Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


Bitiruv malaka ishining ilmiy yangiligi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix07.02.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#123095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kaf

Bitiruv malaka ishining ilmiy yangiligi: o‘rganilayotgan muammoning ilmiy 
yangiligi shundaki, tarbiya masalasiga turli soha vakillari turlicha yondashish 
asosida tahlil qilib o‘rganib kelmoqdalar. Lekin oiladagi alohida ijtimoiy muxit va 
psixologik normalarning tarbiyaga ta’siri masalasi kam e’tiborga olingan 
muammodir..Ya’ni bu masala psixologik jihatdan kengroq o‘rganish va tadqiqot 
olib borishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan farzand tarbiyasidagi oilaning 
ijtimoiy psixologik xususiyatlari masalasidagi e’tibor beradigan jihatlari shundaki,
1. Oiladagi ijtimoiy normalarning psixologik jihatdan tarbiya jarayonida 
farzandlar tomonidan anglanilishi ta’minlash usullarini ishlab chiqilishi. 
2. Ijtimoiy normalarning buzilishi natijasida ijtimoiy sanksiyalar asosida 
tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor berishni shakllantirilishi. 
3. Axloqiy normalarning oiladagi a’zolar tomonidan idrok etilishi asosida 
tarbiyalanganlik ma’nosini kengroq, milliylik xususiyatlarini farzanda ongida 
shakllantirilishi. 
 Bitiruv malaka ishining metodologiyasi. Barkamol-ijodkor shaxsni 
shakllantirishning metodologiyasi bu kadrlar tayyorlash milliy modeli asosiy 
tushuncha va tamoyillarini talqin qilish, ularni amaliyotga tadbiq qilish 
jarayonlarini ilmiy o‘rganish, o‘zgartirish uslublari majmuasi, degan ta’rif paydo 
bo‘ladi. Bu bilan metodologiya tushunchasiga xos bo‘lib kelgan nazariylik 
amaliylik bilan bog‘lanadi. Shuningdek, 
Sharq mutafakkirlarining shaxsini 
shakllantirish haqidagi falsafiy ta’limotlari, axloqiy qarashlari, umuminsoniy va 
milliy qadriyatlar, pedagogika va psixologiya sohasidagi ilg‘or tajribalar, 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimov asarlari va shu asosida 
yaratilgan ko‘plab monografik tadqiqotlar metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Bundan tashqari tarbiya psixologiyasi muammosi yechimida ijtimoiy muhitni 
ahamiyatiga bag‘ishlangan (bu o‘rinda ijtimoiy institutlar ko‘zda tutiladi) qarorlari, 
farmon va farmoyishlar, me’yoriy xujjatlar ham ilmiy tadqiqot ishiga asosiy 
manbaa bo‘lib xizmat qildi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin