Strategiyani ishlab chiqish va amaliy qoʻllash Strategiyani ishlab chiqish taʼlim muassasasi ichki va tashqi holatiga tashxis qoʻyishdan boshlanadi. Nega? Chunki toʻgʻri tashxissiz yoki umuman, busiz chuqur oʻylanmagan strategik harakat qabul qilinishi mumkin. Taʼlim muassasasi strategiyasi, qoidaga koʻra, quyidagi mutanosibliklardan iborat boʻladi:
- puxta oʻylangan va maqsadga yoʻnaltirilgan harakatlar;
- agar kutilmagan yoʻnalish yuzaga chiqsa va zarur boʻlsa, unga javoban xatti-harakatlar, masalan raqobat tazyiqi sodir boʻlsa va h.k.
Taʼlim muassasasi strategiyasi bir vaqtning oʻzida ham rejadagi va adaptiv (moslashuvchan) hisoblanadi. Taʼlim muassasasi strategiyasini tez-tez "zargarona sozlash" yoki boshqarish odatdagi hol hisoblanadi. Bular tashqi va ichki oʻzgarishlar miqdori sezilarli darajada jamlanishi boʻyicha amalga oshiriladi. Shuning uchun strategiya uzoq muddat mobaynida kamdan-kam holdagina oʻzgarmay qoladi. Biroq strategiyani tubdan oʻzgartirish kamdan-kam yuz beradi, qoidaga koʻra bilish va vazifaning shakllanishi, maqsadning aniqlanishi va strategiyani qabul qilish, bu rivojlanish yoʻnalishini ishlab chiqish jarayonining asosiy vazifasi. Bular barchasi birgalikda strategik rejani tashkil etadi.
Strategiyani joriy etish va amalga oshirish. Strategiyani joriy etish asosiy maʼmuriy vazifadir, u oʻz ichiga quyidagi asosiy jihatlarni oladi:
strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qodir muassasa tuzish;
koʻzlangan maqsadga jadal erishishga yoʻnaltirilgan asoslashni xodimlar uchun ishlab chiqish;
mukofatlash tizimini qoʻyilgan maqsadlarga erishish natijalar bilan bogʻlash;
Taʼlim muassasasida strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun imkoniyat tugʻdiruvchi muhit va ishonchli vaziyatni yuzaga keltirish;
Taʼlim muassasasining har bir aʼzosiga kunma-kun oʻz vazifasini samarali bajarishiga imkon beradigan qoʻllab-quvvatlash ichki tizimini barpo qilish;
muntazam takomillashtirish amaliyoti va rejasini (malaka oshirish yoki qayta tayyorlashni) tadbiq etish;
strategiyani olgʻa siljitishni boshqarish va uni amalga oshirishni muntazam yaxshilash uchun zarur boʻlgan ichki yetakchilik tizimini joriy etish.
Maʼmuriy vazifa nima qilinayapti va strategiyani samarali amalga oshirish uchun nimalarni qilish kerakligining mutanosibligiga erishishdan iboratdir. Strategiya bilan tashkiliy imkoniyatlar, strategiya bilan mukofotlash tizimi, strategiya bilan qoʻllab-quvvatlash ichki tizimi, shuningdek, strategiya bilan tashkiliy madaniyat (qadriyatlar va eʼtiqodlar shaklida namoyon boʻluvchi) oʻrtasida mutanosiblik qancha yuqori boʻlsa, strategiya shuncha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Ishlarni baholash, yangi yoʻnalishlarni oʻrganish va toʻgʻrilovchi harakatlarni amalga oshirish. Boshqaruv strategiyasining yuqorida koʻrib oʻtilgan toʻrt vazifasini birdaniga va doimiyga hal etib boʻlmaydi. Uzoq muddatli maqsadlar oʻzgartirishni taqozo etishi mumkin: ular oshirilishi yoki pasaytirilishi ehtimoldan holi emas, bu toʻplangan tajriba va kelajakdagi istiqbol bilan bogʻliq. Taʼlim muassasasi strategiyasini amalga oshirish yoʻllarini qabul qilish tahlil etiladi va yangi, yanada samaraliroq yoʻllarini izlash amalga oshiriladi.
Taʼlim muassasasi vazifasi,maqsadi va strategiyasi, shuningdek, strategiyani amalga oshirishga yondashuv hech qachon tugal boʻlmaydi. Ishlarni baholash va toʻgʻrilash harakatlarni amalga oshirish meʼyoriy hol hisoblanadi va strategik boshqaruv jarayonining uzluksiz davom etadigan zarur elementi boʻlib qoladi.