378
Makrodarajada chiqish parametrlari bo‘lib, kuchaytirgichning kuchaytirish
koeffitsiyenti, optik qurilmaning ruxsat etilagan xususiyati, dvigatel og‘irlik kuchi
va boshqalar hisoblanadi. Ommaviy fazoviy o‘zgaruvchilar bo‘lib, elektrik
tizimlaridagi tok va kuchlanish hisoblanadi.
Makrodarajada matematik modellar bo‘lib, oddiy differensial tenglamalar
hisoblanadi. Xususiy hollarda statik masalalar algebraik tenglamalarga
aylantiriladi. Lekin elementlar sonini ko‘payishi bilan tenglamalar tizimi darajalari
oshib ketishi, makrodarajadagi matematik modellar asosida masalalarni echishni
qiyinlashtirib yuboradi va keyingi ierarxik darajada tasvirlash zaruriyatini keltirib
chiqaradi.
Megarajadagi tizimlar bo‘lib murakkab qurilmalar va komplekslar
hisoblanadi. Masalan, axborotli va hisoblash tizimlari ishlashlarini diskret
tasavvur qilish, elementlar xolatlarini xarakterlovchi kattaliklar hisoblangan fazo
o‘zgaruvchilarini diskretligini bildiradi.
Elementlar va ichki parametrlar vazifasini, oldingi ierarxik darajadagi tizimlar
va chiqish parametrlari bajaradi. EHM elementlari bo‘lib, arifmetik qurilma,
operativ xotira va kiritish qurilmalari hisoblanadi. Chiqish parametrlariga misol,
qilib tizimiga kelib tushayotgan buyurtmalariga xizmat ko‘rsatish extimolligi,
xizmat ko‘rsatishga navbat kutish vaqti, qurilma tezkorligini keltirishimiz mumkin.
Megadarajada matematik modellarni yaratish uchun avtomatik boshqarish
nazariyasi metodlar, eksperimentlarni rejalashtirish, mantiqiy matematik, ommaviy
xizmat ko‘rsatish nazariyasi metodlaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: