199
qisqichbaqalar bilan birgalikda oqizib yuboriladi va suv hovuzlari
yangi toza suv bilan to‘ldiriladi. Zog‘orabaliqlarni nilverm qo‘-
shib tayyorlangan granula shaklidagi davolovchi oziqa bilan gu-
ruh bo‘lib gelmintsizlantirish usuli ishlab chiqilgan. Davolovchi
oziqa kombikorm ishlab chiqaruvchi zavod miqyosida namlikka
chidamli qilib tayyorlanmoqda. Davolovchi oziqaga nilverm pre-
parati 0,5 g/kg miqdorda qo‘shiladi. Ana shunday oziqa 2—3 kun
davomida baliqchilikda qabul qilingan me’yor bo‘yicha berib
boriladi. Gelmintsizlantirishni bahor va yoz oylarda hamda avgust
va sentabr oylarida lichinkalar bilan zararlanish ortib borayot-
gan vaqtida, faqat suv harorati 20—22 °C dan past bo‘lmagan
sharoitda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, xo‘jalikka invaziyaning
kirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlarini muntazam ravishda
o‘tkazib borish zarur. Sharsharali qurilmalarda chegaralovchi
uskunalar va qummayda toshchalardan filtrlar qo‘yiladi. Agarda
xo‘jalik nosog‘lom bo‘lsa, bosh va suv bilan ta’minlovchi ho-
vuzlarda baliqlarni o‘stirish, ko‘paytirish man etiladi.
Dostları ilə paylaş: