Alohida xossali po‘latlar (zanglamaydigan, yuqori haroratga chidamli, magnit xossali va b.q.) yuqori haroratlarda ham atmosferada, kislotalar eritmalarida va boshqa korrozion muhitlarda korroziyaga chidamli bo‘lib, ulardan gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar, raketa qurilmalari, magnit qurilmalari tayyorlanadi.
Ru-ruteniy Kashf qilinishi: XX asrning 20 yillarida Uralda platina birikmasi topildi. Uni Yurievskiy universiteti professori Ozann tekshirdi va unda yangi uchta element borligini aniqladi. Ulardan birini Rossiyaning Ruteniy shahri sharafiga Ruteniy deb atadi. Undan keyin shved kimyogari Bersellius aniqladi.
K imyoviy xossasi: Toza ruteniy – tashqi ko’rinishidan temirga o’xshaydi, qattiq, yuqori temperaturada suyuqlanadi, podsho arog’ida qiyin eriydi, kuchli katalizatorlik vazifasini bajaradi.
Ruteniydan termoparalar olishda, katalizatorlar olishda, zargarlik buyumlari olishda foydalaniladi.
U sakkiz valentli birikmalar hosil qiladi. Bular ruteniy oksidini misol qilib ko`rsatish mumkin. U xossalari bo`yicha osmiy oksidiga o`xshaydi. O`zi sarg`ish-oltinrang kristall, 25,5o C da eriydi, suvda eriydi. Lekin osmiy oksidiga qaraganda bir muncha beqarorroq hisoblanadi. 108oC da portlash bilan Ru2O va kislorodga parchalanadi.
Birikmalari: RuO2 – ko’kish qoramtir tusli kristall modda, ruteniyga yuqori temperaturada kislorod ta’sir ettirib, yoki RuS2 va RuCl3 ni oksidlab hosil qilinadi. Ruteniy (IV)- oksid 700 °C da o’zidan kislorod ajratib parchalanadi.
RuO4 — och sariq tusli, uchuvchan kristall, juda zaharli, o’tkir hidli modda. Bu oksid ruteniy tuzlariga kislotali muhitda kuchli oksidlovchilar (HJO4, KMnO4 ,KBrO3) ta’sir ettirib hosil qilinadi. RuO4 - CC14va suyultirilgan H2SO4 da yaxshi eriydi, 180 °C dan yuqori temperaturada qizdirilganda kuchli portlash hosil qilib RuO2 va O2ga parchalanadi, ishqorlarda quyidagi reaksiya asosida eriydi:
4RuO4+4NaOH=4NaRuO4+O2+2H2O
4NaRuO4+4NaOH=4Na2RuO4+O2+2H2O