Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   152
Amudaryo gulmohi (Salmo trutta oxianus) — losossimonlar
oilasining kenja turlaridan biri, asl lososslar urug‘iga mansub. Bu
gulmohi Amudaryoning yuqori oqimidagi Qizilsuv, Kofirnixon,
Surxondaryo havzalarida tarqalgan, suvi tiniq, sovuq, kislorodga
boy bo‘lgan tog‘ soylari va ariqlarda yashaydi. Asl lososslar
urug‘ining mayda vakillaridan biri, odatda, bo‘yi 20 sm va undan
biroz oshiqroq bo‘ladi.
Amudaryo gulmohi, asosan, hasharotlarning suvda yashay-
digan lichinkalari bilan oziqlanadi. Òo‘rt yoshida voyaga yetadi,
sentabrda tog‘ soylarining manbayiga borib, 350 tacha, boshqa
lososslarnikiga o‘xshash yirik uvuldiriq tashlaydi. Soni kamligidan
bu gulmohining iqtisodiy ahamiyati ham aytarli katta emas.
1. Asosiy baliq turlariga qaysilar kiradi?
2. Qo‘shimcha baliq turlarini sanab bering.
3. Qaysi baliq turi issiqsevar bo‘ladi va nima uchun?
25-rasm. Amudaryo gulmohi.
NAZORAT SAVOLLARI
?


73
VI bob.
 BALIQLARNI OZIQLANÒIRISH
Hovuz baliqchiligida baliqlarni oziqlantirish uchun 3 xil ozi-
qalardan foydalaniladi:
1. Òabiiy oziqalar.
2. Qo‘shimcha oziqalar.
3. Me’yorlashtirilgan (balanslashtirilgan) oziqalar.
Òabiiy oziqalar (hovuzning tabiiy oziqa zaxirasi) — hovuz-
larda tabiiy yo‘l bilan rivojlanadigan, o‘sadigan o‘simliklar, hovuz-
lardagi planktonlar, suvda o‘sadigan o‘simliklar, qisqichbaqasi-
monlar, bakteriyalar, detritlar, bentoslar, yuqori tabaqadagi o‘sim-
liklar, hasharotlar, suv hayvonlari va baliqlar kiradi. Òabiiy oziqa
zaxirasining rivojlanish darajasi suvning sifatiga bog‘liq. Baliq-
chilar turlicha usullarni qo‘llab: ohaklash, organik va noorganik
moddalar orqali o‘g‘itlash kabi yo‘llar bilan suv sifatini yaxshilashga
erishadi. Òo‘g‘ri o‘g‘itlangan suv havzalari o‘zida barcha biogen
moddalar, mikroelemetlarni saqlaydi hamda ruxsat etiladigan
chegarada oziqa zaxirasining yetarli darajada rivojlanishiga imkoniyat
beruvchi maqbul (optimal) gidrokimyoviy sharoitlarga ega bo‘ladi.
Hovuzlar yoki suv havzalarida tabiiy yo‘l bilan rivojlanadi-
gan turlarga plankton, suv o‘simliklari, bakteriyalar, detritlar,
bentos, yuqori suv o‘simliklari, suv jonivorlari, shu jumladan,
baliqlar kiradi.
Iste’mol qilingan oziqalar karp baliqlarining oziqa hazm qi-
lish a’zolariga suvning harorati 2 °C bo‘lgandan 8—10 soat,
22 °C bo‘lganda 6—9 soat, 26 °C bo‘lganda esa 4—7 soat orali-
g‘ida parchalanib hazm bo‘lishi aniqlangan. Shundan kelib chi-
qib suvning harorati nisbatan yuqori bo‘lgan yozning issiq oy-
larida, kunduz kunlari baliqlarning kunlik oziqalarni bir necha
bo‘lakka (3—6 bo‘lakka) bo‘lib berish maqsadga muvofiq.


74
1-jadval

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin