– 212 –
– 213 –
Qardosh xalq og‘zaki ijodida ham topishmoqlarning
go‘zal namunalariga duch kelamiz: «Neseli Bilmeceler –
Quvnoq topishmoqlar». (Toshkent: «Yurist-media markazi»,
2010) to‘plamidan olingan quyidagi topishmoqlarga e’tibor
bering:
Osti marmar, usti marmar,
Ichida bir kelin o‘ynar.
(Tish,
til)
Ketdi – kelmaydi,
Keldi – ketmaydi.
(Yoshlik,
qarilik)
Kelar Laylo, ketar Laylo,
Bir oyoqda turar Laylo
(Eshik)
Yetti tuynukli to‘qmoq,
Buni bilmagan ahmoq.
(Bosh)
4. Chaldirmoq janrining o‘ziga xos xususiyatlari.
Yaqin vaqtlargacha chaldirmoqlar topishmoq janri tarkibida
qaralib, baholanib keldi. Qadimda chaldirmoq o‘yin shaklida
amal qilgan. Chaldirmoqni ko‘pchilik, ikki kishi o‘ynasa ham
bo‘ladi. O‘yin avvalida shart belgilab olinadi. Masalan, kim
yengilsa, ma’lum joygacha yelkasida ko‘tarib borib kelish
yoki boshqa biror shart aytiladi. Shundan keyin kelishuv bilan
harflardan biri chaldirmoq quyuvchi, boshqasi yechuvchi
bo‘ladi. Masalan, shunday chaldirmoq aytiladi:
– Bir yigit otiga bir qizni mingashtirib ketayotgan ekan.
Oldidan bir to‘p lakak(chillak) o‘ynayotgan bolalar chiqibdi.
– 213 –
Shunda bolalardan biri sheriklariga: «Qaranglar, hov yigit
birovning qizini olib qochib ketyapti», – debdi. Bu gapni
eshitib otga mingashgan qiz o‘sha bolaga javob qilibdi:
– Jonimning jononasi,
Boshimning parvonasi,
Bu yigitning onasi,
Mening onam qaynonasi.
Raqib ma’lum muddat ichida javobni aytishi kerak.
Deylik, raqib tomon u yigit qizga og‘a ekanligini topdi.
Shundan keyin shart bajariladi. Keyingi chaldirmoq aytish
navbati yechgan bolaga keladi va o‘yin ushbu tartibda davom
qiladi.
Yuzaki qaraganda biror bir fikr, narsa, hodisa va ma’lum
raqam, miqdorning chalg‘itib aytilishi, raqibdan uning
yechimini topish talab etilishi chaldirmoqlarni topishmoqqa
yaqinlashtiradi. Lekin chaldirmoqning aytilish jarayoni,
yetakchi xususiyatlari, poetik qurilishi topishmoqdan farq
qiladi. Farq, avvalo, chaldirmoqning o‘yin tarkibida kelishida
ko‘rinadi. Topishmoqlarning bugungi holati bevosita harakatli
o‘yin bilan bog‘liq emas.
Topishmoqlar ixcham, lo‘nda she’riy shaklga ega. Ularda
vaziyat, holat batafsil izohlanmaydi. Personajlarning o‘zaro
savol-javoblari batafsil berilmaydi. Chaldirmoqda vaziyat
to‘liq tushuntiriladi. Ishtirokchi personajlar savol-javoblari
aytiladi va shu savol-javobda chalg‘itib berilgan mazmunni
yechish talab qilinadi. Topishmoqda bu tartibdagi talab yo‘q.
Chaldirmoqning ijro o‘rni va poetik qurilishini quyidagi
tartibda bayon etish mumkin:
1. Ma’lum vaziyatning bayon etilishi. Savol-javobning
berilishi. Yechimning talab qilinishi.
2. Yechim.
|