382
boshqarish tizimlarida funksional modellashtirish kabilarni keltirishimiz mumkin.
Ikkinchi guruh metodlari asosini quyidagi ikki qarashdan birini tashkil qiladi.
Birinchi qarash, elementlarda tashqi ta’sirlarning tarqalishi bir yo‘nalishli,
ya’ni kirishdan – chiqishga qarab bo‘lishligiga yo‘l qo‘yishga asoslangan.
Boshqacha qilib aytganimizda, elementning holatini o‘zgarishida yuklanish, manba
elementiga ta’sirlarni to‘g‘ri tarqatuvchi, bog‘lovchi shoxlar orqali uzatilmaydi. Bu
qarash hisoblash qurilmalarini mantiqiy sxemalarini hosil qilishda, avtomatik
boshqarish tizimini modellashtirishda va turli ommaviy xizmat ko‘rsatuvchi
tizimlarda, ya’ni metadarajada matematik modellar tashkil qilishda keng tarqalgan.
Ikkinchi qarshi birinchi qarashdagi qabul qilingan yo‘l qo‘yishlar bilan
bog‘lanmagan, ya’ni modellashtirilayotgan obyekt elementlarida tashqi
bog‘lanishlarni kirish va chiqish bog‘lanishlariga ajratish shart emas, undan
tashqari modellarning bir yo‘nalishiga bo‘lgan cheklanish olib tashlanadi. Bu
qarashni ishlatish ancha murakkab hisoblanadi. Ularning invariantligi, fizik
tizimlarda analoglar borligiga asoslangan, shuning uchun bu metodlar to‘g‘ri
analogiyaga asoslangan modellashtirish metodlari deyiladi.
Dostları ilə paylaş: