Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Qadimgi turkiy qavmlar mifologiyasi



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   131
O\'zbek folklori P

2. Qadimgi turkiy qavmlar mifologiyasi.
O‘zbek 
folklorida saqlanib qolgan arxaik miflarning asosiy qismi 
qadimgi turkiy mifologiyaning epik diffuziyasi natijasida 
yetib kelgan. Qadimgi turkiy qabilalar og‘zaki ijodiyotida 
olamni mifologik anglash asosida yaratilgan kosmogonik, 
totemistik, animistik, etiologik va etnogenetik miflar asosiy 
o‘rinni egallagan.
3. Zardushtiylik bilan bog‘liq mifologik tasavvurlar.
Xalq og‘zaki ijodida an’anaviy tarzda qo‘llaniluvchi 
ajdar, 
dev, pari, Semurg‘, Jo‘mard, Aranja bobo, Axriman, 
aranglar, Zahhok, Siyovush, Hubbi, Ashshadarozi, Sust xotin, 
Haydar
kabi ko‘plab asotiriy obrazlarning tarixiy asoslari 
zardushtiylik mifologiyasiga borib taqaladi. 
«Avesto» mifologiyasi va zardushtiylik rituallari negizida 
keyinchalik o‘zbek marosim folkloridagi ayrim janrlar 
shakllangan. Yomg‘ir chaqirish maqsadida o‘tkazib kelingan 
Sust xotin marosimi, Amudaryo suvining mo‘l bo‘lishi 
hamda toshqin halokatining oldini olish maqsadida Orolcha 
avliyo degan joyda shu nom bilan ataluvchi afsonaviy homiy 
sharafiga ho‘kiz so‘yib qurbonlik qilish, Navro‘z bayramini 
o‘tkazish, sumalak pishirish, bahor faslida an’anaviy gul 
sayllari (boychechak sayli, lola sayli, guli surx sayli, qizil 
gul sayli kabilar)ga chiqish, safar qochdi va oxir chorshanba 
marosimlarini o‘tkazib, olovdan hatlash, shamol piri sifatida 
e’tirof etilgan Haydar yoki Ajdar boboga murojaat qilib, 
shamol chaqirish, sumalak pishirayotganda Ashshadarozi 
o‘yinini tashkil etish, kelin-kuyovni olov atrofidan 
aylantirish, marhumlar mozoriga «qushlar haqi» deb bug‘doy 
sepib qo‘yish, daryodan o‘tayotganda Hubbiga sig‘inish va 


– 34 –
– 35 –
suvga tuz tashlash, dalaga birinchi qo‘sh chiqarishdan avval 
ho‘kizlarning shoxini moylash kabi an’anaviy marosim va 
udumlarimizning tarixiy asoslari bevosita zardushtiylik hamda 
«Avesto» mіfologіyasining e’tiqodiy inonchlar tizimidagi 
talqinlariga bog‘lanadi.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin