Blackcurse



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə32/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
2 5215525430601193042

Muqimiyning 150 yilligi


Habibiy, SHokir Sulaymon, Solih Mutallibovlarning 100 yilliklari Mirtemir, Mansur Abzalov, V.Reshetovning 90 yilliklari.

Ibn Sinoning mashhur “Qonun al tib” asari yaratilganligining 1000 yilligi rasmiy ravishda davlat ahamiyatiga molik marosimlar sifatida rejalashtirish va nishonlash tavsiya etildi. Dasturda maxsus qayd etilganidan tashqari Beruniy, Ahmad YAssaviy, So‘fi Olloyor, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Furqat, Fitrat, CHo‘lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kunlari har yili nishonlanadi.

“Meros”da milliy san’at turlarini rivojlantirish va san’atkorlarimiz ruhi-poklarini shod etishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Mannon Uyg‘ur, YUnus Rajabiy, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, YUsufjon Qiziq uy muzeylari, Buxoroda domla Halim Ibodov, Namanganda Usta Ro‘zimarxon, Xivada Matpanoota, Urganchda Komiljon Otaniyozov uy muzeylari barpo etilishi mo‘ljallandiki, bu ishlar ham umummilliy ham mintaqaviy xususiyat kasb etib, milliy tarbiya nuqtai nazaridan bebaho ahamiyat kasb etadi. SHu tariqa tarbiyaviy ishlar tizimida eng ko‘p, muntazam, rasmiy bayram qilinayotgan “Tarixiy sanalarni nishonlash” shakli “Meros” davlat dasturi bilan muvofiqlashtirildi va eksperimental maktablar tarbiyaviy tizimiga joriy qilindi.

Milliy tarbiyaviy fazilatlarning asoslari o‘quvchilar o‘rtasida kichik maktab yoshdan boshlab asta-sekin takomillashtirilib borildi. CHunki (o‘g‘il va qiz) bola birinchi sinfga qadam qo‘yar ekan, u o‘zi bilan birga o‘z oilasidagi hayot tarzi, munosabatlar tajribasini ham olib keladi. Maktab esa ularni barchaga barobar umumiy talablar, hammaga bir xil munosabatda bo‘luvchi o‘qituvchi siymosida kutib oladi. SHuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktabdagi “yangi hayot”ga tez ko‘nikadilar. YA’ni, birinchi sinfdan boshlab ulardan qanday fazilatlar talab qilinsa, uqtirilsa, ularni me’yor sifatida tabiiy qabul qiladilar va bajaradilar. Boshlang‘ich sinflarda (mustaqil, hayotiy tajriba etishmasligi tufayli) bolalar birinchi o‘qituvchilariga taqlid qiladilar, ularning fikrlariga alohida e’tibor bilan qarab amal qiladilar. YAngi sharoitning yangi talablarini bayon qiluvchi, ko‘rsatuvchi va talab qiluvchi – “hamma narsani biluvchi” birinchi o‘qituvchilarning yuqori darajada va tabiiy holda hurmat qilishini ham shu bilan tavsiflanadi. YA’ni, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga xos: o‘qituvchilarning so‘zlari, talablariga bo‘lgan yuksak ishonch, faol ijro etish, tiyrak idrok, soflik beixtiyorlik, ergashuvchanlik, maktabga, o‘qishga ishtiyoq, taqlid orqali xulq-atvor me’yorlarini tez, qarshiliksiz o‘zlashtirish milliy tarbiyaning samarali omilidir.

Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarda milliy tarbiyaviy fazilatlarni shakllantirishning ilk va eng qulay davr ekanligi bizning tajribamizda tasdiqlandi. Misol tariqasida milliy odobning qirralaridan biri - katta-yu kichikni “siz”lashga o‘rgatish tajribasining natijalarini ko‘rsatamiz. Samarqand tumani 63-tayanch maktabi 1-sinf o‘qituvchisi M.Tuyunov, Samarqand shahar 64-o‘rta maktab 3-sinf o‘qituvchisi Z.Ѓulomovlar ijrosida o‘tkazgan tajribalarimiz sinfda bolalarning bir-birlarini “siz”lashlari nafaqat milliy muomala go‘zalligida, balki bolalarning o‘zaro munosabatlarida ham ajib bir ma’naviylikni paydo qildi. YUqorida qayd qilingan va boshqa maktablarda o‘tkazilgan tajribalar umumlashtirildi va ushbu fazilatni joriy qilish pedagogik konsilium a’zolarining quyidagi baholariga asos bo‘ldi:


  1. “Siz”lash va “siz”lanish orqali ilgari faqat “sen”langan bolalar birovni “siz”lab hurmat qilishdan va boshqalar “siz”lanib, hurmat qilinishdan mamnun bo‘lishi kuzatildi. Bolalar o‘zlaridagi “Men”ning qadrini bila bordilar.

  2. O‘quvchilarning munosabatlari iliq, samimiy edi.

  3. Bolaning o‘z tengdoshi tomonidan “siz”lanishi – “siz”lanishga loyiq bo‘lish majburiyatini yukladi va salbiy harakatlar qilib, birovni xafa qilib, “sen”lanishdan saqlay boshladi.

  4. “Siz”lash 3-sinfdan joriy qilingan sinflarda ilgari tez-tez eshitilib turgan “sen”, “O‘-o‘-v”, “O‘l”, “jinni” kabi dag‘al, yoqimsiz so‘zlarga barham berildi.

  5. Bolalar birovni hurmat qilish, buni namoyon qilish shakli qanday bo‘lishini va qanday bo‘lmasligi kerakligini amalda ko‘ra boshladilar. Bu esa pedagogik konsilium a’zolarining xulosalariga ko‘ra kelajakda:

a) “millatni birlashtirishga xalaqit beradigan narsalardan ozod bo‘lishimiz kerak” (I.A.Karimov)ligi haqidagi istiqloliy zaruratni amalga oshirishga; o‘zbeklar orasida, O‘zbekistonning turli millatlari vakillari orasidagi muomalalarda uchrab turgan sensirash, dag‘al, yoqimsiz hazil, qo‘polliklarning asta-sekin yo‘qolishiga, umummilliy ma’naviy birlikka olib keladi.

b) Ѓarbda tobora keng tarqalib borayotgan “avlodlar orasidagi tafovut”, xudbinlik individualizm va egoizmning O‘zbekistonga kirib kelishiga qarshi ma’naviy immunitet hosil qiladi.

Tajriba sinflarida milliy odob va vijdoniylik fazilatlari uyg‘unligiga erishish hayajonli natijalar og‘ushida kechdi. O‘quvchilarga “do‘stlik” tushunchasini uqtirishda uning namoyon bo‘lishi, chegarasi, burchlari va odobi hayotiy misollarda ko‘rsatildi. Jumladan, bir o‘rtoq bemor bo‘lib qolsa, bu uning uchun, ota-onasi uchun qayg‘u keltirishini, ana shunda bemorni yo‘qlab borish – har bir do‘st, birodar, pok vijdonli sinfdosh, tanishning o‘zbekona burchi ekanligi, bemor ko‘rishning milliy odobi – ko‘nikma va malakali ta’sirchan qilib singdirib borildi. Bu ishning samarasi 5-a sinf o‘quvchisi Aziz B. buyragida tosh tufayli uzoq muddat kasal bo‘lib yotganida uning sinfdoshlari o‘zaro kelishib, o‘rtoqlaridan xabardor bo‘lib turganliklarida namoyon bo‘ldi. Azizning otasi u 5 yoshligida vafot etgan bo‘lib, ro‘zg‘orning barcha tashvishi onasi – Gulnora xola zimmasida edi. Sinfdoshlar o‘zaro maslahatlashib, guruh-guruh bo‘lib, kasal holidan xabar olib turdilar. Biz “Do‘stlik” mavzusidagi tarbiyaviy soatda: “Bemordan hol-ahvol so‘rashga borganda biron narsa olib borish shart emas. Gap shirin so‘zlab, bemorning ruhini ko‘tarishda, uning dimog‘ini choq etishda”, degan edik. Azizni ko‘rishga borgan birinchi va ikkinchi guruhlar hech narsasiz, maktabdan chiqib, to‘g‘ri borishdi. Ikkinchi guruh Azizni ko‘rib qaytgach, bolalar olijanob farosat misolini ko‘rsatdilar. Ular 1994 yil 1 mart kuni Ilhomjon boshchiligida borishga kelishib olindi va uning “biror narsa olib bormaymizmi?” degan taklifini jon-dildan quvvatladilar va baholi qudrat kimdir bir parcha kolbasa, kimdir bir kosa guruch, kimdir sabzi, kimlardir qo‘shilishib 2 ta shirmoy non olishib, bir joyga yig‘ilishib borishdi. Bunday hamdardlik va samimiyatni ko‘rgan Gulnora xolaning ko‘zlariga yosh keldi. Albatta, gap bolalar keltirgan egulikda emas, balki o‘zining 12 yoshli to‘ng‘ich o‘g‘ilning begona bolalar tomonidan bu darajada e’zozlanishi ko‘rganligida edi. Bolalar chaqqonlik bilan Gulnora xolaga u-bu ishlarda, dasturxon tuzashda yordam berishdi: borgan o‘quvchilar uchun Azizlarning xontaxtasi torlik qilib qoldi. O‘ktam, Vohob va Matlablar Gulnora xolaga qo‘shnining xontaxtasini olib kelishda ko‘maklashdilar va h.k. Sinfdoshlar 2 soatlar chamasi Aziz bilan gaplashib o‘tirdilar, sinfda, maktabda ro‘y bergan qiziq voqealar, yangiliklardan xabar qildilar. Ovqat eb, fotiha qilishib, narsalarni yig‘ishtirib, xontaxtani eltib berib, xayrlashib uy-uylariga ketishdi. Gulnora xola bunday oqibatli, farosatli, muruvvatli bolalarga rahmatlar aytib, ko‘zda yosh bilan kuzatib qoldilar...

Milliy odob turkumiga salomlashish madaniyatini shakllantirish ham maxsus vazifa sifatida kiritilgan edi. Dastlab o‘quvchilarga salomlashishning ma’nosi, maqsadi, hikmati va uning madaniy ko‘rinishlari haqida bilimlar berildi. Keyin salomlashish odobi, hatti-harakatlari ko‘rsatildi. Bilimlarni mustahkamlash, hayot bilan bog‘lash maqsadida o‘quvchilarga turli vaziyatlarda: birinchi bo‘lib salom berish; quchoq ochib ko‘rishish; qo‘l berib ko‘rishishning imkoni bo‘lmaganda; yig‘in o‘tayotgan xonaga kirganda; telefonda; oilada; marosimlarda; transportda; yo‘lda piyoda ketayotgan paytlardagi salomlashish qoidalar, me’yorlari, tabassum uqtirildi, ko‘rsatildi va mashq qilindi.

Dastlab o‘quvchilar buni o‘zlariga xos sho‘xlik bilan engil qabul qildilar. Biroq, keyinchalik ularning munosabatlari o‘zgarib, jiddiylasha bordi. CHunki ushbu ko‘nikma - salomlashish odobi ularga singdirilayotgan milliy tarbiyaviy ta’sir tizimining tarkibiy qismi edi. Issiq, samimiy va tabassum bilan salomlashish ular ilgari o‘ylaganidek oddiy, e’tiborsiz narsa emas, balki kishiga go‘zal va samimiy munosabatni va bu orqali boshqa kishilarda o‘ziga salom beruvchiga go‘zal va samimiy munosabatni hosil qilishi, bu esa o‘quvchilar uchun, ya’ni bo‘lajak vrach, fermer, tijoratchi, menedjerlar uchun qanchalik muhimligini tushuntirish ularda qiziqish ma’naviy va moddiy manfaatdorlik hislarini qo‘zg‘atdi. Bu choralar omuxtalashib, pirovard natijada o‘quvchilarda “milliy odob” turkumini tarbiyalashning muvaffaqiyatnini ta’minladi.

Milliy tarbiya nuqtai-nazaridan qaralganda o‘smirlik yoshi (11-14 yoshlar) milliy ongning, tushunchalarning, e’tiqodning shakllanishi, ijtimoiy munosabatlarni baholash tizimini qo‘llay boshlashi bilan muhimdir. Millatlararo muloqot madaniyati uchun muhim bo‘lgan, begona kishilar ma’naviy dunyosini his qilish, ularning qayg‘usiga hamdard, shodligidan shodlana olish (empatiya) qobiliyati ham ayni shu davrda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘smirlik davri yana shunisi bilan xarakterliki, jamiyat uchun foydali ishning motivlari o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik ehtiyojlariga mos keladi (E.D.Feldshteyn). Bu esa, o‘z navbatida o‘smirlarni O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy istiqlol mafkurasi ruhi bilan sug‘orilgan ijtimoiy foydali faoliyatga jalb qilish imkonini beradi. Bunday faoliyatda o‘smirlar milliy tarbiyaviy fazilatlarni amalda namoyon qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Milliy istiqlol haqidagi bilimlar, milliy qadriyatni tiklash harakati, turli millatlarga mansub kishilar bilan bo‘lgan muloqot ta’sirida o‘smirning milliy mafkuraviy dunyoqarashi shakllana boradi. O‘smir boshqalar bilan faol muloqotda bo‘lishni, o‘z his-tuyg‘ularini boshqalarning tushunishlarini, qalbidagi his-tuyg‘ularni aytishni, o‘rtoqlashishni istaydi. Ammo bu ehtiyojlarni qondirish uchun unda hayotiy tajriba etmaydi. Ana shu ishtiyoq, intilish, o‘smirning o‘ziga do‘st izlashidan milliy tarbiya maqsadlarida unumli foydalanish kerak.

O‘smirlik davri SHarq muhitida keskin ziddiyatlardan xoli kechsa-da, bu davrning ba’zi xususiyatlari milliy tarbiya jarayonini murakkablashtirishi ham mumkin. O‘smirlarga xos tevarak-atrofni, ijtimoiy, mafkuraviy, milliy-madaniy sohalarga dahldor voqealarga baho berishda o‘ta oshirib, yoki kamaytirib yuborish, o‘jarlik, tuyg‘ularning bekorligiga, bu esa ba’zi hollarda mahalliychilik, milliy xudbinlik, nigilizm, maqtanchoqlik, etnotsentrizm kayfiyatlarining namoyon bo‘lishiga olib kelishi ham mumkin. Ana shu salbiy og‘ishlarning oldini olish uchun o‘smirlar milliy tuyg‘ularini qarovsiz qoldirmaslik kerak, balki o‘z vaqtida milliy mafkuraviy onglilik, O‘zbekiston vatanparvarligi fazilatlari bilan omuxtalashtirish darkor. Buning uchun O‘zbekiston barcha fuqarolar – turli millat vakillarining yagona, yolg‘iz Vatani ekanligini, demak O‘zbekiston bayrog‘i – barchamizning bayrog‘imiz ekanligini, demak O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar: rus, qozoq, turkman, tojik, arman, uyg‘ur – barchaning maqsadi ana shu yagona Vatanni gullatish, ekanligini va to abad shunday bo‘lib qolishi kerakligini; O‘zbekistonning quvvati, obro‘si, boyligi – millatidan qat’iy nazar har bir fuqaroning quvvati, obro‘si, boyligi, farovonligi ekanligi; Vatan, el boshiga ish tushganda iqtisodiy qiyinchilik paydo bo‘lganida millatdan, Vatandan nolish, uni tashlab engil hayot izlagan kishi, odam degan nomga loyiq emasligi, qaysi millat o‘z Vatanini sevmasa, o‘sha Vatanning, millatning kelajagi yo‘qligini; O‘zbekistonimizning kelajagi buyukligi va buning har bir o‘quvchiga bog‘liqligi o‘quvchilarning e’tiqodiga aylantira borilmog‘i kerak.

VIII sinf rahbari Salohiddin aka navbatdagi tarbiyaviy soatni o‘tkazish uchun biz tayyorlab bergan material bo‘yicha tayyorlanib keldilar. “Bolalar”, deb sekin gap boshladilar u kishi. “Bugungi tarbiyaviy soat mavzusi “Vatanning bahosi bormi?” deb ataladi (O‘spirinlar bir-biriga hayrat, ajablanish bilan qarab qo‘ydilar). Ha-ha adashmadim. Kechagi hafta televizorda bir voqeani ko‘rsatishdi. Azbaroyi to‘lqinlanib ketganimdan ayrim raqamlarni ham yozib oldim.

Bojxona xizmatini bilasizlar-a? Ikki davlat chegarasida mol, tovarlarning kelib-ketishini tekshirib, qonuniy va noqonuniyligini aniqlovchi tashkilot. Meni achchiqlantirgan narsa – ikki o‘zbek vrachining qilmishlari bo‘ldi. Ulardan biri 40 tonna limonni noqonuniy ravishda, davlatni, bojxonachilarni aldab, Russiyaga olib o‘tmoqchi bo‘libdi. O‘zi limonni ekib o‘tirmay, O‘zbekiston qizil yarim oy jamiyati nomidan Sankt-Peterburgdagi hech qachon soxta bo‘lmagan bir firma bilan qalbaki “shartnoma” tuzib, xalqimiz bozorini qimmat qilib, xarom foydaga ruju qo‘yibdi bu tabib.

Ikkinchi uchar ham vrach ekan. Uni men hech qachon kechira olmasam kerak. CHunki bu odam o‘zimizda vatandoshlarimiz qidirib yurgan tansiq dori - serebrizinni Rossiyaga yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘libdi. Avtomobil halokatiga uchrab, bosh miya siljishiga uchragan bemorlar ko‘pincha serebrizinsiz tuzalmaydi.


  • Darvoqe, Maqsudjon, sizning dadangiz bultur yo‘l halokatiga uchragan edilar-a? Hozir yaxshi bo‘lib ketdilarmi? Bilishimcha dadangiz ana shu doridan naf ko‘rgan edilar.

  • Ha, akam bu dorini bozordan keltirgan edilar.

  • Narxi yodingizdami?

  • Yo‘q. YOdimdan ko‘tarilibdi.

  • Men aniqladim, qo‘lda bu dori nihoyatda qimmat. Donasi 3000 so‘m-kupon ekan. O‘sha vrach vatandoshlarimizni davolashi kerak bo‘lgan 2 000 000 so‘m-kuponlik serebrizinni Rossiyaga olib borib, 30 000 000 so‘p-kupon foyda qilmoqchi bo‘libdi. Qani, sizlar ham endi yosh bola emas. Bunday O‘zbekistonlik kishining o‘z vatani – O‘zbekistonga qilgan qilmishini qanday baholaysizlar? SHahloxon, Nodirjon, Esirgap, sizlar vrach bo‘lishni orzu qilmoqdasiz. Nima deysizlar?

Bolalar “noinsoflik”, “ochko‘zlik”, “o‘g‘rilik”, “vatanga xiyonat” deb javob berdilar.

“To‘g‘ri aytasizlar. Lekin narsani ochiq aytish kerak. Hozir respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan, murakkab davr. Demak, bizda ham tijoratchilar ko‘payadi. Orangizdan kimlardir tadbirkor, tijoratchi bo‘lar, balki, Vatanparvar tijoratchining niyati, qo‘li, vijdoni pok bo‘ladi. SHuning uchun men bu ikki nusxaning qilmishini avvalo, vijdonsizlik, degim keladi. CHunki, ular bu ishlarning noqonuniy, jinoyat ekanligini, turli millatga mansub O‘zbekiston xalqi bu dorilarga muhtoj bo‘lib turganligini ko‘rib, bilib shuni qilishgan. Men bu nusxalarni vatansevmaslar deb aytgim keladi. CHunki, avval vijdon, keyin O‘zbekiston qonunlari oldidagi burch buzilgan. O‘zbekiston vatanparvari O‘zbekistonga foyda, obro‘, hurmat keltiradi, vatansevmas esa, xuddi o‘z uyidagi narsasini o‘g‘irlab sotgan kishidek, zarar keltiradi. To‘g‘ri 30 million so‘m-kupon katta pul, davlat. Biroq Vatanning, millatning bahosi, qadri 30 million so‘m-kupon emas, bebaho Vatan, Vatan, millat sotib olinmaydi, sotilmaydi. Bunga O‘zbekistonning milliy g‘ururli vatanparvarlari hech qachon yo‘l qo‘ymaydilar”.

Tarbiyaviy soat davomida o‘smirlar asta-sekin muzokaraga kirishib ketdilar. Asosiy maqsad o‘quvchilarda O‘zbekiston vatanparvarligi, vijdoniylik, milliy mafkuraviy onglilik uyg‘unlashtirish edi. Tarbiyaviy soat davomida O‘zbekiston vatanparvarligiga, vijdoniylikka va milliy mafkuraviy onglilikka ijobiy hayotiy namunalar ham keltirib, xulosa yasaldi.

Milliy mafkuraviy onglilikni shakllantirish va bu jarayonning hayotiyligini oshiruvchi vositalardan biri – o‘quvchilarni vaqtli matbuotni o‘qishga, o‘rganishga jalb etishdir. Bunda ham ta’limiy, ham tarbiyaviy yo‘nalishlar birligidan kelib chiqish o‘z samaradorligini ko‘rsatdi.

Matbuot materiallaridan o‘quv va milliy-tarbiyaviy jarayonda foydalanish namunasini 13-son umumta’lim IX “b” sinfi rahbari A.Sahaddinov faoliyati misolida keltiramiz. Biz sinf rahbariga dastlab


  • davriy matbuot materiallari bo‘yicha sinf kundaligini tutish;

  • milliy istiqlol mavzusi bo‘yicha matbuotda berilgan materiallarni qirqib, yig‘ish, albomlar tayyorlashni o‘quvchilarga topshirish;

  • mavzu bo‘yicha tariyaviy soat o‘tish rejalashtirilib, mustaqil O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati ko‘rsatgichlari matbuot materiallari asosida o‘rganib, diagramma, jadvallar tuzish;

  • tarbiyaviy soat mavzusi bilan bog‘liq maqolalar bo‘yicha munozaralar tashkil qilish;

  • matbuotda yoritilayotgan xabarlarni o‘qish va sharhlash, muhokama qilishda O‘zbekiston va jahon xaritalaridan foydalanishga doir ilmiy-uslubiy tavsiyalar berdik.

O‘quvchilarda milliy-mafkuraviy onglilikni shakllantirishda matbuot materiallaridan foydalanishning tematik kundalik shakli haqiqatdan ham samarali bo‘lib chiqdi. Jumladan, A.Sahaddinovning tajribasida:

O‘zbekiston hukumatining ichki va tashqi siyosati”; “Markaziy Osiyo mamlakatlarida”; “Jahon voqealari”, “Milliy istiqlol mafkurasi haqida”, “Milliy qadriyatlarimiz – bizning qadriyatlarimiz” kabi bo‘limlarga aylanishida; matbuot bilan ishlash har bir o‘quvchining vazifasiga aylantirilganida; sinf o‘quvchilarida mustaqillik, milliy mafkuraviy onglilik, dunyoqarashning kengayishida, milliy tarbiyaning hayotiyligida namoyon bo‘ldi.

O‘quvchilarda vijdoniylikni tarbiyalash milliy tarbiyaning markaziy vazifalaridan bo‘lib, undan maqsad: har bir o‘quvchida o‘zining o‘quvchilik, farzandlik, vatanparvarlik, bo‘lajak milliy, fuqarolik burchlarini mukammal anglashiga va ularga doimo amal qilinishiga; doimo va hamma joyda rostgo‘y bo‘lishga; milliy odobga, O‘zbekiston vatanparvarligiga, millatlararo muloqot madaniyatiga, milliy istiqloliy mafkuraga, milliy g‘ururga zid xatti-harakatni taniy bilish va ularga qarshi turish, o‘rtoqlarini qaytarishga harakat qilishga; va’da bersa mukammal bajarishga; bilmay hatto, gunoh qilsa darhol o‘zi kechirim so‘ray olishga, yolg‘onchilik, beturuqlik, sutsizlikni doimo, hamma joyda qoralashga qodirlikni shakllantirish edi.

Vijdoniylikni tarbiyalashga, rivojlantirishga xalaqit berayotgani, o‘quvchilarda axloqiy bilim va unga amal qilish orasidagi tafovut sabablari o‘rganildi. Ular quyidagilarda namoyon bo‘ldi:



  • ota-onalarning bolalarni aldashlari, va’da berib, bajarmasliklari, yo‘q narsalar bilan qo‘rqitishlari;

  • oilada, ko‘cha-ko‘yda vijdoniylikka zid, salbiy misollarni ko‘rish (so‘kinib gapirish uyatligini bilish, lekin ko‘chada ayrim kattalarning so‘kinib gapirayotganliklarini ko‘rish, eshitish; ukasining onasi tomonidan aldab ovuntirilganini ko‘rgach, “yolg‘on gapirish mumkin ekan” degan fikrga ko‘p marta kelish va h.k.);

  • tarbiyaning asosan so‘z orqali amalga oshirib qolinganligi;

  • o‘quvchiga qo‘yilayotgan pedagogik va boshqa talablarning haddan tashqari soddaligi va murakkabligi;

  • o‘quvchining yosh, shaxsiy, psixologik xususiyatlarini hisobga olmaslik;

  • o‘quvchilarda o‘zi qilayotgan har bir hatti-harakatning to‘g‘riligiga e’tiqod va ma’suliyatning shakllantirilmaganligi;

  • o‘quvchi faoliyat turlarining mazmunan kambag‘alligi, cheklanganligi;

  • o‘quvchilarda oila, mahalla, maktab, ko‘cha va jamoat joylarida o‘zini qanday tutish malaka, odatlarining maxsus shakllantirilmaganligi va mashq qildirilmaganligi. Natijada “Odamlarga nisbatan axloq normalari va qoidalarining buzilganligi, axloqiy burchning, jamiyat oldidagi vazifalarning bajarilmay qolishi kishida uyalish hissi va vijdon azobi singari kechinmalar tug‘ilishiga sabab bo‘ldi”1;

  • o‘qituvchi, tarbiyachi, ota-onalar, mahallaning o‘quvchilar tomonidan axloq me’yorlarining buzilishlariga e’tiborsizligi, behafsalaligi, ko‘rib-ko‘rmaslikka, bilib-bilmaslikka olishlari;

  • o‘quvchilar milliy tarbiyaviy fazilatlar haqida bilim berish bilan cheklanib qolib, shu fazilatlarni namoyon qilishni talab qiluvchi faoliyat turlarini tashkil qilmaslik (Masalan, o‘quvchiga salomlashish madaniyati haqida bilim berish, lekin salomlashish madaniyatini sinfga joriy qilmaslik, nazorat qilmaslik, izchillikning etishmasligi);

  • ayrim o‘quvchilarning o‘quvchilarga adolatsiz munosabatlari (Masalan, “gap qaytarganlik uchun” ximiyadan “2” qo‘yish va h.k.);

  • oila va maktabning milliy-tarbiyaviy talablarining muvofiqlashtirilmaganligi va boshqalar;

Mazkur holatning pedagogik tahlilidan kelib chiqib, tadqiqot jarayonida o‘quvchilarda milliy istiqloliy vijdoniylikni tarbiyalashning quyidagi choralari belgilandi va amalga oshirildi:

a) o‘quvchilarning ijtimoiy foydali, jamoatchilik faoliyatlariga milliy istiqloliy ruh, g‘oya singdiriladi;

b) milliy tarbiyaviy tushunchalar, fazilatlar mohiyatini ochib berish maxsus tashkil qilindi;

v) milliy tarbiyaviy fazilatlarning muxoliflari – beadablik, vatanga befarqlik, mahalliychilik, vijdonsizlik, manqurtlik kabi illatlarga qarshi salbiy munosabat shakllantirildi;

g) darsdan tashqari faoliyatni vijdoniylikni tarbiyalashga yo‘naltirildi;

d) o‘quvchilarni so‘z va ish birligini namoyon qilish talab etiluvchi faoliyat turlariga jalb qilindi;

e) o‘qituvchilarning, ota-onalarning o‘quvchilarda vijdoniylikni tarbiyalash masalalariga oid pedagogik tavsiyalar berildi;

yo) ta’limning milliy tarbiyaviy mazmunidan unumli foydalanildi;

Vijdoniylik fazilatini shakllantiruvchi vositalar o‘quvchilarning yosh, zakovat xususiyatlaridan kelib chiqib, oddiydan murakkablikka tamoyili asosida rivojlantirildi. Ana shunday vositalardan biri sifatida Balkiz Amiddinning “Al Amin” hikoyasi tanlandi. Sinf rahbari S.Bozorova payѓambarimiz Muhammad Alayhissalomning yoshliklarida ham pok vijdon sohibi bo‘lganliklari haqida ma’lumotlar berdi. “Bir kuni yosh Muhammad bir kishi bilan ko‘cha muyulishida uchrashmoqchi bo‘ladilar. Muhammad aytilgan joyga borib, kutib turadilar. Ammo haligi odam va’dasini unutadi. Uch kundan keyin qarasa, Muhammad hamon ko‘cha muyulishida kutib turganmishlar.


  • Meni uch kundan beri kutayapsizmi? – so‘raydi u.

  • Ha, - deb javob berdilar Muhammad.

  • SHuncha kutmay, ketavermaysizmi?

  • Kutaman, deb so‘z berganman. Bas, so‘zimda turishim kerak, - deb javob beradilar Muhammad.

Hikoyani tugatib sinf rahbari o‘quvchilarga: “Muhammadni odamlar nima uchun “Al- Amin” (Sodiq) deb atashgan? Va’dani kim buzgan? Bizning sinfimizda Muhammadga o‘xshovchilar ko‘pmi, ozmi? Misollar keltiringchi. Biz kimga o‘xshashimiz kerak? Kabi savollar bilan o‘quvchilarga so‘zi va ishi birlik, fidoyilik, lafzida turish kabi fazilatlarni tasvirlab, o‘quvchilarni ushbu fazilatlarni egallashga rag‘batlantirdi.

O‘quvchilar orasida milliy tarbiyaviy fazilatlar mohiyatini tushunish darajasini o‘rganish natijalari ularda bu sohada qisman bo‘lsa-da, tasavvurlar borligini ko‘rsatdi. Lekin bu hali ularni amalda faol qo‘llayaptilar, degani emas edi. Bilish va uni ixtiyoriy amalga oshirish orasida vijdon degan hissiy ko‘prik mavjud. O‘quvchilarning maktabda, oilada, sinfda, ko‘chada – o‘z kundalik faoliyatida vijdoniylik darajasining namoyon qilinishi o‘rganish, turli vaziyatlarda: maktabga borish, kelish paytida kattalarga hurmat, do‘stga yordam; masala, misollarni bir-biridan ko‘chirish, ko‘chirtirishlari; hasharda qatnashishga munosabatlari va qatnashishlari; sinfdagi o‘zaro munosabatlarda milliy odob me’yorini bilish va unga amal qilishni kuzatish va h.k. amalga oshirildi. SHulardan biri sifatida o‘quvchilarning do‘stlikning ma’nosini, burchlarini tushunish va amalda qo‘llashlarini qiyoslashga qaratilgan soddalashtirilgan proektiv test qo‘llanildi. “Sizning 8-g sinf va 8-v sinfga maktab majlislar zalini shoira Nodiraning 250 yilligiga bag‘ishlangan tantanani o‘tkazish uchun supurib-sidirish topshirildi. Siz o‘zingizga topshirilgan ishni bajarib bo‘lganingizdan keyin nima qilasiz? O‘zingizga mos kelgan javobni belgilab qo‘ying”.

A. – Uyingizga ketasizmi?

B. – Do‘stlaringiz, sinfdoshlaringizga yordam berib, ular bilan birga ketasizmi?

V. – Sizning sinfdoshingiz ishini barvaqt tugatsa, 8-v sinf bolalariga yordam berasizmi?

Tadqiqot davomida shunga o‘xshash vaziyatlar yaratilib, o‘quvchilarning so‘zlari va ishlari orasidagi birlik sinab ko‘rildi. Vijdoniylikning ilk darajasi va bu maqsadga muvofiq tarbiyalanganidan keyin quyidagi o‘zgarishlarga erishildi(11-chizma).

11-chizma. O‘quvchilarning so‘z va ishlari orasidagi mutanosiblikning nisbati


O‘quvchilarning so‘zlari

Tadqiqot boshida

Tadqiqot oxirida

so‘zda

Amalda

so‘zda

amalda

Uyga ketaman

10,2

75,4

8,6

32,7

Do‘stlarim, o‘rtoqlarim, sinfdoshlarimga yordam beraman, keyin birga ketamiz

56,0

23,4

50,5

45,5

Qolib, boshqa sinf o‘quvchilariga ham yordam beraman

31,4

1,2

38,5

21,8

Javob bermadilar

3,4

-

2,4

-

Ota-onalar bilan maslahatlashgan holda tadqiqot maktablarida “Qizlar gurungi” klubi tashkil qilinib, unda “Qizlarning hayot haqidagi o‘ylari”, “Qizlar turmush qurishga qadar nimalarni bilishlari kerak?” mavzularida munozaralar o‘tkazildi. Dastlabki oylarda klub ishi asosan savollar va ularga javoblar shaklida davom etdi. Klub rahbari M.Mustafoqulova bilan maslahatlashib, agar klub ishi shu zaylda davom etaversa, qizlarimiz zerikib, qatnashchilar soni kamayib ketishi mumkin, degan xulosaga kelindi va faoliyat turlari boyitila bordi. “So‘zana tikishni o‘rganamiz”, “Siz qanday pishirasiz?” “Tort qanday pishiriladi?” kabi amaliy mashg‘ulotlar; “Qizlar hayosi”, “Mahallaning orasta xonadoni”, “Zamonaviy o‘zbek qizi va uning g‘ururi qanday bo‘lishi kerak?” mavzularida mulohazalar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. “YAqin va uzoqdagi tengdoshlarimiz” mavzusi orqali o‘zbek qizlari turli viloyat, shahar va qishloqlarda yashovchi o‘zbek, tojik, rus, qirg‘iz, turkman qizlari va xorijlik tengdoshlari hayoti, o‘sha xalqlar madaniyati bilan tanishtirildi. Natijada “Qizlar gurungi” klubi millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalashning o‘ziga xos shakliga aylandi. Ana shunday “gurung”lardan biri yapon qizlari hayotiga bag‘ishlandi. Klub rahbari M.Mustafoqulova qizlarga dastavval yapon milliy xarakteri – maqsadga intiluvchanlik, dunyoni shoirona idrok etish, milliylikka hurmat- e’tiqodga aylanganligi haqida hikoya qilib, jumladan shunday dedi: “YApon millati, tarixi va madaniyati har bir yaponiyalik uchun, har bir yapon qizi uchun mo‘‘tabar sanaladi. Qizlarning maxsus bayrami bo‘lib, u Xina matsuri deyilarkan. Bu bayram har yili 2-mayda nishonlanar ekan. 15-noyabrda esa, 3, 5, 7 yoshga kirgan qizlar bayram qilishar ekan. “Xina matsuri” da qizlar bir-birinikiga mehmonga borishadi. SHu kuni maxsus she’r, qo‘shiqlarni kuylab, maxsus taomlar bilan siylanadilar. Qiz bola 7 yoshga etganida ota-onasi ularga yapon ayoli kiyadigan milliy, qadimiy va zamonaviy libos – kimono hadya qilinadi. SHu kundan boshlab qizlar o‘z onalaridan yapon ayollari bilishi, qila olishi kerak bo‘lgan urf-odatlarni o‘rganishga kirishadi.

Qizlarjon, bilasizmi? Bizning o‘zbek xalqimizda ham shunday bayram bor. Aytingchi, kim biladi? Bilmaysizmi? Bu bayram – muchal to‘yi deb ataladi. Ilgari 12 to‘layotgan barcha o‘g‘il-qizlar oldindan maxsus tikib, tayyorlab qo‘yilgan oq libosni kiyishgan. Bu rang mustaqil respublikamizning bayrog‘ida ham aks etgan. CHunki oq rang tozalik va poklikning ramzidir. Navro‘z saylida muchal yoshiga to‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar bir-birlariniga kirib do‘st, dugonalarini qutlashgan, so‘ngra belgilangan joyga to‘planishgan. Odatda “Oq libosli yoshlar” Navro‘z o‘tkazayotgan joyga tashrif buyurishganda barcha ularni qutlab, yaxshi niyatlar bildirishgan. Hali muchal yoshiga to‘lmagan bolalar ularga bahor chechaklarini hadya qilishgan. Xonadonlarda ota-onalar muchali to‘lgan bolalarga atab ziyofatlar berishgan. Tarozining bir pallasiga muchali nishonlanayotgan bola, ikkinchi pallasiga novvot, kallaqand solingan. Kallaqand og‘irligi muchali nishonlanayotgan o‘g‘il va qiz bola og‘irligini bosgach, uni tushirib, dasturxon to‘riga o‘tqazishgan. Kallaqandni kulcha ustiga qo‘yib, hammasini mehmonlarga ulashganlar.

Har bir qiz 12 yoshga etgach, o‘smir deyiladi. O‘smirlik esa bolalik emas, qiz bolaning orasta, yurish-turishida, muomalada e’tiborli, ota-onasiga sirdosh, yordamchi bo‘lishi kerakligini anglatadi. Qarang-a! Jahonning eng ilg‘or mamlakatlaridan biri - YAponiyada milliy urf-odatlarini shunchalik e’zozlar ekanu, biz sho‘rolar davrida o‘zimizning o‘zbekona, go‘zal an’analarimizni qariyb unutayotibmiz. Sizlarga nasihatim, oilangizda 12-13, 24-25, 36-37, 48-49, 60-61 yoshlar orasidagi kishilarning tug‘ilgan kunlari nishonlanganida ularni “muchal to‘ylaringiz muborak”, deya chiroyli, yoqimli qilib tabriklab, eslatib qo‘yishni unutmang. Qachon biz o‘z madaniyatimizni, qadriyatlarimizni qadrlasak, tinmay Vatanimiz uchun o‘qib, ishlasak, yaqin yillarda millatimizni – O‘zbekistonimizni butun jahon tillarida dostonga aylantira olamiz, turmushimiz faravon, o‘zimiz baxtiyor bo‘lamiz”.

M.Mustafoqulovaning pedagogik mahorati, izlanuvchanligi tufayli “Qizlar gurungi” o‘zbek qizlarida milliy g‘urur, milliy odob, O‘zbekiston vatanparvarligi, millatlararo muloqot madaniyati, milliy istiqloliy onglilikni ham rivojlantirishga xizmat qildi. Bu esa ob’ektiv darajada o‘quvchilarning milliy tarbiyalanganlik darajalarida ijobiy aks etdi.

Tajriba maktablar o‘qituvchilari, sinf rahbarlari bilan olib borilgan seminar, instruktaj, namunaviy darslar o‘tish, tadbirlar o‘tkazish va boshqa chora-tadbirlar samaradorligi qayta tekshirildi va bunda o‘qituvchilarning fikrlaridagi o‘zgarishlar qayd qilindi. Jumladan o‘qituvchi, sinf rahbarlari, tarbiyaviy ishlar tashkilotchilariga berilgan “Siz hozir o‘z o‘quvchilaringizdagi quyidagi fazilatlarni qanday baholaysiz?” savoliga quyidagi javoblar olindi (12-chizma).




Milliy tarbiyaviy fazilatlar

YUqori

O‘rta

Past

Salbiy

a

b

a

b

a

b

a

b

Vatanpar

varlik


22,1

32

53

54

19,8

11

5,1

3

Milliy g‘urur

27,5

48,5

59

44,7

10,5

5,5

3

1,3

Millatlararo muloqot madaniyati

16,5

30,5

68

55,5

10,5

10

5

4

Milliy mafkuraviy onglilik

3,5

17

37,5

73,5

40

4,5

19

5

Milliy odob

6

21

51,5

49

36,5

26

6

4

Vijdoniy

lik


3,5

12

65,2

73

24,3

12

7

3

Izoh: a) tadqiqot boshida; b) tadqiqot oxirida

Ilmiy tajribani amalga oshirish arafasida o‘qituvchilar orasida tarqatilgan “Siz hozir o‘quvchilaringizda millatlararo muloqot madaniyatini qanday baholaysiz?” savoliga so‘ralganlarning 16 foizi “Maktabimizda faqat o‘zbek bolalari o‘qishadi. SHuning uchun bu yo‘nalishni amalga oshirishga zarurat yo‘q”, - deb javob berishgan edi. Amaliy tadqiqot doirasiga kirgan maktab o‘qituvchilari, sinf rahbarlari, direktor o‘rinbosarlariga – bunday qarash yanglish yondoshuv ekanligini, millatlararo muloqotning bevosita va bilvosita shakllari haqida amalga oshirish nafaqat ko‘pmillatli, balki bir millatli maktablarda ham zarurligi, zero hozirgi bir millatli maktabning bitiruvchilari albatta keyinchalik turli millatlar vakillari bilan muloqotga kirishlari muqarrarligi va buning har bir O‘zbekiston o‘quvchisida millatlararo muloqot madaniyatining yuqori darajada shakllantirilishi zarurligi tushuntirildi. O‘qituvchilar, sinf rahbarlari bir millatli maktab, sinflarda millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalashning ilmiy-uslubiy tavsiyalari bilan ta’minlanadilar1.

Ilgarigi va mazkur moddalarda bayon qilingan milliy tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish, rejalashtirish, maqsadga yo‘naltirishga qaratilgan choralar o‘z samarasini ko‘rsatdi. Milliy tarbiyalanganlik darajasini kompleks o‘rganish, qayd qilish olingan natijalarning statistik uslublar orqali tahlil qilinishi eksperimental maktablar va nazorat maktablar va sinflar orasida; tadqiqotning boshida va oxirida qayd qilingan ko‘rsatkichlar orasida jiddiy o‘sishni ko‘rsatdi. Milliy tarbiyaviy fazilatlar mezonlari, darajalari mustaqil O‘zbekistonning maktablarimizga qo‘yayotgan milliy istiqloliy talablari va maktabda buni amalga oshirish orasidagi tafovutning kamayganligidan dalolat berdi. Bu tadqiqot boshida va oxirida amalga oshirilgan, milliy tarbiyalanganlikni muayyan fazilatlarni o‘lchash natijalarida namayon bo‘ldi.
13 chizma. Milliy tarbiyaviy fazilatlar dinamikasi


Nazorat va tajriba - tadqiqot sinflarida ko‘rsatkichlar orasidagi farq orta bordi. Jumladan milliy odob (1) - 2,1 dan 2,9 ga, O‘zbekiston vatanparvarligida (2) – 1,94 dan 2,5 ga, millatlararo muloqot madaniyatida (3) - 1,35 dan 2,6 ga, milliy g‘ururda (4) – 1,83 dan 2,8 ga, vijdoniylikda (5) – 0,89 dan 1,98 ga va milliy mafkuraviy onglilikda (6) – 0,51 dan 2,2 ga qarab o‘sish kuzatildi. Buning qator sabablari bo‘lib, Respublikamizda amalga oshirilayotgan qadriyatlar tiklanishining jamiyat ma’naviyatida ijobiy ta’siri o‘quvchilarning milliy odob, O‘zbekiston vatanparvarligi, millataro muloqot madaniyatiga ijobiy ta’sir qilganligini ko‘rsatdi. Ikkinchidan, milliy g‘urur, vijdoniylik, milliy mafkuraviy onglilikdagi o‘sishlarning salmog‘i yuqorida qayd qilinganidek, maktab ta’lim mazmunini milliylashtirish uslub va tamoyillaridan samarali foydalanishga bog‘liq bo‘ldi; Uchinchidan, o‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyati milliy tarbiyaviy maqsadlarga yo‘naltirish, izchillik, milliy tarbiyaviy fazilatlarni samarali shakllantirishning pedagogik sharti ekanligi tasdiqlandi.



SHu bilan birgalikda, maktabda milliy tarbiya ishlarini talab darajsiga ko‘tarish nafaqat dars mazmunini milliylashtirishni, balki o‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini tashkil qilishda uchrayotgan ilmiy-uslubiy kamchiliklarni tugatishni taqozo qiladi. Xullas,

  • eng avvalo maktab tarbiyaviy ishlari maqsadi milliy istiqloliy g‘oya, milliy dastur talablari asosida isloh qilinishi kerak;

  • sinf rahbarlari ish rejalarida, milliy tarbiyaviy vazifalarni belgilashda va amalga oshirishda sistemalilik, izchillik shartlari ta’minlanishi kerak;

  • tarbiyaga yakka, tabaqalashtirilgan uslub yondoshuvlarni takomillashtirish orqali o‘g‘il va qiz bolalar milliy tarbiyasining umumiy va xususiy holatlari hisobga olinishi kerak;

  • seminar, pedagogik kengashlar, uslubiy kengash namunaviy tarbiyaviy soatlarning rejali, maqsadga yo‘naltirilgan tizimiga o‘tish orqali maktabda milliy tarbiya jarayonining texnologik asosga qo‘yilishiga erishish kerak;

  • tarbiyaviy soatlar majmuasi aniq maqsadga yo‘naltirilishi, sistemali, o‘zaro bog‘lanishiga erishmoq kerak. Tarbiyaviy soatlar tizimi milliy tarbiyaviy mazmundagi mavzular bilan boyitilmog‘i kerak;

  • ilgari o‘quvchilarning xulqi, sinf rahbarining ota-onalari bilan suhbatlari “o‘quvchilar bilan yakka ishlash” mavzulari, sinf majlislarining asosiy mavzusi “yomon o‘qish” bo‘lgan bo‘lsa, endi buning haqiqiy mohiyati anglanib, o‘quvchilarning milliy tarbiyalanganlik mezonlari bilan isloh qilinishi kerak va buning uchun sinf rahbarlari milliy tarbiya jarayonini o‘rganish, qayd qilish, baholash, ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari lozim;

  • sinf jamoasi tavsiyanomalaridan o‘quvchilarning milliy odobliligi, O‘zbekiston vatanparvarligi, millatlararo muloqot madaniyati, vijdoniyligi, milliy mafkuraviy ongliligi aniq mezonlar orqali baholab borilishi kerak;

  • sinf rahbarlari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari milliy tarbiyaviy ishlar natijalarining aniq hisob-kitobidan kelib chiqib, yil davomida erishilgan ijobiy va salbiy natijalar, ularning sabablarini tahlil qilish, kelasi yil tarbiyaviy ishlar mazmuni, maqsadini qanday belgilash haqida ilmiy-pedagogik asosga va malakalariga ega bo‘lishlari kerak.

Savol va topshiriqlar:

  1. O‘zbek milliy tarbiya texnologiyalari;

  2. Yurt taraqqiyoti uchun mas’ullik va burchlilik.

  3. Markaziy Osiyo mamlakatlarida shaxs tarbiyasi masalalari



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin