Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti qabulova qutlibikaning


II. BOB. FIZIKA FANINI AKADEMIK LITSEYLARDA O’QITISH METODIKASI



Yüklə 256,57 Kb.
səhifə2/12
tarix13.12.2023
ölçüsü256,57 Kb.
#139811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ELEKTR” BO’LIMIGA DOIR MASALALAR TANLASH VA YECHISH USLUBI

II. BOB. FIZIKA FANINI AKADEMIK LITSEYLARDA O’QITISH METODIKASI
2.1. Akademik litseylar fizika ta’limini shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyaasosida tashkil etish “Elektr” bo‘limi misolida
Respublikamizning pedagog olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O’zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo’llash borasida salmoqli ishlar аmalgа oshirilmoqda.
Keyingi yillarda yaratilgan adabiyotlarda “Pedagogik texnologiya”, “Yangi pedagogik texnologiya”, “Ilg’or pedagogik texnologiya”, “Progressiv pedagogik texnologiya” kabi tushunchalar ko’p uchrab turgani bilan ularning o’zbek tilidagi maromiga yetgan ta’rifi xali tuzilmagan. Bu yerda, nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning milliy nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zarurati tug’ildi degan savol paydo bo’lishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjud-ku, ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarini o’zgartirib, milliy to’s berib, foydalanaversa bo’lmaydimi?- degan mulohazalar ham yo’q emas.Rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishga intilayotgan jamiyatga bu yo’l uzoq xizmat qilolmaydi. Chunki:
Birinchidan, Mamlakatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun ta’lim tizimiini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg’or pedagogik tadbirlardan foydalanishning zarurligi;
Ikkinchidan, an’anaviy o’qitish tizimi yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli “Axborotli o’qitish” sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining o’ta rivojlanishi natijasida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
To’rtinchidan, kishilik jamiyati o’z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi;

Yüklə 256,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin