Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə42/97
tarix09.12.2023
ölçüsü7,33 Mb.
#138638
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   97
Fodalanish uchun Adabiyot

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlar haqida ma’lumot bering?

  2. Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlarini qanday turlarini bilasiz?

  3. Pnevmatik silfonl ijro etuvchi mexnizmlar haqida ma’lumot bering?

  4. Silfon nima va u qaerlarda ishlatiladi?

Mavzu: Gidravlik ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash
Reja:

  1. Gidravlik porshenli ijro mexanizmlari hisoblash

  2. Ilgarilanma harakat gidrosilindrlarni hisoblash

  3. Aylanma harakat gidrosilindrlarini hisoblash



Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi, gidravlik ijro mexanizmi, zatvor, shtok, gidravlik porshenli ijro mexanizmlari, gidrosilindr, ilgarilanma harakat gidrosilindr, aylanma harakat gidrosilindr, krivoship, shatun, aylanma harakat ijro mexanizmi, silfon.


Gidravlik porshenli ijro mexanizmlari hisoblash
Gidravlik va pnevmatik ijro mexanizmlari harakatlanish prinsipi (tamoyili) va konstrukiv rasmiylashtirilishi bo‘yicha jiddiy (muhim) farqga ega emas. Biroq ishlash muhiti (suyuq va gaz holatdagi)ning turli xossalari sababli alohida qismlar bir qancha konstruktiv o‘ziga xosliklarga ega. Ishlash muhitidan kelib chiqib yuritmalarning detallari (korpus, porshnen, shtok, diafragma va boshqalar) uchun material tanlanadi, shuningdek, zich harakatlanuvchi detallar konstrkuktiv rasmiylashtiriladi.
Ish muhit sifatida moy xizmat qiluvchi gidravlik ijro mexanizmlarida zichlashtirishga birikuvchi detallarga plunjer va silindr) maxsus silliqlash ishlovlarini berish bilan erishiladi, kichik qovushqoklik havo muhitida ishlovchi pnevmatik ijro mexanizmlarida esa rezinali xalqalar yoki manjetalar ishlatiladi (biroq oxirgisi gidravlik yuritmalarda ham ishlatilishi mumkin).

1-rasm. Ijro mexanizmlari.
a – porshenli ikki tomonlama harakat; b – porshenli bir tomonlama harakat.
Ikki tomonlama haraktlanuvchi porshenli ijro mexanizmlari 1a-rasmda ko‘rsatilgan. u yerda silindr ikki tomonga harakatlanuvchi porshenning harakati porshenga berilgan ishchi suyuqlik bosimining natijaviy kuchlari ostida amalga, oshiriladi. Porshen o‘ng tomonga ko‘chishishi uchun
p1F1N + NT + p2F2 (1)
bo‘lishi lozim.
Bu yerda, Р1 va Р2 silindr bo‘shlig‘idagi ishchi suyuqlikning bosimi;
Ғ1 va Ғ2 porshenning silind bo‘shlig‘iga mos keluvchi yuzalari;
N va Nт shtok 3 ga berilgan tashqi yuklanish va mexanizmdagi ishqalanish kuchlari.
Bir tomonga harakatlanuvchi ijro mexanizmlari ikki tomonga harakatlanuvchilardan prujinalar 4 ning borligi bilan farq qiladi 1б-rasm. Bu mexanizmlarda
p1F1N + NT + Nn (2)
bo‘lganda porshen o‘ng tomonga harakatlana boshlaydi, bu yerda, Nn prujinaning siqilish kuchlanishi.



Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin