Masalan:'aaa', 'xa-xa', 'IBM'-satr o’zgarmaslar, 'K', 'B' - harfli o’zgaruvchilar qiymati. Agar harfli o’zgaruvchilarning qiymati bittadan ortiq belgidan iborat bo’lsa, u holda ular string turiga mansub bo’ladi va ular o’zgaruvchilarni tavsiflash bo’limida tavsiflanishi kerak bo’ladi. Satr o’zgaruvchilarining qiymati 255 tagacha belgidan iborat bo’lishi mumkin. String funksiyasi orqali tavsiflanayotgan harfli o’zgaruvchining qiymati nechta belgidan iborat ekanligini, ya’ni mashina xotirasidan shu harfli o’zgaruvchi uchun nechta joy ajratish lozimligini ko’rsatish ham mumkin. Masalan:
1) var f: string [40]; dw, fd:string; Bu yerda f harfli o’zgaruvchi 40 tagacha belgidan, dw va fd lar esa 255 tagacha belgidan iborat bo’lishi mumkinligi ko’rsatilgan. 2) const ter="Informatika"; tw="Matematika"; var sd, gf:string; pt:string[20]; Bu yerda ter, tw lar satr o’zgarmaslari, sd,gf va pt lar satr o’zgaruvchilaridir
8- амалий машғулот
Mavzu: Shartli o’tish operatori yordamida takrorlanuvchi dastur tuzish Reja: Takrorlanuvchi dastur tuzish.
Takrorlanuvchi dastur tuzish ko’nikmalarini shakllantirish.
Dars o’tish usuli:Takrorlash, suhbat va savol-javob, mavzu mazmunidan kelib chiqib talabalarga mustaqil topshiriqlar berish va ularni tasavvurini bilish.
Dars o’tish vositalari: Doska,o’uv va uslubiy qo’llanma, topshiriqlar majmuasi.
Dars mazmuni: Darsning xronologik xaritasi – 80 minut.
Tashkiliy qism – 2 minut
Talabalar bilimi darajasini aniqlash – 10 minut
Yangi mavzu o’tish (komputerda mustaqil topshiriq) – 50 minut
Yangi mavzu ni o’zlashtish darajasini aniqlash- 10 minut.