Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


 Arab-islom mifologiyasi an’analari



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   131
O\'zbek folklori P

4. Arab-islom mifologiyasi an’analari.
Ma’lumki, 
VII asr oxirida Movarounnahr arablar tomonidan fath 
etila boshlangan bo‘lib, bu jarayon VIII asr o‘rtalarida 
nihoyalangan. Natijada bu o‘lkaga yoyilgan islom dini O‘rta 
Osiyoga Sharq xalqlari mifologiyasi va folklorining epik 
an’analariga mansub syujet, motiv va obrazlarni ham olib 
keldi. Garchi islom mifologiyasining tarkibi ko‘pqatlamli 
bo‘lib, 
o‘zak miflar
(arab asotirlari) hamda 
o‘zlashtirma 
asotirlar
(ya’ni keyinchalik fath etilgan xalqlar folklori va 
boshqa diniy qarashlarga aloqador miflar)ni o‘z ichiga olgan 
bo‘lsa-da, uning asosini qadimgi arab qavmlarining og‘zaki 
ijodi namunalari tashkil etgan.
Arab xalq kitoblari, rivoyat va asotirlari syujetining epik 
ta’siri natijasida O‘rta Osiyo xalqlari folklorida ko‘plab yangi 
asarlar yaratilgan. Ajdodlarimizning mifologik tasavvurlari 
arab-islom asotirlariga oid personajlar tizimi bilan boyitilgan. 
Xususan, 
anqo, jin, g‘ul, Odami Od, Morut, Lot, Manot, 
Ko‘hi Qof, Eram
kabi mifologemalarning ilk manbai aslida 
arab folkloridadir.
Demak, o‘zbek mifologiyasining tarixiy asoslari 
ajdodlarimiz o‘tmishining eng quyi bosqichlariga mansub 
e’tiqodiy qarashlarga borib taqaladi. Mifologik inonchlarning 
ilk qatlami qadim zamonlarda yashagan bobolarimizning 
totemistik, animistik va dualistik tasavvurlari, magik 
inonchlar asosida kelib chiqqan e’tiqodlari, shuningdek, 
tabiatni asotiriy anglash va hosildorlik g‘oyasini o‘zida 
mujassamlashtirgan qadimgi kultlar bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lgan. Qadimgi miflarning asrlar davomidagi tadrijiy 


– 35 –
takomili natijasida ezgulik va yovuzlik kurashini aks 
ettiruvchi dualistik miflar, olamning yaratilishi va intihosi 
haqidagi xalq qarashlarini o‘zida ifoda etgan kosmogonik 
miflar, osmon yoritqichlari to‘g‘risidagi astral miflar, vaqt 
hisobi amallarining paydo bo‘lishi haqida bahs yurituvchi 
taqvimiy asotirlar, urug‘-qabilalarning kelib chiqishini 
izohlashga bag‘ishlangan etnogenetik miflar, g‘ayrioddiy 
qahramonlarning sarguzashtlarini bayon etuvchi antropogenik 
miflar tizimi shakllangan. 
O‘zbekistonning istiqlolga erishishi qadimgi tasavvurlar 
bilan bog‘liq folklor asarlari, jumladan, mifologik syujet va 
motivlarni keng ko‘lamda o‘rganishga katta imkoniyatlar 
yaratdi. Xususan, o‘zbek folklorida mifologiya va mifologik 
tasavvurlarning marosim folklori genezisida tutgan 
o‘rni, mifologiyaning o‘zbek xalq eposidagi o‘rni va mif 
diffuziyasi, o‘zbek folklori mifologik obrazlar tizimi keng 
o‘rganildi. Folklorshunoslikka «o‘zbek mifologiyasi» 
tushunchasi olib kirildi va u turkiy mifologiyaning tarkibiy 
qismi bo‘lib, O‘rta Osiyoda istiqomat qilgan qadimgi 
aholining e’tiqodiy qarashlari, tasavvur va inonchlarini o‘zida 
mujassamlashtirganligi ilmiy jihatdan asoslandi. 

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin