Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   131
O\'zbek folklori P

– 104 –
– 105 –
edi. Professor M.Saidov fikricha, bu sinovni, aslida, kelajakda 
davlat boshqarishni bo‘yniga oladigan Alpomish uchun 
Barchin o‘ylab topadi. Uning mulohazasiga ko‘ra davlat 
boshqaruvchisi zotdor otga, sifatli yoyga ega bo‘lishi lozim. 
Shu bilan birga u odam jang san’atini, ayni paytda yoydan o‘q 
otishni bilishi, jismonan baquvvat bo‘lishi shart. Dostonning 
birinchi qismi asarni ijod qilgan ajdodlarimiz tomonidan 
qo‘yilgan dastlabki dovonni egallash bilan belgilanadi. Ya’ni 
Alpomish Boysun-Qo‘ng‘irot aholisini bir davlat chegarasida 
boshqarishni niyat qildi va bu niyatiga Qalmoqqa ko‘chib 
ketgan yurtdoshlarini qaytarish bilan erishdi.
Alpomish ikkinchi safarida Surxayil qo‘ygan tuzoqqa 
ilindi, yetti yil zindon azobini boshidan kechirishga majbur 
bo‘ldi. Endi Alpomish Toychixonni jazolashga haqli edi. 
Doston ijodkoriga qoyil qolish kerakki, bosh qahramonning 
yetti yil zindonda yotishi davomida tinglovchini zeriktir-
masdan ko‘plab qiziqtiruvchi lavhalarni o‘ylab topgan. 
Doston bilan yaqindan tanishgan tinglovchi yoki matn 
o‘quvchisining diqqati bir daqiqa ham bo‘shashmaydi. 
Avvalo, Alpomishning zindonga tushishi, keyinchalik g‘oz 
ishtirokidagi lavhalar, Shakaman tog‘idagi kampir va ovchi 
yigit ishtiroki, Qorajonning do‘stini ozod qilish maqsadida 
Qalmoqqa kelishi, Tavkaning doston mazmuniga aralashuvi, 
Surxayil va Toychi munosabatlari, bozor epizodlari, 
Kayqubodning Alpomishga yordami kabilar shu qadar 
mahorat bilan tasvirlanadiki, biz, bir tomondan, Alpomish 
taqdiri guvohiga aylansak, ikkinchi tomondan, yirik epik 
tasvir yakunidagi qahramonlar harakatidan qoniqish hosil 
qilamiz.
Dostonda Alpomishning o‘z oilasiga qaytishini tasvir-
lashda baxshi doston eshitayotgan tinglovchilarga turli 
yo‘llar bilan hayotda ziyrak bo‘lish kerak, degan o‘gitni ham 


– 105 –
berib o‘tadi. Xususan, Qultoy Alpomishning Alpomishligiga 
ishonmaydi. Shundan keyin Alpomish chap yelkasidagi 
Qultoy panjasining dog‘ini ko‘rsatadi. Shundan keyin 
Alpomish Qultoy qiyofasida yurtdoshlari bilan uchrashadi. 
Bu ko‘rinishlar tasvirlangan doston sahifalari xuddi badiiy 
filmdagi ekran lavhalarini eslatadi va har safar «Qultoy»da 
Alpomish belgilari namoyon bo‘ladi. 
Dostondagi Barchinoy bilan bog‘liq voqealar baxshilar 
tomonidan alohida mehr bilan bayon etiladi. U zukkoligi, 
tadbirkorligi, donoligi, mardligi jihatdan Alpomishdan 
qolishmaydi. Surxayil kampir o‘g‘illari Barchinoyni zo‘rlik 
bilan xotinlikka olmoqchi bo‘lganlarida, qiz alplardan birini 
ko‘tarib yerga shunday zarb bilan uradiki, alpning og‘zidan 
ko‘pik sachraydi. Shundan so‘ng alplar Barchinga Alpomishni 
kutish uchun olti oy muhlat berishga majbur bo‘ladilar. Baxshi 
dostonda Barchin ishtirokini tasvirlashda juda ehtiyotkorlik 
bilan ish ko‘radi va uni eng go‘zal fazilatlarga ega ayol 
sifatida tasvirlaydi.
«Alpomish» dostoni badiiy jihatdan ham mukammal asar. 
Siz badiiylik deganda badiiy tasvir vositalaridan foydalanish 
ko‘laminigina tushunmasligingiz lozim. Chunki badiiylik 
tushunchasining o‘zi juda murakkabdir. «Alpomish» 
dostonida qabila-urug‘chilik munosabatlarining tugallanishi 
va davlatning vujudga kelishi aks etgan dedik. Masalaning 
qo‘yilishi boshqa, uni badiiy mukammal holda ishonarli 
qilib tasvirlash boshqa. «Alpomish» dostoni asrlar davomida 
xalqimizni mardlik, qahramonlik, adolat, irodalilik ruhida 
tarbiyalab keldi. Mana shunday vazifani sharaf bilan bajarib 
kelgan asar, albatta, badiiylik talabiga javob bera oladigan 
bo‘ladi, ya’ni asar ijrosini tinglovchilar qiziqish bilan qabul 
qiladilar. 
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li mohir va tajribali baxshi bo‘lgani 
uchun asardagi voqealarni bayon qilishda shoshilmaydi



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin