Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix13.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#140156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
92360 yangi.docx

Bitiruv malaka ishining farazi:
Tadqiqotimizdagi asosiy faraz shundan 
iboratki, Agar: 
- farzandlar tarbiyasida oilaviy munolsabatlarni o‘rniga alohida e’tibor berish 
nuktai nazardan qaralsa, oiladagi ota ona munosabatlarining ijtimoiy xarakteri 
asosiy rol o‘ynaydi. Negaki “qush uyasida ko’rganini qiladi”- degan naql bekorga 
aytilmagan. 
-ota ona munosabatalaridagi ayrim salbiy xolatlar farzand tarbiyasiga ham salbiy 
ta’sir etishi mumkin, bunday holatlarda bolani psixologik zo‘riqishi kuchaishi va 
ularda turli kasalliklarga moyilliklar ortishi mumkin. 
-farzanddagi oilaviy ustanovkalar va tarbiya mezonlariga mos ijobiy yoki salbiy 
tasavvurlar shakllantirish, avvalo, shu oilada ustuvor hisoblangan munosabatlar 
xarakterining negiziga, ya’ni “Ota-ona – farzand” munosabatlari tizimidagi 
emotsional yaqinlikni shakllanishi va farzand tarbiyasiga ta’siri, oiladagi 
demokratiklilik yoki liberallilik tamoyiliga bog‘liq tarzda shakllanishi mumkin.
-Tarbiya jarayonida bolaning yoshga xos psixologik xususiyatlari o‘ziga 
xoslikka ega bo‘lib, ulardagi o‘zaro genderlik xususiyatining kamayishiga, nizoli 
vaziyatni idrok qilish darajasining pasayishiga zamin yaratishi va bunda ona 
shaxsining roli yetakchi bo‘lishi mumkin;



Bitiruv malaka ishining ilmiy yangiligi: 
o‘rganilayotgan muammoning ilmiy 
yangiligi shundaki, tarbiya masalasiga turli soha vakillari turlicha yondashish 
asosida tahlil qilib o‘rganib kelmoqdalar. Lekin oiladagi alohida ijtimoiy muxit va 
psixologik normalarning tarbiyaga ta’siri masalasi kam e’tiborga olingan 
muammodir..Ya’ni bu masala psixologik jihatdan kengroq o‘rganish va tadqiqot 
olib borishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan farzand tarbiyasidagi oilaning 
ijtimoiy psixologik xususiyatlari masalasidagi e’tibor beradigan jihatlari shundaki,
1. Oiladagi ijtimoiy normalarning psixologik jihatdan tarbiya jarayonida 
farzandlar tomonidan anglanilishi ta’minlash usullarini ishlab chiqilishi. 
2. Ijtimoiy normalarning buzilishi natijasida ijtimoiy sanksiyalar asosida 
tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor berishni shakllantirilishi. 
3. Axloqiy normalarning oiladagi a’zolar tomonidan idrok etilishi asosida 
tarbiyalanganlik ma’nosini kengroq, milliylik xususiyatlarini farzanda ongida 
shakllantirilishi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin