Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə45/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Hassiy –belgisi – Hs. Xassiy VIII guruh kimyoviy elemehti, tartib raqami 108, atom massasi 269, lotincha Hassias (Гессин), nemis yeri nomidan olingan. Radioaktiv modda. 298 K(250C) da qattiq holatda bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi kumushrang-oq va kulrang.
Hassiy – sun’iy sintezlangan element, kimyoviy element yoki birikma holiday tabiatda uchramaydi. Sanoatda va boshqa sohalarda hozircha umuman ishlatilmaydi.
1984 yilda tajriba markazida qattiq ionlarni o‘rganish chog‘ida kashf etilgan.
Hassiyning quyidagi izotoplari mavjud: 263Hs(T½=1c), 264Hs (T½=0,0008c), 265Hs(T½=0,0018c), 266Hs, 267Hs(T½=0,033c), 268Hs, 269Hs(T½=9,3c).


Nazorat savollari:
KEYS
Qadimda rasmlar chizilgan buyumlarni yangilash marosimlari o‘tkazilar edi. Ma’lumki, o‘sha davrdagi ko‘p rasmlar moy bo‘yoqlar bilan chizilgan va uzoq turishi natijasida xiralashib chirk bosib qolgan.
Shunday paytlarda cherkovdagi butlar yoki metalldan yasalgan xochlarni ,,mo‘jizakor“ suyuqlik bilan artganlar. Buni qarangki, xoch yana asl holiga qaytib ,,yangilanib“ qoladi.
Keys topshirig’i:
1-topshiriq: Rassomlar qaysi bo’yoqlardan foydalanadi?
2-topshiriq: Moybo’yoq tarkibi nimadan tashkil qopgan?
3-topshiriq: Mo’jizakor suyuqlik qanday tayyorlanadi?
Keys yechimi:
Rassomlar CdS, BaSO4, ZnSO4 aralashmasi kabo bo’yoqlardan foydalanadi. Ma’lumki, moybo‘yoq bilan chizilgan rasmlardagi bo‘yoq tarkibida qo‘rg‘oshin birikmalari bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin birikmalari havodagi juda oz miqdordagi vodorod sulfid ta’sirida qo‘rg‘oshin sulfidini hosil qilishi natijasida qorayib qoladi.
Hosil bo‘lgan qora rangli PbS ni oqartirish uchun, ya’ni butni ,,yangilash“ uchun butdagi qoraygan bo‘yoqni vodorod peroksid H2O2 eritmasi bilan yuvganlar. Vodorod peroksid kuchli oksidlovchi bo‘lib, o‘zidan oson atomar kislorod ajratib chiqaradi. Atomar kislorod but sirtidagi chirk (PbS) ni oksidlab, butning haqiqiy bo‘yog‘ini ochadi. Bu reaksiyaning kimyoviy tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
4H2O2 = 4H2O + 4[O1
4 [O] + PbS = PbSO4
PbS + 4H2O2 = PbSO4 + 4H2O
Misdan yasalgan butlarni ,,yangilash“ yoki ularni ,,kumush“ ga aylantirish mo'jizasi sirini oddiy o‘rin olish reaksiyasi, ya’ni mis tangani ,,kumushlantirish“ tajribasi orqali ochish mumkin.
10-MAVZU

Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin