Anorganik kimyo


-MAVZU V GURUH ELЕMЕNTLARI



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə25/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

6-MAVZU
V GURUH ELЕMЕNTLARI
Bu gruhga vanadiy (Vanadium)V, niobiy (Niobium) Nb va tantal (Tantalum) Ta kiradi. Atomlarining tashqi elektron qavatlarida ikkita yoki bitta elektron saqlagan holda ular asosiy gruppacha elementlaridan metallik xossalari yuqoriligi hamda vodorodli birikmalari yo’qligi bilan farqlanadi.
Vanadiy gruppachasi elementlari o’z birikmalarini qo’shimcha +5 ga teng oksidlanganlik darajasini nomoyon qilishadi.
Tabiatda bu elementlar – patronit VS2, karnotit K2(UO2)2 (VO4)2∙3H2O, roskoelit KV2(AlSi3O10)(OH)2, kolumbit-tantalit (Ca,Na)∙(Nb,Ta)2O6, feroxlor (Fe,Mn)(Nb,Ta)2O6, loparit (Na,Ge,Ca)2(Ti,Nb,Ta)va mikrolit (Na,Ca)2(Ta,Ti)2O6 (F,OH) kabi minerallar tarkibida uchraydi.
Vanadiy shu element bo’lgan shlaklardan, niobiy va tantal esa oksidlarini uglerod bilan qaytarib yoki elektroliz qilib olinadi. Erkin holdagi vanadiy, niobiy va tantal kimyoviy reagentlar ta’siriga uncha berilmaydi. Erish temperaturalari yuqoriligi sababli ular qiyin eruvchan metallar hisoblanadi.
Vanadiy: Atom nomeri 23, atom massasi 50,9414. Tabiatda 2 barqaror izotopi 50V va 51V ma’lum. 1869-yili G.E.Rosko tomonidan olingan. Yer po’stlog’idagi massasi bo’yicha miqdori 0,015% ni tashkil etadi.
Vanadiy tarkibida vanadiy bo’lgan temir va polimetall rudalardan olinadi. Odatda, rudalarda vanadiyning temir bilan qotishmasi bo’lgan ferrovanadiy yoki vanadiy angidridi V2O5 holida olinadi. Toza vanadiy metalini V2O5 yoki VCl3 larni qaytarib yoki VCl3 ni termik dissotsiyalab hosil qilinadi.
Toza holda vanadiy kumush kulrang plastik metall, 19000C da eriydi. Suv, dengiz suvi, ishqorlar eritmalari unga ta’sir qilmaydi. Tuz va suyultirilgan kislotalar eritmalari (HCl, HNiO3 va H2SO4 ) ga ham befarqdir. 3000C dan yuqorida vanadiy havo kislorodi, galogenlar vodorod bilan, 7000C dan yuqorida esa azot va uglerod bilan reaksiyaga kirishadi. Vanadiy ftorid kislota, nitrat kislota va zar suvida eriydi. U o’z birikmalarida ikki, uch va besh valentli bo’ladi.
Vanadiyning VO, V2O3, VO2 va V2O5 kabi oksidlari ma’lum. Yuqori oksidi bo’lgan V2O5 kislotali xarakterga ega. Dioksidi VO2 esa amfoterdir. Quyi oksidlari bo’lgan VO va V2O3 lar asos xossalariga ega. Oksidlari orasida V2O5 va uning hosilalari ahamiyat kasb etadi.
Vanadiy (V-oksidi yoki vanadat angidrid V2O5 to’q sariq rangli ishqorlarda erib, metavanadat kislotasi (HVO3) ni hosil qiladi.
Vanadat angidrid sulfat kislota olish prossesida katalizator sifatida, maxsus shishalar, glazur va lyuminoforlar tayyorlashda qo’laniladi.
Vanadiy gidroksid V(OH)3 yashil rangli iviq cho’kma holida bo’ladi. Qizdirganda oksidga o’tadi. Tuzlaridan vanadiy sulfat V2((SO4)3 sariq rangli kukun bo’lib, suvda erimaydi, ishqoriy metallar sulfatlari bilan qo’sh tuzlar hosil qiladi.
Umuman uch valentli vanadiy birikmalari tez oksidlanuvchi moddalardan hisoblanadi.


Vanadiy galogenlar bilan qator tuzlar hosil qiladi. Bularga VCl2,VCl3,VCl4, VF3 misol bo’la oladi. Suyuq yoki kristallar bo’lib, elementlaridan yoki hosilalaridan olinadi. Vanadiy oksitrixlorit VOCl3 sariq suyuqlik bo’lib, -780C da qotadi, 126,70C da qaynaydi. Benzolda, petroliy efiri, aseton, spirt, sirka angidridda eriydi, suvda gidrolizlanadi. Vanadiy oksitroxlorit (vanadiy xloroksidi) epitaksial plyonkalar tayyorlashda qo’llaniladi.
Metavanadat kislota HVO3 tuzlari vanadatlar nomi bilan ma’lum. Pirovanadat, metavanadat va ortovanadatlar hosil bo’lishi eritmadagi vodorod ko’rsatkichiga bog’liq bo’ladi. Eritmada vodorod ionlari oshganda (pH kamayganda) vanadatlar polimerlanishi va kondetslanishi natijasida ularning tarkibi murakkablashadi.
Vanadatlar kuchli ishqoriy muhitga vodorod peroksidi bilan reaksiyaga kirishib peroksovanadatlar hosil qiladi.
Vanadiy quyi oksidlari kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Bular vanadillar nomi bilan ma’lum bo’lib, vakillari sifatida vanadil sulfat VOSO4, vanadil xlorid VOCl2 larni ko’rsatish umkin.

Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin