Niobiy va tantal. Niobiyning atom nomeri 41, atom massasi 92,9064. Uning yagona tabiiy izotopi 93Nb ma’lum. Niobiy yer qobig’ida massasi bo’yicha 2.10-3% ni tashkil etadi. Tantalning atom nomeri 73 atom massasi 180,948. tabiatda ikki izotopi-biri barqaror 181 Ta va ikkinchisi radioaktiv 180Ta bor. Keyingi izotopning yarim yemirilishi davri 1012 yildan ortiqroqdir. Tantalning yer qobig’idagi massasi bo’yicha miqdori 2.10-4 ni tashkil qiladi.
Niobiy 1801 yilda Ch.Xatchet, tantalni esa bir yildan keyin A.G.Ekeberg tomonidan ochilgan. Ammo toza niobiy 1903 yili, toza tantal esa 1907 yili olindi. Bu elementlar tabiatda kolumbittantalit gruppachasidagi (Fe,Mn) (Nb, Ta)2O6, piroxlor, (Ca, Na) (Nb,Ta-Ti)2O6 (OH,F), loparit (Na,Ce,Ca)2 (Ti,Nb,Ta)O3 minerallar tarkibida uchraydi.
Niobiy va tantal oksidlaridan yuqori temperatuada qaytarish yoki elektroliz yo’li bilan olinadi. Bu borada metallarning kompleks ftoridlaridan ham xomashyo sifatida foydalanish mumkin.
Niobiy bilan tantal xossalari jihatdan vanadiyga o’xshash bo’ladi. Niobiy va tantal atom va ion radiuslarining bir xilligi ular xossalarining ham o’zaro yaqinligidan darak beradi. Bu ular ikkala element kulrang plastik metall bo’lib, yuqori temperaturada suyuqlanadi. Mexanik xossalari ularning tozaligi bilan bog’liq bo’ladi. Vodorod, azot va kislorod kabi aralashmada bu metallarning mo’rtligini oshirib boradi.
Niobiy bilan tantal agressiv muhit ta’siriga berilmaydi. Ularga HCl, H2SO4, HClO4 va zar suvi ta’sir qilmaydi. Metallar yuzasida hosil bo’luvchi o’ta pishiq va kimyoviy mustahkam yupqa oksid plyonkalar ularni himoya qiladi. Shu sababdan shu oksid plyonka (Ti2O5) bilan reaksiyaga kirisha oluvchi yoki uning orasidan o’ta oluvchi birikmalargina tantalga ta’sir ko’rsata oladi. Bunday reagentlarga ftor, vodorod ftorid va ftorid kislota kiradi.
Niobiy va tantalning oksidlanganlik darajasi asosan +5 ga teng, bazan +1 dan +4 gacha boradi. Har ikkala element yuqori temperaturada kislorod, azot, uglerod va galoidlar bilan reaksiyaga kirishadi. Niobiy va tantalning yuqori oksidlari Nb2O5 va Ta2O5 kislota xarakteriga ega. Ishqorlar bilan qizdirilganda niobat va tantalatlar hosil bo’ladi. Ushbu oksidlar suvda erimaydi. Ular qotishmalar tayyorlashda yarim xomashyo, o’tga chidamli buyumlar, kermetlar, IK-nurlarini o’tkazmaydigan yuqori sindirish koeffisientiga ega bo’lgan shishalar komponenti sifatida qo’llaniladi.
Niobiy tantal galoidlari ularning oksidlariga SOCl2, SCl4 va S2Cl2 lar bilan ta’sir ettirib olinadi. Olingan galoidlar qisman gidrolizlanganda oksigaloidlar hosil bo’ladi (masalan, NbOCl3). Galoidli birikmalarida NbJ5, NbCl5, NbF5, TaCl5, TaF5 va qator kompleks birikmalari- Na[NbF6], K2[NbF7], K2[NbOF5]·H2O, Na[TaF6], K2[TaF7], Na3[TaF8] hamda boshqalar ma’lum. Bular metallarni qoplashda va toza metallar olishda ishlatiladi.
Niobiy va tantalning NbS2, NbS4, NbN, NbC, NbGe, NbSi2, NbGa, TaS2, TaSi2, TaB2, TaC, TaN kabi va boshqa birikmalari ma’lum. Bular yuqori issiqlik tas’iriga chidamli qotishmalar, o’ta sezuvchan barometrlar tayyorlashda, televizor trubkalari uzatuvchi nishonlari ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda qo’llaniladi.
Niobiy va tantal hamda ularning birikmalaridan yana elektrotexnikada, mashinasozlikda, yadro enenrgetikasida, yuqori temperaturali pechlarda, sun’iy tolalar sanoatida va medisinada foydalaniladi.