172
o‘zgaradi va oq pardasining yorilishi natijasida tashqariga chiqib
qoladi, baliqlar ko‘r bo‘lib, normal oziqlanmaydi, oriqlanadi va
nobud bo‘ladi yoki parrandalar tomonidan iste’mol qilinadi.
Diplostomoz o‘tkir va surunkali oqimda kechadi. Kasallik-
ning o‘tkir oqimi, asosan, yosh baliqlarda kuzatiladi. Ularda
serkariylarning MNSda kirib qolishi va harakati natijasida, nerv
markazlarining ishdan chiqishiga olib keladi.
Serkariylar teri
qatlami orqali organizmga kirib qolishi oqibatida, teri qatlamining
jarohatlanishi, ayrim joylarining qorayib qolishi, qon quyilishi,
umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga olib keladi.
Baliqlarning
harakatida o‘zgarish namoyon bo‘ladi, ular tez va pala-partish
suzadi, suv ostiga sho‘ng‘ib ketadi, tezda suv yuzasiga suzib chiqib,
suvdan o‘zini otadi. Zog‘orabaliq lichinkalarining nobud bo‘-
lishi ular organizmiga 5—7 ta serkariylarning kirishi natijasida
kuzatiladi. Agarda serkariylar soni 10—12 ta bo‘lsa, o‘lim 70—
85 foizga yetadi. Har xil turdagi baliqlar serkariylarning orga-
nizmga kirishi turlicha reaksiya beradi. Masalan, gulmohi turidagi
baliqlarning lichinkalari uchun serkariylarning o‘ldiruvchi miq-
dori karp turidagilarga nisbatan ikki marotaba ko‘p bo‘lsa,
pelyadlar uchun 3—4 marotaba ko‘p miqdorni tashkil qiladi.
Kasallikning surunkali oqimi katta yoshdagi baliqlarda namo-
yon bo‘ladi. Yaqqol ko‘rinuvchi klinik belgilar kuzatilmaydi, bi-
roq muguz pardasiga o‘rnashib olgan serkariylarning ta’siri na-
tijasida ko‘rish qobiliyati qisman izdan chiqadi. Baliqlar yaxshi
oziqlansa-da, oriqlaydi, o‘sish, rivojlanishdan orqada qoladi, ular
ko‘proq suvning yuzasida suzib yurishi natijasida baliqxo‘r par-
randalarga yem bo‘lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: