H2O C H2 CO
Тabiiy gazni bu jarayonga qo‘shish bilan koks sarfi 10–20 % ga kamaytiriladi.
Po‘lat olish. Тo‘yingan cho‘yandan po‘lat olish konvertor, marten pechlari yoki elektr pechlarida amalga oshiriladi.
Bekobod metallurgiya zavodida marten usulidan foydalaniladi. Po‘lat olish jarayonining mohiyati cho‘yan tarkibidagi uglerod, oltingugurt, fosfor, kremniy va boshqa qo‘shimchalarni kuydirib chiqarib yuborishdan iborat. Uglerodning miqdori qancha kamaytirilsa, po‘latning qattiqligi shunchalik kamayib boradi. Kislorod manbai havo va ruda yoki metallolom shaklida maxsus qo‘shiladigan temir oksidlaridan foydalaniladi. Dastlab, temir qisman oksidlanadi, so‘ngra FeO kremniy, marganes, fosfor va uglerodni oksidlaydi:
2Fe O2 2FeO Q
5FeO 2P 5Fe P2O5 Q
2FeO Si 2Fe SiO2 Q
FeO Mn Fe MnO Q
FeO C Fe CO Q
Po‘latning xossalari. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra po‘lat uglerodli va legirlangan po‘latlarga bo‘linadi. Legirlangan po‘latlar tayyorlashda po‘latning xossalarini kuchli tarzda o‘zgartirish xususiyatiga ega bo‘lgan turli legirlovchi qo‘shimchalar: xrom, nikel, titan, molibden, vanadiy, volfram va boshqalar qo‘shiladi.
Hamma po‘latlar umumiy bo‘lgan mustahkamlik va plastiklik xususiyatlariga ega. ularni bolg‘alash, yoyish, shtamplash, sim qilib cho‘zish mumkin. Po‘latlar texnikada ishlatilish sohalariga qarab, konstruksion, asbob-uskunabop va alohida xossali turlarga bo‘linadi.
Konstruksion po‘latlar yuqori darajada mustahkamlikka va plastiklikka ega bo‘lib, ularga bosim ostida ishlov berish, ularni kesish, payvandlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ulardan mashina qismlari, konstruksiyalar va binolar qurishda foydalaniladi.
Asbob-uskunabop po‘latlar yuqori darajada mustahkamlikka va qattiqlikka ega, yeyilishga chidamli bo‘ladi. Ularni kesuvchi va o‘lchov asboblari, shtamplar tayyorlashda ishlatiladi. Ularning alohida guruhini tez kesuvchi po‘latlar tashkil etib, ular katta tezlikda kesish jarayonida ham (600-700°C) kesish xususiyatlarini saqlab qoladi.