157
Kasal baliqlar oziqa qabul qilmaydi, tashqi muhit taassurot-
lariga javob qaytarilishi keskin pasayadi yoki umuman javob
qaytarmaydi, suvning yuzasiga suzib chiqadi, biroq havoni qabul
qilmaydi, bunda baliqlarni qo‘l bilan ushlash juda ham oson.
Kuchli zararlangan baliqlar yonboshiga yotib, shu holatda no-
bud bo‘ladi. Chiqim 50—70% ga yetadi. O‘lmay qolgan baliqlarda
esa kasallik yarim o‘tkir yoki surunkali oqimga o‘tib oladi. Kasal-
lanib sog‘aygan baliqlarning jabrasi xuddi yeyilganga o‘xshaydi.
Uning tiklanishi yillab davom etadi.
Patogenezi. Zamburug‘ning o‘sgan giflari qon tomir ichini
berkitadi, natijada to‘qimalarning qon bilan ta’minlanishi va kis-
lorod almashinuvi buziladi, nekrozga uchragan jabra to‘qima-
lari yemiriladi va ikkilamchi saprofit mikroblar va zamburug‘lar-
ning rivojlanishi uchun qulay sharoit tug‘iladi. Zamburug‘ning
giflari barcha ichki parenximatoz organlarda, jumladan, qon hosil
qiluvchi organlarning qon tomiriga kirib olib o‘sishi oqibatida
kasallikning kechishi yana ham avj olib, baliqlarning nobud bo‘-
lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: