– 111 –
tadrijiy taraqqiyotining qahramonlik tipidan keyingi bosqi-
chida rivoj topgan mustaqil badiiy-struktural hodisa
sifatida
yuzaga keldi, deb baholanadi.
T.Mirzayev qayd etishicha, romanik dostonlarning
syujeti o‘zaro yaqin kelib, ularda g‘oyibona oshiq bo‘lgan
qahramon go‘zal qizni izlab safarga otlanadi, ajoyib-
g‘aroyib hodisalarni, qiyin sarguzashtlarni boshidan
kechiradi, g‘ayritabiiy kuchlar bilan to‘qnash kelib, barcha
qiyinchiliklarni yengib, o‘z maqsadiga
erishishidan hikoya
qiladi. Chindan ham olim ta’kidlaganidek, doston voqealari
hashamatli saroylarda, shovqinli bozorlarda, sehrli bog‘larda,
tilsimli qo‘rg‘onlarda, vahimali g‘orlarda, qo‘rqinchli yer va
suv osti yo‘llarida kechadi
1
. Biroq bu dostonlarning har biri
kompozitsion
qurilishi, obrazlari, motivlarining ishlanishi,
xarakter va mazmunlari jihatidan mustaqil shaklda namoyon
bo‘ladi, har birining spetsifik xususiyati, har birida o‘ziga xos
badiiy zavq bor.
Fantastik voqea va sarguzashtlar girdobida murakkab
ijtimoiy voqelikni uning barcha real tafsilotlari, ikir-chikir
va qarama-qarshiliklari bilan tasvirlash romanik dostonlarga
xos sodda realizmni tug‘dirdi. Hayotiy-maishiy xarakterdagi
bunday realistik mavzu xalq yumori va didaktikasi xususiyatlari
bilan mahkam bog‘liqdir
2
. Lirik yo‘nalishning
birinchi planga
chiqib, tasvirning intim tus olishi, yozma adabiyot ta’sirining
sezilmas darajada ularning ichki taraqqiyoti bilan organik
birlashib ketganligi romanik dostonlar uslubini belgilaydi,
ya’ni romanik dostonlarda tasvirlangan ijtimoiy voqelik,
yangi mavzular yangi formalarni ham keltirib chiqaradi.
Romanik dostonlarni tadqiq etgan S.Mirzayeva ularning
syujeti nuqtai nazaridan ikki turini ajratib ko‘rsatadi. Birinchi
1 Мирзаев Т. Достон. Ўзбек фольклорининг эпик жанрлари. - Т.: Фан, 1981.
-Б.10-24.
2 Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский героический эпос.
М.:ГИХЛ,1947. – C. 303
.