5-MAVZU IV GURUH ELЕMЕNTLARI Bu guruhcha titan (Titanium) Ti , sirkoniy (Zirconium) Zr, gafniy (Hafnium) Hf larni o‘z ichiga oladi.
Titan guruhchasi elementlarida metallik xususiyati kuchliroq bo‘ladi.
Titan guruhchasi elementlari atomlari tashqi qavatida ikkitadan, tashqaridan ikkinchi qavatda o‘ntadan elektron ushlaydiki, bularning ikkitasi d- sathchada joylashgan.
Shu sababli ham titan guruhchasida metallar uchun xarakterli oksidlanish darajasi +4 ga , kam hollarda +3 ga va +2 ga teng bo‘ladi. Sirkoniyda +1 ham bo‘ladi. Titan guruhchasi elementlari erkin holatda tipik metallar bo‘lib, ko‘rinishidan po‘latga o‘xshaydi. Bularning hammasi qiyin suyuqlanuvchi havo va suv ta’siriga berilmaydigan oq-kumush rang yaltiroq metallardir.
Bu gruppacha titan (Titanium) Ti, sirkoniy (Zicronium) Zr, gafniy (Hafnium) Hf va sun’iy ravishda olingan kurchatovoy (Kurchatovium (Ku) larni o’z ichiga oladi. To’rtinchi gruppa asosiy gruppachasi metallari bo’lgan qalay va qo’rg’oshinlarnikiga qaraganda titan gruppachasi elementlarida metallik xususiyatlari kuchliroq bo’ladi.
Titan Yunon ma’budlari nomidan olingan bo’lib, birinchi marta 1825 yilda Bersellius (Shvesiya) kaliy titanatni natriy bilan qaytarib olgan.
Titan gruppachasi elementlari atomlari tashqi qavatda ikkitadan, tashqaridan ikkinchi qavatda 10 tadan elektron ushlaydiki, bularning ikkitasi d-sathchada joylashadi. Shu sababli ham titan gruppachasida metallar uchun xarakterli oksidlanganlik darajasi +4 ga, kam hollarda +3 va +2 ga teng bo’ladi. Sirkoniyda +1 ham bo’ladi. Titan skandiydan keyingi ikkinchi d- element.
Titanni atom tuzilishi : 22Ti -1s22s22p63s23p64s23d2 Titan gruppachasi elementlari erkin holatda tipik metallar bo’lib, ko’rinishidan po’latga o’xshaydi. Bularning hammasi qiyin suyuqlanuvchi havo va suv tasiriga berilmaydigan oq-kumush rang yaltiroq metallardir.
Titanning tabiatda massa soni 46-50 bo’lgan beshta izotopi ma’lum. Asosiy minerallari: TiO2 tabiiy minerali bo’lib, 3 xil polimorf modifikatsiyada uchraydi. Rutil, anataz va brukit—TiO2, ilmenit-FeTiO3, titanomagnetit-Fe(Fe+3Ti)2O4, perovskit-CaTiO3, loparit-(Na, Ge,Ca)2x (Nb, Ta)2O6 va titanit-CaTiO(SiO4) lardir.
Titan uning rudasi ilmenit tarkibidan temir ajratib olingandan so’ng yoki konsentratlaridan dioksidiga o’tkazilib, keyin xlorlanadi va magniy bilan qaytarib hosil qilinadi. Magniy o’rnida ba’zan natriy ham qo’llaniladi.
Keyingi vaqtlarda titanni rafinirlash usuli keng rivojlanmoqda. Bu usul 1800C gacha volfram simida metallarni uchuvchan tetrayodidlarini termik dissosialanishiga asoslangan.
Sirkoniy, sirkon rudasini K2[SiF6] bilan qizdirib yoki xlorlab, keyin qaytarib olinadi. Mana shu usul bilan gafniy ham ajratiladi.
Titan kuchsiz (ammo konsentrlangan) organik kislotalar CCl3COOH HCOOH, (COOH)2, bilan ta’sirlashadi, ammo konsentrlangan sulfat va nitrat kislotalar titanga ta’sir etmaydi. HF, H2C2O4, H3PO4 kabi kuchsiz kislotalari barqaror akvakomplekslar hosil qilib, oksid pardani eritadi va metallning o’zi ham yaxshi ta’sirlashadi.
Qizdirilgan konsentrlangan sulfat kislotada sekin eriydi:
Hosil bo’lgan tuzga ishqoriy metallar sulfati ta’sir ettirilsa, qo’shaloq tuzlar hosil bo’ladi:
Titan kislotalar bilan ham ta’sirlashadi
Kislotalar aralashmasida (HNO3 + HCI, HNO3 +HF) biri oksidlovchi, biri ikkinchisi ligand manbai bo’lib quyidagicha reaksiyaga kirishadi.
Titan qizdirilganda kislorod (400-500ºC), azot (600ºC dan yuqori) va galoidlar (200ºC) bilan reaksiyaga kirishadi. Vodorod va atmosfera gazlarini yutadi.
Titan (IV)-gidroksid titan sulfatga ishqor ta’sir ettirib, iviq cho’kma holidagi amfoter xossasiga ega bo’lgan birikmasi olinadi:
Bu modda olov bardosh bo’lganligi uchun shishalar, emallar va oq moy bo’yog’i sifatida qo’llaniladi.
Titan (II)- oksid oltinsimon qizg’ish tusli kukun bo’lib, u hosil bo’lishiga qarab, (bertollidlar turkumiga) kiradi. TiO sulfat va xlorid kislotada eriganda titan (III)- tuzlari va vodorod ajraladi.
Titan kislotalari H2TiO3 yoki TiO(OH)2 holida bo’ladi. Suvda erimaydigan mahsulot, konsentrlangan sulfat kislotada sekin eriydi. Uning gidratlangan holati –ortotitan kislota H4TiO4 suyuq mimeral kislotalarda uy temperaturasida eriydi.
Sirkoniy H2O, HCl, HNO3, H3PO4 va ishqorlar ta’siriga chidamli. Kislorod galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi, vodorod va azotni yutadi. Qizdirilganda HF eritmasi, konsentrlangan H2SO4 va zar suvi bilan reaksiyaga kirishadi. Gafniy kimyoviy xossalari bo’yicha sirkoniyga yaqin turadi, kurchatoviy va gafniy analogidir.
Titan gruppachasi elementlari antikorrozion materiallari tayyorlashda, yadro reaktorlarida, qotishmalar tayyorlashda, raketasozlik, kemasozlik, kimyoviy apparatlar ishlab chiqarish kabi va boshqa sohalarda keng qo’llaniladi.
Sirkoniy dioksidi ZrO2-kimyoviy reagentlar ta’siriga berilmovchi va termik kengayish koeffisenti o’ta kichik bo’lgan birikma. Keramik va o’tga chidamli buyumlar, emallar, maxsus shisha glazur, lazer materiallari va qimmatbaho toshlar bo’lgan fianitlar olishda qo’llaniladi. Qattiq holdagi elektrolit sifatida xizmat qiladi.
Gafniy dioksidi HfO2-2780ºC da eruvchi va 5400ºC da qaynaydigan birikma. HF va H2SO4 da eriydi. Yadro reaktorlarida boshqaruvchi sterjen, himoya ekranlari, maxsus shisha va o’tga chidamli buyumlar tayyorlashda qo’llaniladi. Sirkoniy gidroksidlari kristall yoki gelsimon moddalar bo’lib, o’zgaruvchan tarkibli bo’ladi:
Bular ZrO2 va toza sirkoniy olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Metatitanat kislota H2TiO2va ortotitanat kislota H4TiO4 ning tuzlari titanatlar deb nomlanadi. Ishqoriy metallar titanatlari 800-1000ºC atrofida eriydi, suv bilan gidrolizlanadi. Ikki valentli elementlar titanatlar yanada qiyinroq eriydi, suvda erimaydi va faqat konsentrlangan kislotalardagina parchalanadi.
Titan, sirkoniy va gafniy galogenlarida +2,+3 va +4 ga teng bo’lgan oksidlanganlik darajasini namoyon qiladi. MeG4 holatlarida barqaror bo’ladi. Digalogenidlari beqaror bo’lib, qaytaruvchilik xususiyatiga ega. Galogenidlar tutun shashkalari, Sigler-Natta katalizatorlari komponenti, maxsus shishalar tayyorlashda va payvandlash ishlarida flyus sifatida qo’llaniladi.