– 177 –
baxtsizli
k haqidagi termalar fikrimizga dalil bo‘la oladi»
1
.
Mazkur mulohaza muallifi termalarning xalq ommasi orasidagi
haqiqiy insoniy fazilatlarni targ‘ib qilish quroli ekanini
alohida ta’kidlamoqda. So‘z san’atining bosh
vazifasi ham
aynan insonga go‘zallik va xunuklik vositasida uning qalbiga
yo‘l topish orqali ruhiy ta’sir o‘tkazishdir. Termalarning janr
xususiyatlari ana shu tushunchalar orqali namoyon bo‘ladi.
Professor Hodi Zarifov bergan ma’lumotlarga qaraganda,
Jumanbulbul o‘g‘li Ergashni maktabdor O‘tamurodning qizi
Ziynatoyga uylantirganlar. Ammo baxshi yashaydigan hudud
an’anasiga ko‘ra kelin to‘ydan keyinoq kuyovnikiga kelmas
ekan. Uning kuyovnikiga kelishi uchun yana bir to‘y o‘tkazish
odati bor ekan. Afsuski, birinchi to‘ydan keyin Jumanbulbul
vafot etadi. Ergashning esa keyingi to‘yga mablag‘i bo‘lmaydi.
Otasidan qolgan arzimas bor-yo‘q
narsalarni qarz evaziga
olib ketishadi:
Bo‘lib-bo‘lib olib ketdi haqini,
Biz bilmaymiz haqi bor yo yo‘g‘ini,
Zoti yo olismi, bizga yaqini,
Bariga haq berib turgan kunlarim.
Ergash hayotida juda murakkab tanqis holat ro‘y beradi:
Xotin qoldi otasining uyida,
Men bilmayman ne gaplar bor o‘yida,
Ko‘p va’dalar bo‘lgan edi to‘yida
Uyalib, borolmay yurgan kunlarim.
Shunday qilib, vaqtida jonkuyar insonlar harakati bilan
yozib olingan termalar yordamida baxshi hayotidagi o‘ta sirli
va betakror hodisalar haqida ma’lumot olamiz.
1
Musaqulov A. O‘zbek folklori ocherklari. I tom. – T.: Fan, 1988. – B. 269.