Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə81/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

Metodning maqsadi: Bu metod murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar, muammoli xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo‘yicha o‘rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda tinglovchilarning mustaqil g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi
Metodni amalga oshirish tartibi:
O‘quvchilarni 4-5 ta kichik guruhlarga bo‘lib, chorraxaning tutashgan markazida, ya’niy o‘rtasida mavzuga oid topshiriq olinadi. Topshiriqlarni to‘rt tarafdagi yo‘llarga muxokamasi yoziladi.

G‘oyalar g‘ildiragi” texnologiyasi


Texnologiyaning metodi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi o‘z g‘oyalaridan umumiy g‘oyalar, xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
Xar bir tinglovchi o‘z g‘oyalarini “G‘oyalar g‘ildiragi” ga bitta mavzu asosida bayon qiladilar. Barcha g‘oyalar umumlashtirib, muxokama qilinib, umumiy g‘oyalar majmuasi yaratiladi.


Kollaj” metodi


Kollej so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, qirqib yopishtirish ma’nosini bildiradi. Pedogoglar biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan maslaxatlashib, o‘z fikrlarini turli xil shakllar yoki rasmlarni qirqib yopishtirish orqali bayon etadilar.
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo‘llaniladi. Topshiriqlarni qirqib yopishtirish orqali fikrini yetqazib berish vazifasini ta’lim oluvchilarning biriga topshirishi yoki ta’lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin.


Charxpalak” metodi


“Charxpalak” metodibu-pedagogik strategiya bo‘lib, u tinglovchilarni biron bir mazmunni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, tinglovchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval tinglovchilarni fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaqliyda ifodalashga undaydi.
Bu esa tinglovchilarga o‘z bilimlari, tushunishlari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi.
Ushbu metod yakka, kichik guruh, jamoa bilan ishlashda qo‘llanishi mumkin. Guruh holatida qo‘llanilishi guruhlar fikrini to‘plash va ularni bir tizmdagi qurilmaga keltirish mumkin.


YuMALOQLANGAN QOR” METODI- bu metod har qanday tushunchaga mumkin qadar aniqroq ta’rif topishga imkon beradi, tinglovchilarga guruhlarda ishlashni, boshqalar fikriga quloq solishni va umumiy nuqtai nazarni ishlab chiqishni o‘rgatadi. Guruhlardagi ish tugashiga ko‘ra, har bir guruh vakillari navbati bilan o‘z plakatlarini xona taxtasiga ilib qo‘yadi va o‘qiydi. Berilgan savollarga javob beradi.


Keyingi navbat o‘qituvchiga beriladi. O‘qituvchi barcha guruhlar ishtirokidagi umumiylikni topishga yordam beradi.











Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin