Birikmalari: Osmiy (VIII)-oksid OsO4-bu elementning barcha oksidlari ichida eng barqaroridir, osmiy havoda saqlagandayoq sekin-asta OsO4 hosil bo’ladi.Bu oksid oson suyuqlanuvchan (suyuqlanish temperaturasi 400 ga teng), och sariq tusli kristallik moddadir.Osmiy (VIII)-oksid bug’i o’tkir hidga ega bo’lib nihoyatda zaharli.
Osmiy (VIII)-oksid suvda ancha yaxshi eriydi, shu bilan birga, uning eritmasiga lakmus tushirilsa, kislotali reaksiya namoyon bo’lmaydi.Ammo L.A.Chugayev jahonda birinchi bo’lib (1918 yilda), osmiy (VIII)-oksid kuchli ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, beqaroq kompleks birikmalar hosil qilishini topdi. Osmiy (VIII)-oksidda kuchli oksidlash xossalari bo’lganligi uchun, u organik moddalar bilan shiddatli suratda reaksiyaga kirishib, o’zi qora tusli osmiy (IV)-oksid OsO2 gacha qaytariladi.
O sO4 ning mikroskopik preparatlarni bo’yash uchun ishlatilishi ana shunga asoslangan.
OsS2-to’q-qoramtir tusli kristall, suvda, ishqorlar kuchsiz va konsentratlangan kislota (HNO3, H2O2, HClO4) larda erimaydi, zar suvida parchalanadi. Organik moddalarni sintez qilishda ishlatiladi.
OsCl4—qizg’ish-qoramtir tusli kristall, gigroskopik, suv va vodorod xloridda gidrolizlanib, kompleks birikmalar hosil qiladi, organik erituvchilarda erimaydi.
OsCl4+2H2O=OsO2+2H2[OsCl4]
OsO2 — jigarrang-qoramtir tusli modda. Osmiy metalini NO bilan yoki OsO4 ni qizdirib hosil qilinadi. OsO2 qizdirilganda OsO4 va O2 hosil qilib disproporsiyalanadi.
OsO4 — rangsiz uchuvchan kristall, o’tkir hidga ega, juda zaharli modda. Organik moddalar ta’sirida oson qaytariladi. Bu oksid kislotalarda oz miqdorda eriydi, kuchli oksidlovchi, ishqorlarda erib [OsO4(OH2)3]-2tarkibli ionlar hosil
qiladi:
OsO4 + 2NaOH = Na2 [OsO4 (OH)2]