Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131
O\'zbek folklori P

– 172 –
– 173 –
Oq otingni maqtaysan, 
Bo‘z otimga yetmaydi.
O‘yinchingni 
maqtaysan, 
Qarsoqchidan 
o‘tmaydi. 
Hoy bola-bola, yor-yor, 
Omon bola yor-yor.
Hay-hu, ho-ho-ho.
Bu raqs o‘yin sifatida san’atshunoslar tomonidan 
o‘rganilgan bo‘lsa-da, bu o‘yinning verbal qismi, ya’ni so‘z 
komponenti olimlar e’tiboridan chetda qolib kelmoqda. 
Bu raqsda kuylanib kelinayotgan «Omonyor», «Gulbog‘», 
«Dig‘ajon», «Hoy bola-bola, yor-yor»lar xalq qo‘shiqlarining 
eng yorqin namunalaridir. 
«Qarsoq» bo‘ri degani
1
, ya’ni «Bo‘ri o‘yini» raqsi va 
qo‘shiqlari, asosan, chorvachilik bilan shug‘ullangan joylarda 
to‘y-tomoshalarda, gap-gashtaklarda, Navro‘z bayramlarda 
sevib ijro etilgan. 
Ishtirokchilarning qarsak chalib doira hosil qilishi, 
raqqosning o‘rtada turishi uch narsani yodimizga soladi. 
Birinchisi, qadimda ovchilarning ovga chiqib, halqa hosil 
qilib, o‘ljasiga hujum qilishi. Ikkinchisi, o‘tov chang‘arog‘i-
ning aylana shaklda ekanligi, unga birikkan uvuqlar bizga raq-
qosni o‘rtaga olib, davra hosil qilgan qarsoqchilarni eslatadi. 
Uchinchisi, «Ko‘pkari» (Boshqa bir nomi «Ko‘kbo‘ri») 
o‘yinini. Ya’ni ko‘pkari o‘yinida ham chavondozlar dastlab 
davra hosil qilishib, keyin «o‘lja» – uloqqa tashlanishadi.
Bizning nazarimizda har uchala holat ham xalqimizning 
mavsumiy marosimi, ya’ni Navro‘z bilan bog‘liq. Chunki qish 
kirishi bilan ko‘klam-bahorning yaxshi kelishi uchun ko‘plab 
marosimlar o‘tkazilgan. Shulardan birinchisi ov, ikkinchisi 
1
Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk»da qarsoqni tulkining bir turi deydi. 


– 173 –
ko‘pkari va nihoyat bahor kelishi bilan chorvadorlar keng 
yaylovlarga chiqib o‘tov tikishgan.
Fuod Ko‘pruli qadimda turklarning kuy- kuklarning 
soni 365 ta, ya’ni yil kunlariga teng bo‘lib, har kuni xoqon 
huzurida ayri bir kuy chalinganini urg‘ulaydi.
1
O‘tovdagi 
uvuqlar soni ham odatda 52 ta, ya’ni yillik haftaga tengligi 
tasodifiy bo‘lmasa kerak. 
Navro‘zga bag‘ishlangan ko‘pgina marosimlar, udumlar, 
aytim va qo‘shiqlar zamirida quyoshga bo‘lgan topinch 
yotganini ko‘rishimiz mumkin. Qarsak o‘yinidagi halqa 
bizga kunni-quyoshni ham eslatadi. Qolaversa, qo‘shiq matni 
naqarotidagi «hu», aslida xu, qu, ku (gu) kun-quyosh so‘zi 
bilan o‘zakdosh emasmikan degan taxmin uyg‘otadi. Nima 
bo‘lganda bu o‘yin qo‘shiqlari maxsus tadqiq etilishi lozim. 
Tasnifni yana davom ettirish mumkin. Misol uchun erkak 
va ayol qo‘shiqlari, har bir hududning o‘ziga xosligidan 
kelib chiqib, Surxondaryo, Qashqadaryo; Jizzax, Samarqand, 
Buxoro; Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona hamda 
Xorazm qo‘shiqlari deyish ham mumkin. Biroq bunday 
tasniflar ikkilamchi tasnifga kiradi. Eng muhimi esa qaysi 
turkum qo‘shiqlari bo‘lmasin, marosim qo‘shiqlarimi yoxud 
nomarosim qo‘shiqlarimi, yuqorida biz tilga olgan barcha 
turkumlik uchun birdek bo‘lgan umumiy mezonlardan kelib 
chiqqan holda tasnif etilmog‘i lozim.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin