Baholash ishi va investitsiyalar



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/34
tarix26.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#134999
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
BITIRUV MALAKAVIY ISHI UY-JOY XO\'JALIGIББИ-80 БМИ

I bob bo’yicha xulosa
Mazkur bobda uy joylar qiymatini baholashning nazariy va metodologik
asoslari ko’rib chiqildi. Shuningdek, ko’chmas mulk hisoblangan uy-joylar va
uning qiymati baholash obyekti hamda predmeti sifatida iqtisodiy adabiyotlarda
berilgan ta’riflar tahlil etildi. Ta’riflarga ko’ra, ko’chmas mulk – o’zining
xususiyatiga ko’ra yerga bo’g’langan, muayyan naflilikka ega bo’lgan uy-joylar,
kvartiralar, bino va inshootlar, yer uchastkalari va boshqalardir.
Bundan tashqari, markur bobda uy-joylar qiymatini baholashda ko’chmas
mulk bozoriga ta’sir etuvchi omillar tasniflandi va ularga tavsif berildi.
Uy-joylar qiymatini baholashning metodologik asoslari sifatida baholash
yondashuvlari ko’rib chiqildi. Unga asosan, uy-joylar qiymatini baholashda
daromadga asoslangan yondashuv, xarajatga asoslangan yondashuv, qiyosiy
solishtirishga asoslangan yondashuvlar qo’lllanilmoqda.
23
10-son MBMS “Ko’chmas mulk qiymatini baholash” bo’yicha mulkni baholash milliy standarti


32
II BOB. UY-JOYLAR QIYMATINI BAHOLASHNING HUQUQIY
MEXANIZMI VA AXBOROT TIZIMI
2.1. Uy-joylar qiymatini baholashning tashkiliy-huquqiy mexanizmi
O’zbekistonda mulk qiymatini baholashning tashkiliy-huquqiy asoslari
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va davlat mulkini bosqichma-bosqich
davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarining chuqurlashuviga muvofiq tarzda
rivojlanmoqda.
Hozirgi vaqtda bu asoslar qonun va qonun osti hujjatlari, mulk qiymatini
baholash standartlarining milliy tizimi va boshqaruv organlarining boshqa
tartibga soluvchi hujjatlari bilan namoyon etib, yaxlit bir mexanizmni tashkil etadi.
Xususan, ko’chmas mulk obyektilari jumlasiga kiruvchi uy-joylar qiymatini
baholashga oid bo’lgan Qonunlar, mulkni baholash bo’yicha milliy standartlar va
boshqa normativ hujjatlar uy-joylar qiymatini baholashning tashkiliy-huquqiy
mexanizmi hisoblanadi.
Ushbu mexanizm orqali baholashga nisbatan yondashuv va talablarni
aniqlash, uy-joylar qiymatini baholashda baholovchining mustaqilligi bilan bog’liq
bo’lgan uning axloqiy-etik xususiyatlariga bo’yicha tegishli talablarni va
baholovchi kasb mahorati darajasiga va amaliy ish tajribasiga nisbatan
qo’yiladigan tegishli talablar o’zida mujassamlashtiradi. Bu borada ko’chmas mulk
hisoblangan uy-joylar qiymatini baholashga doir bo’lgan mavjud huquqiy
mexanizm (asoslari)ni quyida keltirilgan rasmda ko’rib chiqish o’rinlidir.
Jumladan, bu borada 1999 yil 19 avgustda “Baholash faoliyati to’g’risida” Qonuni,
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-sonli “Baholash faoliyatini
litsenziyalash to’g’risida”gi Qarori, va shu qaror asosida ishlab chiqilgan
“Baholash
faoliyatini
litsenziyalash”
to’g’risida
Nizom,
1998-yil 21-yanvardagi 18-sonli “Jismoniy shaxslarga mulk huquqi tegishli
bo’lgan bino va inshootlar bo’yicha ro’yxatga olish-baholash ishlarini amalga
oshirish to’g’risida” qarori, 2009-yil 21-dekabrdagi “Mol-mulkni baholash
standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga o’zgartirish va qo’shimchalar


33
kiritish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, 2008-yil 28-
iyuldagi “Baholash to’g’risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan
o’tkazish mexanizmini tasdiqlash haqida” qarori, va “Mulkni baholash milliy
standartlari” va boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin