Biologik ahamiyati: Temir odam hayoti uchun zarur bo’lgan element.Odam qoni tarkibidagi gemoglabin , temir hisobiga qizil rangga kiradi. Voyaga etgan odam organizmida 3 g temir bo’ladi. Gemoglabinning 75 % ini temir tashkil etadi.Temir organizmda hujayralarga kislorod tashib, karbonat angidridni chiqib ketishini ta’minlaydi. Jigar va taloq temirga boy.
J uda ko`p gemoglabinsiz tirik organizmlar mavjud, lekin ular tarkibida ham temir bo`ladi. Temir protoplazmada bo`lib, u ichki to`qimadagi nafas olish uchun zarur hisoblanadi.
Sun’iy ravishda temir berilmagan barglar rangsiz bo`lib, u temirli suv bilan ozuqlansa darrov yashil rangga ega bo`ladi.Hatto rangsiz barcha temir tuzlari eritmasi purkalsa, tomchi tekkan joylar yashil rangga kiradi.
Q adimdan temir tibbiyotda kamqonlik, darmonsizlanish kasalliklarini davolashda foydalanilgan. Ibtidoiy odamlar ishlatgan buyumlar samodan tushgan temir metorit bo`lgan. Ko`p asrlar o`tishi bilan odam rudadan temirni ajratib olishni o`rgangan.
Ishlatilishi: Tеmirdan cho‘yan, po‘lat, tunuka tayyorlanadi. Maxsus yo‘llar bilan tayyorlangan toza tеmir zanglamasligi va kislotalar ta’siriga bardosh bеrishi yaqinda ma’lum bo‘lgan. Tеmir suyultirilgan kislotalardan vodorodni haydaydi. Konsеntrlangan HNO3 tеmirni passivlashtiradi, ishqorlar tеmirga ta’sir etmaydi. Tabiatda tеmir kеng tarqalgan, mеtallar orasida alyuminiydan kеyin ikkinchi o‘rinda turadi. Tеmir rudalardan uglеrodning turli qotishmalari cho‘yan (domna jarayoni bilan) va po‘latlar (martеn, konvеrtеr, elеktr yordamida eritish jarayonlari bilan) ko‘rinishida olinadi.
Temir qurilish materiallari sifatida juda ko’p ishlatiladi. Temir astronomiyada yulduzlarni tekshirishda ishlatiladi. Temir metallurgiyada, mashinasozlikda, Eyfel minorasi qurilishida, aviatsiyada va boshqa joylarda ishlatiladi.
Cho‘yan-tarkibida 2,14 % dan ko‘p uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasi
Po‘lat-tarkibida 2,14 % dan kam uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasi
Quyma cho‘yan kulrang bo‘lib, undagi uglerod grafit shaklida mavjud bo‘ladi. Undan trubalar, o‘zaklar, ko‘priklar uchun panjaralar, mashina qismlari, kimyoviy uskunalar tayyorlanadi.
Тo‘yingan cho‘yan oq rangli bo‘lib, undagi uglerod temir karbidi shaklida bo‘ladi. Undan po‘lat olishda foydalaniladi.