yo askiya 
bilan ko‘ngilni ovutishgan. Bu jihatdan Farg‘ona vodiysi 
aholisi alohida ajralib turgan. Yusufjon qiziq Shakarjonov, 
Mamayunus Tillaboyev, Erka qori Karimov, Amin buva, 
G‘anijon Toshmatov, Tursun buva Aminov, Abdulhay 
Maxsum kabi mashhur so‘z ustalari askiya san’atini 
rivojlantirishda munosib hissa qo‘shdilar. 
Askiya san’atining asosini badiiy adabiyotdagi iyhom 
deb ataluvchi badiiy tasvir vositasi tashkil etadi. 
Masalan, Rasul Muhammadiyev 1962-yilda e’lon qil gan 
«Askiya» kitobida quyidagi matnni keltiradi:


– 225 –
«Qodirjon aka:
– Ikromiddin, bu yoqqa qarang, bizga pishirishingiz bitta 
osh, qovoq ham solasiz-a!
Ikromiddin: 
– Qodirjon aka, sizlardaqa aziz mehmonlarga atab har xil 
ovqat qilganmiz: bu sho‘rva, oshqovoqda...
Ikromiddin:
–... bir oz u yoq-bu yoqdan gaplashib o‘tiringlar, boshqa 
ovqat qilaman: qovoq-siz!
Endi askiyada qayta-qayta takrorlangan «qovoq» so‘ziga 
diqqat qilamiz. Avvalo, «qovoq» so‘zining ma’nolarini 
ko‘rib chiqaylik. Birinchidan, palak otib o‘sadigan poliz 
o‘simligi. Ikkinchidan, shu o‘simlik qobig‘idan tayyorlangan 
idish. Unga, odatda, sut, ovqat solib saqlanadi. Uchinchidan, 
odamning qoshi ostidagi ko‘z kosasini qoplovchi teri. Askiya 
matnida uchta ma’noning hammasi faol ishtirok etadi. 
Kulgi hosil qilishning yana bir usuli askiyabozlarning 
laqablari bilan bog‘liq so‘z o‘yinlaridir. Haqiqiy mohir 
askiyabozlar raqiblarining laqablarini askiya matniga shunday 
singdirib yuborishar ediki, faqat askiyani nozik tushunadigan 
tinglovchigina uning ma’nosiga fikr qilib yetib borar edi.
Mashhur hofiz Mamayunus (laqabi kal) poyezdda 
ketishayotganda do‘sti Erka qorini (ko‘zi ojiz) askiyaga tortar 
ekan, qori akaning ko‘zi ojizligiga shama qilib:
– Turing, qori aka! Ko‘r otga (kurortga) keldingiz! – 
deydi. Erka qori yostiqdan boshini ko‘tarar ekan, shoshib-
pishib kupe derazasidan tashqariga qaragan bo‘ldi-da, darhol 
yuzini Mamayunus aka tomon burib:
– Hovliqmay qoling, Mamayunus! Sho‘rtepa-ku! – deydi.
Matnni tahlil qilishda tinglovchi «ko‘r ot», «sho‘rtepa» 
so‘zlarining ma’nosini shu zahoti zakiylik bilan ko‘zi ojiz, kal 
ma’nolarida tushunib yetmasa, askiyaning butun mohiyati o‘z 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin