Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


«Go‘ro‘g‘li» dostonlari romanik dostonlarning



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   131
O\'zbek folklori P

2. «Go‘ro‘g‘li» dostonlari romanik dostonlarning 
mumtoz namunalari sifatida.
«Go‘ro‘g‘li» turkumi 
doston lari o‘zbek xalq baxshilari repertuarining kattagina 
qismini tashkil etadi. «Go‘ro‘g‘li» dostonlari epik qahramon 
Go‘ro‘g‘li, epik jangovor ot G‘irko‘k, epik ozodlik o‘lkasi 
Chambil vositasida o‘zaro birlashadi. Turkum voqealari 
yagona tizimga bog‘lanib, mantiqan biri ikkinchisini to‘ldirib 
boradi. Turkumni boshlab beruvchi dostonda qahramon 
go‘rda tug‘ilsa, turkum so‘ngida g‘orga kirib g‘oyib bo‘ladi. 
Ilk dostonda boshlangan voqealar halqasi so‘nggi dostonda 
yopiladi. Turkumga kiruvchi har bir doston ayrim-ayrim 
nomga ega bo‘lib, alohida ijro etishga mo‘ljallangan, ammo 
ular har doim yagona asar sifatida qabul qilinadi. «Go‘ro‘g‘li» 
dostonlari Yaqin va O‘rta sharqda juda mashhur. Fanda ularni 
ikki tarmoqqa bo‘lib o‘rganish an’anasi mavjud. Biri – O‘rta 
Osiyo versiyalari: o‘zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq, tojik 
va boshqa namunalarni o‘z ichiga olsa, ikkinchisi Zakavkazye 
va Yaqin Sharq versiyalari hisoblanib: ozarbayjon, 
turk, gruzin, arman va boshqalar kiritiladi. «Go‘ro‘g‘li» 
dostonlarining bu ikki tarmog‘i o‘zaro jiddiy umumiyliklarga 


– 114 –
– 115 –
ega bo‘lsa-da, dostonlarda qamrab olingan voqelik, epik 
an’ana va bosh qahramonga berilgan baho jihatidan, hajmi, 
kuylanishi va tarqalish xususiyatlari bilan ham bir-biridan 
keskin farqlanadi. Zakavkazye va Yaqin Sharq versiyalariga 
xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar ozarbayjon variantlarida 
to‘la o‘z ifodasini topgan
1
. O‘rta Osiyo versiyalari, xususan, 
o‘zbek variantlarida qahramonning g‘ayritabiiy tug‘ilishi, 
qahramon hayoti, o‘g‘illari, nevara-chevaralari taqdirining 
keng qamrovda batartib hikoya qilinishi bilan ham ajralib 
turadi. Eposda aniq tarixiy voqealar kelmaydi, balki etnos 
hayoti mislsiz romantik lavhalarda, xalqning beqiyos ideallari 
ko‘lamida tasvirlanadi. Bu tasvirlardan o‘zbek «Go‘ro‘g‘li» 
dostonlari hayot bilan, xalq turmushi bilan aloqasi bo‘lmagan 
qandaydir «uydirmalar» yig‘indisi ekan, degan ma’no 
chiqmasligi kerak. Bu xil badiiy umumlashmalar eposga xos 
hayotni tasvirlash usuli bo‘lib, unda kechmish zamoni ideallik 
darajasiga ko‘tarilib tasvirlanadi. Ana shu bepoyon ideallik 
va cheksiz romantika bu dostonlarni yanada real, hayotiy, 
xalqqa yaqin va davrimizga hamohang qilgan. «Go‘ro‘g‘li» 
dostonlariga yaxlit holda nazar tashlasak, ularning mohiyatini 
dono va adolatli hukmdor, jasur va qo‘rqmas Go‘ro‘g‘li 
boshchiligidagi ozodlik o‘lkasi – Chambil mamlakati va 
davlatining tashkil topishi, uni yanada mustahkamlash va 
sarhadlarini qo‘riqlash uchun el botirlarining olib borgan 
kurashlari tasviri tashkil etadi. Chambildagi tutumlar 
o‘rta asrlarda turkiy xalqlar tarixida paydo bo‘lgan yirik 
markazlashgan feodal davrlardagi qonun-qoidalarni 
eslatadi. Hatto eng afsonaviy parilar yurti ham Chambildagi 
hayot tarziga o‘xshashdir. Ularning ham o‘z podsholari, 
lashkarboshilari, munaqqash saroylari, hashamatli bog‘-
1
Qarang: Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. – T.: Fan, 1981. 
– B. 98.


– 115 –
rog‘lari, sahrolarini himoya qiluvchi mifologik qo‘riqbonlari 
bor. 
«Go‘ro‘g‘li» dostonining O‘rta Osiyo va Zakavkazye 
va Yaqin Sharq versiyalarida qahramonning nomi ma’lum 
o‘zgarishlarda kelishini ko‘ramiz. O‘zbeklarda Go‘ro‘g‘li, 
turkmanlarda Go‘ro‘g‘li, Ko‘ro‘g‘lu, Karo‘g‘li, ozarbayjon, 
turk, gruzin, arman va boshqalarda Ko‘ro‘g‘lu nomi mashhur. 
«Go‘ro‘g‘li» («Ko‘ro‘g‘lu») dostonlarini dastlabki yozib 
olish, nashr etish va o‘rganish ishlari XVIII asrning birinchi 
choragi va XIX asrning 40-yillariga to‘g‘ri keladi. Janubiy 
Ozarbayjon oshiqlaridan 1721-yilda arman harflari bilan 
ozarbayjon tilida yozib olingan «Ko‘ro‘g‘lu» dostonidan 
o‘n uchta mustaqil qo‘shmasi
1
, hamda Gruziya Fanlar 
akademiyasi Qo‘lyozmalar institutining musulmon fondidan 
1856-yilda arman harflari bilan ozarbayjon tilida ko‘chirilgan 
yigirma sakkiz majlisdan iborat qo‘lyozmalarni
2
dastlabki 
yozma ma’lumot sifatida keltirib o‘tish mumkin. O‘zbek va 
turkman «Go‘ro‘g‘li»sining ayrim namunalarini qalamga 
olish ishlari esa, XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. 1853- 
yilda ko‘chirilgan, K.P.Kaufman kolleksiyasida 321-inventar 
raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozma, shuningdek, 1936- 
yilda Hodi Zarif topgan yana bir boshqa qo‘lyozma
3
bunga 
dalil bo‘la oladi. Bu o‘rinda 1870-yilda general-mayor 
A.K.Abramov tashkil etgan Iskandarko‘l ekspeditsiyasi 
kundaligidagi tarjimon Abdurahmon Mustajirov tomonidan 
o‘zbek tilida yozib olingan «Go‘ro‘g‘li» dostoni bir parchasi 
1
Тахмасиб М. Проблема народности азербайджанских дастанов и 
современное состояние исследования их // Вопросы изучения эпоса народов 
СССР. Москва: Наука, 1958. – С. 180.
2
Qarang: Короглы Х. Г. Взаимосвязи эпоса народов Средней Азии, Ирана и 
Азербайджана. – Москва: Наука, 1983. – С. 169–247.
3
Qarang: Зарифов Х. Т. К изучению узбекского народного эпоса // Вопросы 
изучения эпоса народов СССР. – Москва: Наука, 1958. – С. 122.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin