Oʻquv yili ish rejasini ishlab chiqishning tashkiliy pedagogik tomonlari Kollej oʻquv yili ish rejasini tuzishda, eng avvalo, asosiy
maqsadlar va vazifalarni belgilab olish zarur. Buning uchun barcha
tegishli meʼyoriy va rahbarlik hujjatlarini tavsiyalarni atroflicha oʻrganib, tahlil qilish hamda zarur xulosalarni belgilash talab qilinadi. Bu hujjatlarning asosiylari kirish soʻzida eslatib
oʻtiladi. Shundan soʻng ish rejasining har bir boʻlimlari boʻyicha joriy
oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar, ularning tahlili sifati
hamda samarasi haqidagi maʼlumotlar oʻrganiladi.Bunda rejada koʻrsatilgan, lekin turli sabablar bilan bajarilmay qolgan
ishlarga alohida eʼtibor qaratilib, ularni davom ettirish masalasi tegishli tartibda koʻrib chiqiladi va yangi rejaga qanday mazmun
va shaklda kiritish hal qilinadi. Masalan, tugallangan oʻquv yilida taʼlim-tarbiya borasida olib borilgan ishlar uch qismdan iborat tahlili unda oxirgi 3 yilning qiyosiy tahlili: yaʼni fan olimpiadasi, bilimlar sinovi, koʻrik tanlovlar va boshqa koʻrsatkichlar)dan kelib chiqib, tuman, shahar va respublika miqyosida yuqori natijalarga erishilgan ijobiy
ishlar, kamchiliklar va muammolar oʻz aksini topishi lozim.
Yangi oʻquv yilida amalga oshiriladigan asosiy vazifalarni
belgilashda oʻtgan oʻquv yilidagi kamchiliklar va muammolar hamda
oʻquv yili davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta farmonlari va qarorlari, Vazirlar Maxkamasining taʼlimga oid qarorlari, Maktabgacha taʼlim vazirligining buyruq va hayʼat qarorlarida
belgilangan ishlar mazmunidan kelib chiqib, yangi oʻquv yilining
besh va undan ortiq yoʻnalish boʻyicha vazifalari belgilanadi. Yaʼni:
I yoʻnalish: “Tashkiliy-pedagogik”;
II yoʻnalish: “Oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish” (yoki taʼlim mazmunini takomillashtirish, uning samaradorligini
oshirish);
III yoʻnalish: “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar”;
IV yoʻnalish: “Metodik ishlar, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash va oʻz ustida mustaqil ishlash”;