Savollar: 1.Vahobning qanday xislatlari pedagogni tashvishlantirdi?
2.Yangi pedagogik vaziyatda Vahob boshidan kechirgan his-tuyg’ularni tahlil qiling.
3.Pedagogning qanday hislatlari uning fikrini amalga oshirishga yordam berdi?
Mikrokeys-1 Uyda Anvarni onasi qattiq urishibdi . Shuning uchun bola bog’chada kun bo’yi kayfiyati yomon bo’lib hech kim bilan o’ynamadi.
Savollar: Bu vaziyatda siz nima qilgan bo’lardingiz?
Mikrokeys-2 « Meni bog’cha opam yomon ko’radi. Menga doimo ahmoq bo’lishni istamasang gaplarimga quloq sol deydi! Men xafaman! Bog’chaga borishni xohlamayman».
Savollar: 1. Bu bolaga qanday mumomala qilish lozim?
2. Sizningcha nima uchun?
Mikrokeys-3 «Kamila mehribon qiz! U hamma bilan yaxshi o’ynaydi. Ota-onasi so’zini ikki qilmaydi. Bog’cha opasi esa uniga ko’p ish buyuradi deb ota -onasiga bu yoqmaydi!
Savollar: 1. Bu ota-onalarga psixolog nimani tushuntirishi lozim tanlaydilar?
2. Siz nima uchun shunday deb o’ylaysiz? Fikringizni asoslang.
Mikrokeys-4 MTMda tayyorlov guruhidagi bolalar negadir juda tez ta'sirlanadigan, biroz injiq bo’lib qoldilar. Ular dars mashg’ulotlari davomida faol bo’lsadalarda, darsdan so’ng turli shikoyatlari ko’paygan.
Savollar: 1. Bolalarda mashg’ulotlarga nisbatan qanday munosabat namoyon bo’lmoqda .
2. Bolalarni o’zlashtirishga ta'sir etishga ish faoliyatingizdan misollar keltiring.
Mikrokeys-5 Guruhdagi ayiqcha o’yinchog’ini Samira va Damir talashishdi va bir birlarini yomon so’zlar bilan mashara qilishdi. Murabbiy ularga qattiq tanbeh berdi va ayiqchani balandga olib qo’ydi. Damir kun bo’yi harxasha qilib ayiqchani so’rasada, uni olib berishmadi.
Savollar: 1. Agar siz MTM psixologi bo’lsangiz nima deb javob bergan bo’lar edingiz?
Mikrokeys-6 5 yoshli Toxir ko’chadan katta bolalardan o’rganib oldim deb “so’kina” boshladi.