Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə24/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Zr-sirkoniy. Sirkoniy elementini 1789 yilda nems kimyogari M.Klaprot Seylondan keltirilgan qimmatbaho tosh sirkonni analiz qilishda kashf etgan. Klaprot yangi elementni “tuproq” shaklidagi oksid ZrO2 holida olgan .Metall sirkoniyni ko’p miqdordagi qo’shilmalar bilan 1824 yilda Y.Bertsellius birinchi bo’lib olgan .Tozasi esa 90 yildan keyin olindi. Toza sirkoniy yaltiroq, po’latga o’xshash sirkoniy atomi tashqi elerktron qavatida faqat ikkita elektronga ega bo`lib, elektronlar biriktira olmaydi. Uning birikmalarida manfiy valentlikka ega bo`lgani uchramaydi. Birikmalarida asosan to`rt valentli bo`ladi.

Sirkoniy toshlari
Tabiatda uchrashi: Sirkoniy yer qa’rida 0,025% (og`.) miqdorida uchraydi.
Erkin holdagi sirkoniy qattiq yaltiroq metall, zichligi 6,52 g/sm3, 1852o C da eriydi. Sirkoniyning asosiy qismi metallurgiyada ishlatiladi. U po`latga qo`shilganda qotishmaning mustahkamligi ortadi, isiqqa chidamli bo`ladi. Qotishma plastik xususiyatga ega, issiq neytronlarni ushlab qolmaydi, shu bois yaxshi konstuksion material hisoblanadi.
Sirkoniy misga qo`shiladi. Magnitga qo`shilganda pishiqligi ortadi, bu holat 200o C haroratda ham o`zgarmaydi. Alyuminiy qotishmalariga ozroq qo`shilgan sirkoniy ularning sifatini yaxshilaydi. Unga suv ta’sir etmaydi. Havoda himoya parda ZrO2 bilan qoplanadi.Bu parda uni keyingi korroziyalanishidan saqlaydi. U ishqorlarda , xlorid va nitrat kislotalarda erimaydi. Yuqori temperaturada sirkoniy galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi.
Sirkoniy siyrak elementlardan bo’lamasa ham (yer qobig’ining 1,7∙ 10-2% ini tashkil etadi.) minerallarining yirik konlari yo’q , u tarqoq holda uchraydi.Sirkoniyning asosiy minerallariga ; sirkon, baddeleit kiradi.Tiniq, chiroyli, sarg’ish qizil rangli sirkon kristallariga giatsintlar deyiladi. Bular kimyoviy qimmatbaho toshlardir.
Sirkoniy tabiatda gafniy bilan aralashgan holda uchraydi.Sirkoniy boshqa metallarga legirlovchi qo’shilma sifatida ishlatiladi. Sirkoniy atomi tashqi elerktron qavatida faqat ikkita elektronga ega bo`lib, elektronlar biriktira olmaydi. Uning birikmalarida manfiy valentlikka ega bo`lgani uchramaydi. Birikmalarida asosan to`rt valentli bo`ladi.Sirkoniy yer qa’rida 0,025% (og`.) miqdorida uchraydi.
Erkin holdagi sirkoniy qattiq yaltiroq metall, zichligi 6,52 g/sm3, 1852o C da eriydi. Sirkoniyning asosiy qismi metallurgiyada ishlatiladi. U po`latga qo`shilganda qotishmaning mustahkamligi ortadi, isiqqa chidamli bo`ladi. Qotishma plastik xususiyatga ega, issiq neytronlarni ushlab qolmaydi, shu bois yaxshi konstuksion material hisoblanadi.
Sirkoniy misga qo`shiladi. Magnitga qo`shilganda pishiqligi ortadi, bu holat 200o C haroratda ham o`zgarmaydi. Alyumin qotishmalariga ozroq qo`shilgan sirkoniy ularning sifatini yaxshilaydi.
Gafniy (lat. Hafnium) – Mendeleev davriy sistemasining IV gruppasida VI davrida joylashgan. Uning nisbiy atom massasi 178,49, yadro zaryadi esa + 72 ga teng .
Kashf qilinishi: Yangi elementni kashf etgan mualliflar – golland fizik – spektroskopi D. Koster va Venger kimyogari D. Xeveshi bu elementni Daniyaning poytaxti Kopengagen (qadimgi nomi Gafniya ) sharafiga gafniy deb atadilar. Ular 1922 yilning dekabrida sirkoniy minerali - sirkonda gafniy borligini aniqladilar .
Gafniy yer qobig’ida anchagina ko’p – massa jihatidan 3,2 ∙ 10-4% bo’lsa ham , u o’z minerallarini hosil qilmaydi va shu sababli tarqoq elementlar qatoriga kiritilgan . Tabiatda gafniy doimo sirkoniy bilan birga uchraydi . Sirkoniy bilan gafniyni bir biridan ajratish hozirda ham qiyin muammolardan hisoblanadi .
Gafninyning kechroq kashf etilishining sababi ham oz miqdordagi gafniyni ko’p miqdordagi sirkoniy orasida bilinmay ketishidir. Retgenospektral analiz sirkoniy minerallarida bu elementning borligini aniqlashga imkon berdi .
Kumushsimon oq gafniy tashqi ko’rinishidan po’latga o’xshaydi, u plastik va qiyin suyuqlanadi. Gafniy kislota va ishqorlar ta’siriga chidamlidir. U havoda qiyin suyuqlanadigan (3000 C atrofida) HfO parda bilan oplanadi.Gafniy yuqori haroratda galogenlar, azot, uglerod, kislorod, oltingugurt va boshqa metallmaslar bilan o’zaro reaksiyaga kirishadi .
Hozirgi kunda gafniy atom texnikasida, elektron lampalar tayyorlashda ishlatiladi . U maxsus issiqbardosh qotishmalar tarkibiga ham kiradi .



Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin