Anorganik kimyo


Uch valentli temir birikmalari



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə38/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Uch valentli temir birikmalari.
1. Fe2O3 – qizg’ish qo’ngir tusli modda; u tabiatda uchraydi va qizil temirtosh deb ataladi. Fe(III) - oksid quyidagicha olinadi:
2Fe(OH)3 → Fe2O3+H2O
Fe2O3 kuchsiz asos xosalarini namoyon qiladi, shu bilan birga kislotalik xossalarni ham namoyon qiladi.
Masalan, Fe2O3 sadacha yoki potashga qo’shib suyultirilsa ferritlar degan tuzlar hosil bo'ladi; bu tuzlar xromatlarga yoki alyuminatlarga o'xshagan bo'lib, metaferrit kislota HFeO2 ning hosilalaridir.
Fe2O3 + Na2CO3 = 2NaFe2O2 + CO2.
Issiq suv ferritlarini butunlay gidrolizlab, Fe(III) gidrooksid va tegishli tuzni hosil qiladi:
FeCl3 + 3NaOH = Fe(OH)3 + 3NaCl
2. Fe2O3 ga to’g’ri keladigan gidroksid Fe(OH)3 dir.
Uch valentli temir tuzlari eritmasiga ammiak yoki ishqor ta'sir ettirilsa, qizilqo’ngir Fe(OH)3 cho’kmasi hosil bo'ladi, bu cho’kma ortib qolgan ishqorda erimaydi.
FeCl3 + 3NaOH = Fe(OH)3 + 3NaCl
Fe(OH)3 temir (II) - gidroksidga qaraganda ancha kuchsiz asosdir. Uning kuchsiz asos ekanligi tuzlarining kuchli darajada gidrolizlanishida, Fe(OH)3 ning esa kuchsiz kislotalar bilan (H2CO3, H2S) mutlaqo tuz hosil qilmasligida ifodalanadi.
Fe(OH)3 qattiq qizdirilganda suvni yuqotib Fe2O3 aylanadi:
2Fe(OH)3 → Fe2O3 + 3H2O.
3. Uch valentli temir tuzlari
Uch valentli temir tuzi ichida eng ko’p ishlatiladigani Fe(III) xloriddir. Suvsiz temir (III) xlorid qizdirilgan temir ustidan ular o’tkazilganda to'q yashil tangachalar holida hosil bo'ladi: 2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3 Odatda temir (III) xlorid tarkibi FeCl3∙H2O bo'lgan va oson yoyilib ketadigan to’q sariq kristall moddadir.

Sun’iy qon hosil qilishda KSCN va FeCl3 reaksiyasida radonid ioniga sifat reaksiyani beradi.


4. Fe3+ ham kompleks birikma hosil qiladi, masalan K3[Fe(CN)6] - kaliy geksasianoferrat (III), qizil qon tuzi. Bu tuzni eritmadan turnbul ko’ki holida cho’ktirib olib bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi:


3FeCl2 + 2K3[Fe(CN)6] = Fe3[Fe(CN)6]2 + 12KCl
turnbul ko’ki
Va turnbul ko’ki holida cho’ktirib olib bo’yoqlar tayyorlashda ishlatiladi:
4FeCl3 + 3K4[Fe(CN)6] = Fe4[Fe(CN)6]3 + 12KCl
berlin lazeri
3FeCl2 + 2K3[Fe(CN)6] = Fe3[Fe(CN)6]2 + 12KCl
turnbul ko’ki

Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin