Baliqchilik asoslari


Gulmohi (xonbaliq), kumja



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   152
Gulmohi (xonbaliq), kumja — sulaymonbaliqlar oilasining bir
turi, asl lososlar urug‘iga mansub. Yevropa atrofidagi dengizlar
va ularning havzalarida, shuningdek, Kaspiy va Orol dengizlarida
keng tarqalgan.
Eng kattasining bo‘yi 1 metr, og‘irligi 13 kilogrammgacha,
maydaroqlari 1—5 kilogramm keladi. Bo‘yi va og‘irligidagi katta
tafovutning sababi kenja turning ko‘pligidadir. O‘zbekistonda
Orol gulmohi (Salmo trutta aralensis) va Amudaryo gulmohi
(Salmo trutta oxianus) nomli ikkita kenja tur uchraydi. Bulardan
tashqari, Qora dengiz lososi (Salmo trutta labrax), Kaspiy lososi
(Salmo trutta caspius) nomli kenja turlar ham bor.
Dengiz va katta ko‘llarda tarqalgan kenja turlar yirik bo‘ladi va
kumja deb ataladi. Jilg‘a va soylarda yashaydigan kenja turlar esa
mayda gulmohi deb nomlanadi. Gulmohining bo‘yi cho‘zin-
choq, tanasi kichik tangachalar va yoppasiga mayda qora xollar
bilan qoplangan, usti kumushrang, qorni tomoni sarg‘ishroq.
Kumja ko‘proq chuchuk suvda yashaydi, o‘tkinchilar bo‘lganidek,
ko‘l va daryoda doimiy yashaydigan o‘troqlari ham bor.
17-rasm. Kumja.


63
Mayda baliqlar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi.
Uvuldiriq tashlash uchun daryoga kirganida syomga kabi bu-
tunlay ovqatdan qolmay, oz bo‘lsa ham ovqatlanib turadi. Cha-
vog‘i syomganing ola chavog‘iga juda o‘xshab ketadi. Kumja chu-
chuk suvda 3—7 yilcha yashaydi. Lososga o‘xshab uning ham
kuzgi va bahorgilari bor, u ham iqtisodiy ahamiyati katta bo‘lgan
qimmatbaho baliqlardan hisoblanadi.
Patma chaboq (abramis brama) — O‘rta Osiyo baliqlarining
bir turi, karpsimonlar oilasiga mansub. Yevropaning kattagina
qismida, O‘rta Osiyoda esa Orol dengizi, Sirdaryo, Amudaryo,
Zarafshon daryosida tarqalgan, Issiqko‘l, Balxash ko‘li va suv
omborlarida ko‘paytirilgan. Bu baliq tinch oqadigan va oqmay-
digan suvlarda yashaydi, sho‘r suvga chidamli. Shuning uchun
sho‘r suvli Kaspiy va Orol dengizlarida, chuchuk suvli daryo va
ko‘llarda ham yashayveradi. Dengiz va katta ko‘llarda bu baliq
qirg‘oqdan uzoqda ham ko‘p uchraydi. Qirg‘oqda yashaydiganlari
mayda, ingichka va rangi biroz qoramtir, ochiq suvda yashay-
diganlari esa ularga nisbatan katta va yo‘g‘on bo‘ladi.
Bu baliqning tanasi yapaloq, kichkina, yelkasi bukri, qorni-
dagi pushtagi tangachasiz. Dumosti suzgichi ancha uzun, tanasi
katta va zich o‘rnashgan tangachalar bilan qoplangan. Orqasi qo-
ramtir, yon tomonning ustki qismi sarg‘ish, pastki qismi va qorni
kumush rangda. Qisqichbaqa, chuvalchang, molluskalar kabi turli
umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.
18-rasm. Patma chaboq.


64
Patma chaboq 4 yoshida voyaga yetadi. Uvuldirig‘ini may
oyida, suv isigan paytda tashlaydi. Urchish vaqtida ertalab suv
yuzida qornini tepaga qilib, suvni sekin chapillatib yuradi. Ser-
pusht baliq — 400 mingtacha uvuldiriq tashlaydi. Òuxumdan
lichinkasi 3—4 kunda chiqadi.
Yevropaning ba’zi bir ko‘llarida uzunligi 50 santimetr. Og‘irligi
6 kilogrammgacha bo‘lganlari uchraydi. O‘rta Osiyoda yashay-
diganlarining eng kattasi 40 santimetr, og‘irligi 1,5 kilogrammcha
bo‘ladi, xolos.
Azaldan ko‘p ovlanadigan baliq hisoblanadi. U qirg‘oqqa
yaqinlashib kelayotgan vaqtda to‘r bilan tutiladi. Ayniqsa, dud-
langan go‘shti juda mazali, har yili Orol dengizida bir necha o‘n
minglab sentner ovlanadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin