Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi


Sabzavotlar umr ko'rish davomiyligi bo'yicha ko'p yillik, bir yillik va ikki yilliklarga bo'linadi



Yüklə 5,87 Mb.
səhifə11/49
tarix14.12.2023
ölçüsü5,87 Mb.
#140577
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
ixty biologiyasi o\' u m

Sabzavotlar umr ko'rish davomiyligi bo'yicha ko'p yillik, bir yillik va ikki yilliklarga bo'linadi. Bir yillik ekinlar o'zining o'sish davrini bir yil ichida yakunlaydi. Ikki yillik o'simliklarda vegetatsiyaning birinchi yilida mahsuldor organlar hosil bo'ladi va qishlashdan keyin madaniyatda kurtaklar unib chiqadi, poya hosil bo'ladi, gullash va meva berish sodir bo'ladi. Bunday sabzavot ekinlariga quyidagilar kiradi: karam (Pekin va gulkaramdan tashqari), stol lavlagi, selderey, maydanoz, pirasa va sholg'om, sabzi, parsnips va boshqalar.

Ko'p yillik sabzavot ekinlarida birinchi yilda ildiz tizimining rivojlanishi, barglarning rozeti va kurtaklari yotqizilishi sodir bo'ladi. Mahsuldor organlar ikkinchi yoki uchinchi yilda shakllana boshlaydi. Ikkinchi yildan boshlab meva berish boshlanadi, bu ko'p yillar davom etishi mumkin. Koʻp yillik oʻsimliklardan otquloq, ravon, qushqoʻnmas, otquloq va boshqalar kiradi.
Mavzu yuzasidan savollar:

    1. Hayot davomiyligi tasnifi

    2. Ekish muddati va usuli bo'yicha tasnifi

    3. Sabzavotlar umr ko'rish davomiyligi bo'yicha klassifikatsiyasi


4-MA’RUZA: Issiqxonalarning qishki va yozgi mavsumda ekinlar o’stirish texnologiyasi
Reja:
1. Issiqxonalarning qishki mavsumda ekinlar o’stirish texnologiyasi
2. Issiqxonalarning yozgi mavsumda ekinlar o’stirish texnologiyasi
3. Xulosa
Issiqxona sabzavotchiligi qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, xalqimizni qorli-qirovli kunlarda ham sarhil, servitamin oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Issiqxonalarda sabzavot ekinlaridan yuqori hosil olishda chet el duragaylarini qimmat baholarga sotib olib yetishtirish va mineral o‘g‘itlarni ko‘p qo‘llashning o‘zi yetarli emas. Bunda barcha agrotexnik chora-tadbirlar to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilishi, ekinlar uchun issiqxonalarda maqbul mikroiqlim yaratilishi yuqori va sifatli hosil garovidir.
Kuzgi-qishki muddatda pomidor yetishtirishda sifatli ko‘chat tayyorlash uchun pomidor urug‘ini issiqxonalarga ekishning eng qulay muddati avgustning birinchi yarmi, bodring esa avgustning ikkinchi yarmi hisoblanadi. Ko‘chatlar ekib bo‘lingach, ular kanop yoki polipropilen iplarga tortiladi. Ekinlarga bitta poya qoldirib, shakl beriladi. Asosiy poyadagi bachkilari o‘sib ketmasidan ular chilpib turiladi. Eski, sarg‘aygan barglar meva pisha boshlagandan so‘ng doimiy ravishda olib tashlanishi zarur.
Yuqorida aytilganidek, sabzavot ekinlarining yaxshi o‘sib rivojlanishi, hosildorligi yuqori bo‘lishi uchun issiqxonada maqbul mikroiqlim (harorat, yorug‘lik, havo va tuproq namligi) ta’minlanishi zarur. Pomidor uchun harorat kunduzi 22–25 +C, kechasi 17–18 +C, havoning nisbiy namligi 75–80 %, bodring uchun esa mos ravishda harorat 24–28, 18–20 +C, havo namligi 85–90% bo‘lishi maqbul hisoblanadi.
Haroratning yuqoridagi ko‘rsatkichlardan oshib yoki kamayib ketishi ekinlarning o‘sib-rivojlanishi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu holatning oldini olish uchun pomidor gullariga maxsus preparatlar eritmalari bilan ishlov berish zarur. Kuzgi-kishki mavsumda issiqxonadagi pomidor ko‘chatlarining o‘suv nuqtasi 7–8 gulshodadan keyin chilpib tashlanishi tavsiya qilinadi. Bu hosildorlik ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hosil yetilgandan so‘ng o‘z vaqtida terib olinishi lozim. Oziqa moddalarni solish faqat tuproq tarkibining agroximik tahlil natijasida amalga oshirilishi kerak, ya’ni tuproq tarkibidagi suvda eruvchi fosfor miqdori har 100gr tuproqda 84–103mg, nitratli va ammiakli azot miqdori esa 25–30mg, suvda eruvchi kaliy 30–40mg/100gr atrofida saqlanishi kerak. Bundan tashqari, tuproq tarkibidagi xlor miqdori har 100gr tuproqda 0,02 foizdan oshmasligi lozim. Magniy 7–10mg/100gr, kalsiy esa kamida 30–45mg bo‘lishi kerak.
Pomidor, bodring ekinlarini kasalliklardan un shudring ko‘proq zararlaydi. Bu kasallik o‘simlik barglarining ustki qismida to‘p-to‘p oq mog‘orlar paydo qiladi. Oqibatda zamburug‘lar ko‘payib, o‘simlik barglarining ustki va ostki qismini qoplab oladi hamda barglari qurib qolishiga sabab bo‘ladi. Bodringda un shudringga o‘xshash soxta un shudring kasalligi ham ko‘p uchraydi. Bunda barglarning orqa qismida qo‘ng‘ir rangli chiziqlar paydo bo‘lib, barg ostini butunlay qoplab oladi. Natijada barglar sarg‘ayib, tezda qurib qoladi.
Un shudring va soxta un shudring kasalliklariga qarshi Topsin M (0,7 kg miqdorda 1000 l suvga), Saprol (1 l miqdorda 1000 l suvga), Topazni (0,5 l miqdorda 1000 l suvga) qo‘shib purkash tavsiya etiladi.
Issiqxonalarda yuqoridagi tavsiyalarga amal qilinsa, ekinlardan mo‘l va sifatli hosil yetishtirilib, xalqimiz dasturxoniga qishning qorli-qirovli kunlarida ham sarxil pomidor va bodring tortiq etish imkoniyati ortadi.

Yüklə 5,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin