Baholash ishi va investitsiyalar



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə19/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116
baholash 1

2. Baho, narx va qiymat
Baho, narx va qiymat tushunchalari tovar va xizmatlarni ayriboshlash jarayoni bilan bog’liq bo’lgan tushunchalardir. Bu uchala tushunchaning ma’no-mazmunini anglash mulk baholovchisi uchun juda muhim hisoblanadi. Quyida bu tushunchalarning har biriga izoh keltiramiz:
Baho. Baho tushunchasi ma’lum bir qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi haqiqiy miqdorini ko'rsatishda qo’llaniladi. U mulkni ishlatish yoki yetkazilgan zarar natijasida mulk qiymatidagi yo’qotishni aniqlash uchun ishlatiladi. Qiymatning bu yo’qotilishi amortizatsiya (depreciation) deb nomlanadi.
Tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan kapital va miqdoriy hamda sifatiy mehnat xarajatlari tovarlar bahosini anglatadi.
Ishlab chiqarilgan tovarlar narxida to’g’ridan-to’g’ri o’z ifodasini topgan xarajatlar birlamchi xarajatlar (baho) deb nomlanadi. Tovarlar narxida to’g’ridan-to’g’ri o’z ifodasini topmaydigan ijara xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, amortizatsiya xarajatlari, maosh, xizmatlar va boshqa xarajatlar qo’shimcha xarajatlar (baho) sifatida e’tirof etiladi. Tovarlarning ma’lum miqdoriga taqsimlangan qo’shimcha xarajatlar va boshlang’ich xarajatlar birgalikda tovarning umumiy bahosi sifatida e’tirof etiladi.
Baho tushunchasi o’zining ma’no mazmuniga ko’ra birlamchi xarajatlarni anglatadi, masalan, mulk uchun to’langan miqdorni anglatadi.
Narx. Narx tushunchasi tovarlar bahosi va ishlab chiqaruvchining foydasi yig’indisi sifatida qaraladi. Tovarlarni ishlab chiqarish uchun kapital va mehnat talab qilinadi, ishlab chiqaruvchi esa tovar bahosiga narx qo’shish orqali foydaga ega bo’lish huquqiga ega bo’ladi. Narx ma’lum bir tovarning bozordagi talab va taklif holati asosida aniqlanadi, tovar o’zining ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqori yoki past narxda sotilishi mumkin.
Qiymat. Iqtisodiyotda qiymat tushunchasi bir tovarning boshqa bir tovarga teng almasha olishi bilan ifodalanadi, masalan, motosiklning qiymati bir necha velosipedlarning qiymati bilan yoki bir necha kilogramm bug’doy bilan ifodalanishi mumkin.
Bu tizim barter tizimi sifatida ma’lum bo’lib, bunda quyidagi noqulay jihatlar mavjud edi:

  1. Biror tovarni xarid qilishni istagan shaxs sotuvchi taklif qilayotgan tovar bilan almashishni hohlamasligi mumkin;

  2. Qiymatning hech qanday umumiy o’lchovi mavjud emas. Har bir ayriboshlashda turli xil obyektlar bir-biri bilan taqqoslanadi, masalan, poyafzal paxta bilan, bug’doy makkajo’xori bilan va h.k.;

  3. Ayriboshlanishi kerak bo’lgan tovarni qiymat qismlariga bo’lib bo’lmaydi.

So’nggi vaqtlarda, turli xil tovarlarning nisbiy qiymatlari ba’zi tan olingan almashinuv o’rtachalari jihatidan talqin qilinadi va mulk joylashgan mamlakatning pul birligida ifodalanadi. Xalqaro ayriboshlash maqsadida esa, qiymat birligi sifatida odatda xalqaro qabul qilingan pul birliklari, Amerika Qo’shma Shtatlari dollari yoki Angliya funt-sterlingi kabi pul birliklari ishlatiladi. Boshqacha qilib aytganda, pul tushunchasi umumiy ayriboshlash vositasi va qiymatning umumiy o’lchovi sifatida tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar bilan ifodalanadi. Quyidagilar pulning birlamchi funksiyalaridir:

  1. Qiymatning umumiy o’lchovi sifatida qaraladi;

  2. Ayriboshlashning umumiy qabul qilish mumkin bo’lgan o’rtacha miqdori sifatida qaraladi.

Pulning bu ikkala birlamchi funksiyasidan kelib chiqqan holda, pulning quyidagi ikkita ikkilamchi funksiyasini sanab o’tishimiz lozim:

  1. Pul joriy to’lov uchun qiymat o’lchovi va ayriboshlash vositasi bo’lgani bilan bir qatorda u kechiktirilgan to’lov o’lchovi ham bo’la oladi. Masalan, bino 500000 Rs ga harid qilinishi mumkin, lekin boshlang’ich to’lov 100000 Rs bo’lishi mumkin va qolgan qismi keyin to’lab berilishi mumkin.

  2. Pul qiymat zaxirasi sifatida ham ishlatilishi mumkin. Odatda, pul qarzga beriladi yoki mulk xaridi uchun ishlatiladi va bu holatda daromad foiz va ijara ko’rinishida olinadi.

Narx va qiymat tushunchalari o’rtasida juda kichik farq mavjud. Faktga asoslanadigan bo’lsak, narx amaldagi mavjud faktni ifodalaydi va qiymat tovarning ehtimoliy narxini hisoblashni ifodalaydi. Bunda mulkni baholovchidan mulkning ehtimoliy narxlarini hisoblash talab etiladi. Agar u mulk haqidagi faktlarni to’g’ri tahlil qila olsa, mulkning hisoblangan qiymati xom-ashyoga asoslangan haqiqiy qiymatga yaqin bo’ladi.
Yuzaki fikrlashlarga asoslanilsa, tovarga sarflangan umumiy xarajat va me’yoridagi foyda tovar qiymatini ifodalaydi. Bu noto’g’ri mulohaza ekanligiga quyidagi mantiqiy e’tirozlar orqali dalil keltirish mumkin:

  1. Mehnatga miqdoriy va sifatiy jihatdan qarash mumkin. Yuqoridagi ishlab chiqarish xarajatlarida tadbirkor yoki ishchining intellektual mahoratlari, sifatining aniq qiymatini qo’shishning iloji yo’qligi sababli faqat miqdoriy mehnat inobatga olingan. Mahoratli rassom tomonidan yaratilgan asar yoki aqlli inson tomonidan yaratilgan oddiy bir moslama bozorga chiqarilganda uning bahosi uning haqiqiy qiymatidan farqli bo’ladi.

  2. Noto’g’ri kapital va mehnat natijasida hech qanday qiymatga ega bo’lmagan tovar ishlab chiqarilishi mumkin. Faraz qilaylik biror asob-uskuna juda yuqori xarajatli kapital va mehnat orqali ishlab chiqarilgan bo’lsin va u ishlamasin. Bunda uning bahosi uning qiymatiga teng bo’la oladimi?

  3. Biror maxsus mahsulot juda yuqori xarajatli kapital va mehnat orqali yaratilsa va u bozorga kirib kelishidan oldin uning o’rnini bosuvchi boshqa bir mahsulot bozorda mavjud bo’lsa, bu mahsulot omma tomonidan maqullanmaydi. Bunda birinchi mahsulot bahosi uning qiymatiga tengmi?

  4. Vaqt tushunchasi ham baho va qiymat o’rtasidagi farqni ifodalaydi. Faraz qilaylik junli mato mahsulotlari uzoq davom etishi kutilayotgan qish uchun ishlab chiqariladi. Lekin qish unchalik darajada qattiq kelmasligi va qisqa muddat davom etishi natijasida junli mato mahsulotlariga talab kam bo’ladi. Bunda junli mato mahsulotlarining qiymati ularning bahosiga nisbatan qay darajada bo’ladi?

  5. Kamyoblik (nodirlik) elementi baho va narx o’rtasidagi yirik farqni keltirib chiqaradi. Mashxur rassomlar tomonidan yaratilgan noyob va qayta ishlab chiqarilmaydigan asarlar bahosi yoki rudadan javohirni ajratib olish bahosi bozorda ularning qiymatidan farq qiladi.

  6. Dam olish hududida qurilgan yuqori xarajatli bino yoki boshqa xavfli hududda qurilgan huddi shunga o’xshash binolarning bahosi bir-biriga teng, lekin ularning qiymati bir-biriga tengmi?

  7. Ma’lum turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish xarajatlari aniq bo’lmagan ko’plab mayda detallar qatnashishi mumkin va buning natijasida asosiy tovarning ishlab chiqarish xarajatlari aniq bo’lmay qoladi, buning natijasida bu xarajatlar to’g’ri bahoni ko’rsatib bera olmaydi.

Baho o’tgan davrda qilingan xarajat yoki yig’imlarni inobatga olsa, qiymat esa kelajakda shu tovarning daromadlar va ayriboshlash imkoniyatlari va ustunliklarini inobatga oladi. Demak, baho kechagi kun bilan, qiymat esa kelajak bilan bo’liq holda o’rganiladi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, ishlab chiqarish xarajatlari (bahosi) o’sha tovarning qiymati bilan teng bo’la olmaydi. Tovarlar narxlari talab va taklif qonuni asosida shakllanadi va unga muvofiq ko’tariladi va pasayadi. Shuning natijasida, ishlab chiqarish xarajatlari (bahosi) narxga teng bo’la olmaydi. Tovar o’zining ishlab chiqarish xarajatlari (bahosi) dan yuqori va past bahoda sotilishi mumkin. Bundan shu kelib chiqadiki, ishlab chiqarish xarajatlari (bahosi) tovarning na narxiga va na qiymatiga teng.4

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin