Axolini ish bilan taminlashdagi qonunni buzish



Yüklə 24,72 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü24,72 Kb.
#140263
  1   2   3   4   5   6
AXOLINI ISH BILAN TAMINLASHDAGI QONUNNI BUZISH


AXOLINI ISH BILAN TAMINLASHDAGI QONUNNI BUZISH

1. Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998 yilda amalga oshiriladigan tadbirlar Davlat dasturi to`g`risida" 1998 yil 27 yanvardagi 45-son qaroriga muvofiq va "Aholini ish bilan ta’minlash to`g`risida"gi Qonun talablari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.


2. Nizom aholini ish bilan ta’minlash to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga jarimalar solish tartibini belgilaydi.
3. "Aholini ish bilan ta’minlash to`g`risida"gi Qonun talablarini buzganlik uchun, idoraviy bo`ysunishi, mulkchilik va xo`jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
4. Aholini ish bilan ta’minlash to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat va ularning bajarilishini xuquqiy vositalar bilan ta’minlash O`zbekiston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining davlat mehnat huquq inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Davlat mehnat xuquq inspektorlari o`z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga еga:
a) O`zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejalari asosida soliq (moliya) organlari o`tkazadigan ayni bir vaqtdagi rejali kompleks tekshirishlar davomida, qoidaga ko`ra, "Aholini ish bilan ta’minlash to`g`risida"gi Qonunnint bajarilishini tekshirish;
b) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Resiublika kengashi yoki uning xududiy komissiyalari bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda nazorat tekshirishlarini amalga oshirish;
v) tekshirilayotgan xo`jalik yurituvchi sub’ektlardan tekshirish o`tkazish bilan bevosita borliq bo`lgan zarur hujjatlarni va boshqa axborotlarni olish;
g) yo`l qo`yilgan qonun buzilishlarini bartaraf еtish vakolatiga еga bo`lgan mansabdor shaxslar bajarishi majburiy bo`lgan yozma ko`rsatmalar berish;
d) aholini ish bilan ta’minlash to`g`risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor bo`lgan mansabdor shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda jarimalar solish.
6. Aholini ish bilan ta’minlash to`g`risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 5051 va 229-moddalariga muvofiq mansabdor shaxslarga quyidagi hollarda va quyidagi miqdorlarda jarima solinadi:
a) Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan fuqarolarni u yerda bo`sh ish joylari (bo`sh lavozimlar) bo`lgani holda ishga olishdan asossiz bosh tortganlik uchun -
еng kam oylik ish xaqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda;
b) mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majbur qilganlik uchun, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, -
еng kam oylik ish xaqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda;
v) bo`sh ish joylari (bo`sh lavozimlar)ni yashirganlik uchun -
еng kam oylik ish xaqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
g) har bir xodimning o`rni bo`shayotganligi to`g`risidagi (uning kasbi, mutaxassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdorini ko`rsatgan holda) axborotlarni o`z vaqtida Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim еtmaganlik uchun еng kam oylik ish xaqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
d) O`zbekiston Respublikasining Bandlikka ko`maklashish davlat jamg`armasiga ajratmalarni to`lashdan bo`yin tovlaganlik uchun -
еng kam oylik ish xaqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda.

7. Ushbu Nizomning 6-bandida ko`rsatilgan undirilgan jarimalar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:


jarimalar summasining 20 foizi - O`zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga;
80 foizi - O`zbekiston Respublikasi Bandlikka ko`maklashish davlat jamg`armasiga.
8. Davlat mehnat huquq inspektorlari "Aholini ish bilan ta’minlash to`g`risida"gi Qonun talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga jarima solishda quyidagi harakatlarni amalga oshiradilar:
a) qonun buzilganligi haqida bayonnoma tuzadilar. Bayonnomada uning tuzilgan sanasi va joyi, davlat mehnat xuquq inspektorining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, ish joyining nomi, Qonun buzilishi xolatlarining mazmuni, bunga aybdor bo`lgan shaxslarning tushuntirishlari va ushbu tushuntirishlarni ko`rib chiqish natijalari, tekshirish davomida o`rganilgan hujjatlar, aybdor shaxs qabul qilingan qaror bilan tanishtirilganligi haqidagi ma’lumotlar hamda unga qaror ustidan shikoyat qilish tartibi to`g`risida tushuntirish berilganligi ko`rsatiladi. Bayonnoma davlat mehnat xukuq inspektori tomonidan imzolanadi;
b) qonunni buzganlik uchun jarima solish to`g`risida qaror qabul qiladilar. Qarorda u qabul kilingan sana, qonun buzilishi sodir еtilgan korxona (tashkilot, muassasa)ning nomi hamda ish beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, qonun talablari buzilga xolatlar, jarima solish uchun asos bo`lgan qonun va me’yoriy hujjat nomi, jarima solinayottan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, solinayotgan jarima miqdori, jarima o`tkazilishi lozim bo`lgan bank muassasasi va hisob raqami, qaror bajarilganligi to`g`risida Davlat mehnat xuquq inspeksiyasiga ma’lumot berish lozimligi ko`rsatiladi. Qaror davlat mehnat xuquq inspektori tomonidan imzolanadi.
9. Qonun buzilganligi haqida bayonnoma va jarima solish to`g`risidagi qaror uch nusxada tuziladi. Ularning birinchi nusxalari -jarima solingan shaxsga, ikkinchi nusxalari - ish beruvchiga, agar jarima ish beruvchiga solinayotgan bo`lsa - u bo`ysunadigan yuqori tashkilotga beriladi. Uchinchi nusxalari davlat mehnat xuquq inspektorida qoladi.
10. Jarima solish jarayonida paydo bo`ladigan huquqiy munosabatlar, shu jumladan jarima solish to`g`risidagi qaror ustidan shikoyat qilish (protest berish), shikoyat (protest)ni ko`rib chiqish, chiqarilgan qaror ijrosini to`xtatib turish, qaror ijrosi bo`yicha ish yuritish va boshqalar O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yüklə 24,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin