Darsning maqsadi : Talimiy maqsad:O‘quvchilarga elektr toki bobi bo‘yicha masalalar yechishni o‘rgatish hamda mustahkamlash. Ularni fizikaga qiziqtirish va bilim darajalarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy maqsad:O‘quvchilarni tabiatga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otish, Tabiatni asrab avaylashga o‘rgatish va ilmiy bilimlarini to‘g‘ri qo‘llash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, masalalar yechishda mantiqiy va mustaqil fikrlashga o‘rgatish, dunyoqarashlarini kengaytirish va bilim saviyasini oshirish.
Dars turi:Amaliy
Qo‘llaniladigan metodlar:“sirli baho”.
Darsni tashkillashtirish.
Avvalo o‘quvchilar bilan salomlashiladi.So‘ngra o‘quvchilar davomati olinadi.Darsda faol qatnashib o‘tirishlari so‘raladi.
Demak darsni boshladik.
O‘tgan darsda sizlarga uyga vazifa qilib tugallanyotgan II bob elektr toki bobi mavzularini takrorlab kelish vazifasini bergan edim.
Darsga hammamiz tayyor bo‘lsak, men sizlarga savollar beraman. Sizlar javob berasiz. Shu orqali uyga vazifani qay darajada o‘rinlaganingiz ma’lum bo‘ladi.
Savollar.
Elektr toki deb nimaga aytiladi?
O‘zgarmas tok deb nimaga aytiladi?
Elektr zanjirda tokning harakati yo‘nalishi qanday?
Voltmert iste’molchiga qanday ulanadi?
Tok kuchi nima?
Ampermetr iste’molchiga qanday ulanadi?
Javoblar.
Zaryadli zarralarning tartibli harakatiga elektr toki deyiladi.
Zaryadli zarralarning o‘zgarmas me’yordagi oqimi o‘zgarmas tok deb ataladi.
Musbat zaryadli zarralarning tartibli harakat yo‘nalishida.
Parallel
O‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasidan vaqt birligida o‘tayotgan elektr zaryadi miqdoriga qiymat jihatidan teng bo‘lgan kattalik tok kuchi deb ataladi.
Ketma-ket.
Demak takrorlab oldik.Faol o‘quvchilarga raxmat.Endi esa yangi mavzuyimizni boshlasak.Bugungi mavzu masalalar yechish.
Sizlarga oldindan bob bo‘yicha muhim xulosalarni eslatib o‘taman.
II BOB YUZASIDAN MUHIM XULOSALAR
• Zaryadli zarralarning tartibli harakati, ya’ni oqimi elektr toki deb ataladi.
• O‘tkazgichda elektr toki vujudga kelishi uchun elektr maydon bo‘lishi kerak.
• Zaryadli zarralarning o‘zgarmas me’yordagi oqimi o‘zgarmas tok deb ataladi. O‘zgarmas tok manbayi deb, musbat va manfiy qutbga ega bo‘lgan va o‘zgarmas tokni hosil qiladigan manbaga aytiladi.
• Galvanik element va akkumulyatorda kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi.
• Eng sodda elektr zanjir tok manbayi, o‘tkazgich, elektr iste’molchi va kalitdan iborat.
• Metallardagi elektr toki elektronlarning tartibli harakatidan iboratdir.
• Elektr zanjirda tokning yo‘nalishi sifatida manbaning musbat qutbidan manfiy qutbiga tomon harakat qiladigan musbat zaryadli zarralarning yo‘nalishi qabul qilingan.
• Zanjirning biror qismi orqali 1 kulon zaryad o‘tganida bajariladigan ishga qiymat jihatidan teng bo‘lgan kattalik zanjirning shu qismi uchlari orasidagi elektr kuchlanish deb ataladi.
• Elektr kuchlanish voltmetr yordamida o‘lchanadi. Voltmetr elektr zanjirdagi kuchlanishi o‘lchanadigan iste’molchiga parallel qilib ulanadi.
• O‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan vaqt birligida o‘tayotgan elektr zaryadi miqdoriga qiymat jihatidan teng bo‘lgan kattalik tok kuchi deb ataladi.
• Zanjirdagi tok kuchi ampermetr yordamida o‘lchanadi. Ampermetr elektr zanjirdagi tok kuchi o‘lchanadigan iste’molchi bilan ketma-ket ulanadi.
• O‘tkazgichning zanjirda tok o‘tishiga qarshilik qilish xossasi elektr qarshilik deb ataladi. Moddaning elektr xossasi solishtirma qarshilik deb ataladigan fizik kattalik bilan tavsiflanadi.
• Elektr zanjirning bir qismi uchun Om qonuni: O‘tkazgichdagi tok kuchi uning uchlari orasidagi kuchlanishga to‘g‘ri proporsional, o‘tkazgichning qarshiligiga teskari proporsionaldir.
• Rezistor — elektr zanjirda tok va kuchlanishni rostlash uchun qo‘llaniladigan turli qarshilikka ega elektr asbob.
• Reostat — elektr zanjirdagi tok kuchi va kuchlanishni rostlash, ya’ni o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan elektr asbob.
• Potensiometr — elektr zanjirdagi kuchlanishni rostlash, ya’ni o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan elektr asbob.
• Iste’molchilar ketma-ket ulanganda, zanjirdagi to‘liq qarshilik har bir iste’molchi qarshiliklari yig‘indisiga teng: R = R1 + R2 + R3 + . . . + Rn.
• Iste’molchilar parallel ulanganda, zanjir to‘liq qarshiligiga teskari miqdor har bir iste’molchi qarshiligiga teskari miqdorlarning yig‘indisiga teng:
[2].
Endi esa masalalar yechishni o‘rganamiz.
Diqqat bilan kuzatib o‘tiring. Keyin mustaqil ravishda masala yechasizlar.
1-masala.
Elektr zanjirdagi lampochkadan 0,2 A tok o‘tmoqda. Lampochka spirali orqali 1 minutda qancha zaryad miqdori va nechta elektron o‘tishini hisoblang.
Berilgan: Formulasi: Yechilishi:
I = 0,2 A q = 0,2 A ⋅ 60 s = 12 C.
t = 1 min = 60 s q = It; n=q/|qe| ta.
|qe| = 1,6⋅ 10−19 C.
q=n|qe|
Topish kerak:
q-? n-? Javob: q =12C; ta.
2-masala.
Elektr zanjirdagi lampochkaga parallel ulangan voltmetr 1,5 V ni ko‘rsatmoqda. Lampochkadan 10 C zaryad o‘tganda qancha ish bajariladi?
Berilgan: Formulasi: Yechilishi:
U =1,5 V U= A = 1,5 V ⋅ 10 C = 15 J. q =10 C A=Uq
Topish kerak: A - ? Javob: A = 15 J.
3-masala.
Uzunligi 1 m, ko‘ndalang kesimining yuzi 0,4 mm2 bo‘lgan nikelin simning uchlaridagi kuchlanish 2 V ga teng. Shu elektr zanjir orqali o‘tayotgan tok kuchini aniqlang.
Berilgan: Formulasi: Yechiliahi:
l = 1 m R = ρ
S = 0,4 mm2= 0,4 ⋅ 10−6m2 R=0,4 ⋅ 10−6 Ω ⋅ m⋅ = 1Ω
U = 2 V I= Javob: R = 1 Ω.
ρ = 0,4⋅ 10−6 Ω ⋅ m
R-?
4-masala.
Biri misdan, ikkinchisi aluminiydan qilingan ikkita silindrik simning uzunligi l va qarshiligi R bir xil. Mis sim alyuminiy simdan necha marta og‘ir ?
Berilgan: Formulasi:
1=1,7⋅10-8 Ω⋅m R1 = ρ1 2=2,5⋅10-8 Ω⋅m R2 = ρ2 d1=8,6⋅103kg/m3 d2=2,6⋅103kg/m3 l1=l2=l
R1=R2=R
Topish kerak:
P1/P2 - ?
Yechilishi:
Javob: P1/P2 =2,4 [3]
Endi esa sizlar bilan birgalikda o‘yin o‘ynaymiz. O‘yinning nomi “Sirli baho” deb nomlanadi. O‘quvchilar faolroq bo‘ling. Men sizlarga masalalar beraman. Sizlar esa masallarni yechishingiz kerak bo‘ladi. Demak boshladik.
1-masala.
Tok kuchi 32 µA bo‘lganda 1 ns vaqt ichida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan qancha elektron o‘tadi?
2-masala.
Elektr zanjirdagi lampochkadan ma’lum vaqt davomida 10 C zaryad o‘tib, 50 J ish bajarildi.Lampochka qanday elektr kuchlanish ostida yongan?
3-masala
Uyali telefon 6 V kuchlanishli tok manbayiga ega.Ma’lum vaqt davomida undan 200 C zaryad o‘tganida qancha ish bajariladi?
4-masala
Ko‘chma magnitofon 12 V kuchlanishli tok manbayiga ega. Ma’lum vaqt davomida 600 J ish bajarish uchun magnitofondan qancha elektr zaryad o‘tishi kerak?
5-masala.
Elektr zanjirda lampochkaga parallel ulangan voltmetr 8 V ni ko‘rsatmoqda. Ma’lum vaqt davomida 40 J ish bajarilishi uchun lampochkadan nechta elektron o‘tishi kerak? 1 ta elektronning zaryadi 1,6⋅10−19 C ga teng.
6-masala.
Elektr zanjirdagi lampochkadan 10 minutda 90 C zaryad o‘tgani ma’lum.Zanjirdagi ampermetr lampochkadan qancha tok o‘tayotganini ko‘rsatadi?
7-masala.
Lampochka ulangan elektr zanjirdan o‘tayotgan tokning kuchi 0,5 A ga teng. Lampochka spirali orqali 1 minutda necha kulon zaryad o‘tadi?Shu vaqt davomida lampochkadan o‘tgan elektronlar sonini hisoblang.
8-masala.
Elektr zanjirdagi lampochkadan o‘tayotgan tok kuchi 0,5 A ga teng. Lampochka spiralidan qancha vaqtda 400 C zaryad o‘tadi?
9-masala.
Akkumulyator 48 soat davomida 4 A tok berib tura oladi. Bunday akkumulyator qancha elektr zaryad to‘play oladi?
10-masala.
Ko‘ndalang kesimi a) 2 mm2, b) 4 mm2, d) 0,5 mm2 va e) 0,01 mm2, uzunligi 1 m bo‘lgan temir simning qarshiligini hisoblang.
Javoblari:
1. 2⋅105 ta.
2. 5 V.
3. 1,2 kJ.
4. 50 C.
5. 3,1⋅1019 ta.
6. 0,15 A.
7. 30 C; 1,875⋅1020 ta.
8. 13 min 20 s.
9. ≈6,9⋅105 C.
10. a) 0,05 Ω; b) 0,025 Ω; d) 0,2 Ω; e) 10 Ω.
Masalani to‘g‘ri va tez ishlagan o‘quvchilar daftariga o‘qituvchi baho emas, balki “N” harfli belgini qo‘yadi. Keyin 2-masalani ishlashga kirishadilar.Bu masala uchun “A” harfi bilan belgi qo‘yiladi. 3-masala uchun “M” harfi va h.k. Shu tariqa keyingi masalalar ishlanadi. Agar bitta o‘quvchi dars davomida berilgan hamma masalalarni to‘g‘ri va tez ishlasa, ( bu darsda 8 ta masala ) ketma-ket ball o‘rniga “namunali” so‘zini hosil qiluvchi harfli belgilar qo‘yib boriladi. Dars yakunida “NAMUNALI” so‘zining barcha harflarini ( hech bo‘lmaganda 7 tasini ) to‘plagan o‘quvchilarga “Fizika fanidan namunali o‘quvchi” deb yozilgan rag‘bat kartochkasi beriladi va “5” baho bilan baholanadi. Dars davomida “NAMUNA” harflarini to‘play olgan o‘quvchilarga “Fizika darsida yaxshi qatnashchi” kartochkasi beriladi va “4” baho bilan baholanadilar.
Dars davomida 5 tagacha masala ishlay olgan o‘quvchilarga “Fizika qiziqarli fan. O‘z ustingizda ishlang.” kartochkasi beriladi va bu o‘quvchilar “3” baho bilan baholanadilar [4].